Mavzu:Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari
Reja:
Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari
Global kompyuter tarmoqlari
Korporativ va internet tarmog’i
WAN tarmog’ida qollaniladigan asosiy qurilmalar
1. Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir
nechta turlarga ajratish mumkin: Lokal tarmoq - bir korxona yoki
muassasadagi bir nechta
yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal
tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan
tarmoqlar. Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini,
lokal va
mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari
tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.
2. Global kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va
ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa
tarmoqlari uzellarini
birlashtiruvchi aloqa tarmog‘i xisoblanadi.
Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter
tarmoqlar – tomonidan ko’rsatiladigan
xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan
ko’p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region,
mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo’lishi yoki yer yuzi bo’ylab yoyilgan bolishi
mumkin.
Qanday aloqa kanallaridan
foydalanilishiga qarab, global tarmoqlarning quyidagi xillarini
ko’rsatish mumkin: