ISSN: 2776-1010 Volume 3, Issue 4, Apr, 2022
372
"KHUMOYUNNOMA" IS A RARE GEM OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF THE
BABURIDS
Azizkulov A.
Samarkand Economy and Service Institute of Social Sciences
Head of Department, f.f.n., Dots.
a.azizkulov@mail.ru
Annotation
This article describes the philosophical and methodological analysis of the work "Humoyunnoma" by
Gulbadanbegim, daughter of the famous statesman, poet and thinker Zahiriddin Muhammad Babur.
The article discusses in detail the historical significance of the work "Humayunnama" in the study of
the activities of the Baburis in building a centralized state in India.
Keywords: Babur, Gulbadanbegim, Humoyun Mirza, India, Baburid kingdom, historical events,
spiritual heritage.
Аnnotatsiya
Mazkur maqolada mashhur davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning qizi
Gulbadanbegimning “Xumoyunnoma” asarining falsafiy metodologik tahlili bayon etilgan.
Boburiylarning Hindistonda markazlashgan davlat barpo etish borasidagi faoliyatini oʼrganishda
“Xumoyunnoma” asarining tarixiy ahamiyati maqolada batafsil yoritib berilgan.
Kalit soʼzlar: Bobur, Gulbadanbegim, Xumoyun Mirzo, Hindiston, Boburiylar saltanati, tarixiy
voqealar, maʼnaviy meros.
Kirish
Markaziy Osiyo xalqlari ulkan maʼnaviy merosning vorislaridir. Uch ming yillik davlatchilik tarixining
turli davrlardagi maʼnaviy-maʼrifiy yuksalish bosqichlarida koʼplab nodir asarlar yaratildiki, ular
hanuzgacha umumbashariy manfaatlar yoʼlida xizmat qilmoqda Аyniqsa, Temuriylar hukmronligi
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislar bu davrni
Markaziy Osiyoda ikkinchi uygʼonish davri ham deb eʼtirof qiladilar. Temur va temuriylar kabi ilm-fan,
madaniyat va adabiyotni qadrlaydigai, sanʼatni noziktaʼb tushungan, oʼzlari ham bu sohalarda ajoyib
yutuklarga erishgan siyosiy sulola insoniyat tarixidan deyarli boʼlmagan. Bu sulola vakillari orasida
sheʼr yozmagan, adabiy mashklar kilmagan, fan-madaniyatga homiylik kilmagan biror teuriyzoda
boʼlmagan, chunki ijodkorlik va bunyodkorlik sohibqiron Аmir Temurning asosiy fazilati edi.
Movarounnahrning poytaxti sifatida Samarqandda tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida, xususan, Ulugʼbek
rahbarligida uning akademiyasida olamshumul kashfiyotlar amalga oshirilgan boʼlsa, Xuroson poytaxti
Hirotda Temuriylar hukumronligi davrida ijtimoiy gumanitar fanlar, xususan, tarix, tilshunoslik va
adabiyotshunoslik sohasida katta muvafaqqiyatlar qoʼlga kiritiladi. Bundan tashqari Temuriylar
Dostları ilə paylaş: |