3-Modul. Lokal kompyuter tarmog’iga kirish
6-Mavzu: Lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari. Lokal
tarmoq topologiyasi.
Reja:
1.
Lokal tarmoq va uning turlari
2.
Lokal hisoblash tarmog’i turlari: kliyent-server va piring(peer-to-peer).
3.
Lokal hisoblash tarmog’ining tarkibiy qismlari
4.
Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi haqida umumiy tushuncha
5.
Monokanal topologiya tarmog’i
Tayanch so’z va iboralar: Lokal, lokal kompyuter tarmog’i, magnit disk, fayl, umumiy
resurslar, printer, amaliy programmalar, tarmoq zaruriyati, tarmoq topologiyasi, monokal
Kompyuter, Kanal, monokanal, tarmoq, topologiya, chastota, eltuvchi chastota, CSMA/CD.
1.
Lokal tarmoq va uning turlari
Lokal tarmoqlar keyingi vaqtda bitta kompyuterdan ko‘proq bo‘lgan har
qanday kompaniyani majburiy buyumiga aylanayapti. Lokal tarmoqlar (LAN,
Local Area Network) aynan, lokal deganda shunday tarmoqlarni tushinish kerakki,
o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin
joylashgan kompyuterlarni
birlashtiradi. Apparaturalarni va dasturiy vositalarni takomillashtirish shunday bir
darajaga yettiki, oddiy tarmoqni o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish amalida har
qanday ozmi-ko‘pmi savodi bo‘lgan foydalanuvchining qo‘lidan keladigan bo‘lib
qoldi. Oxirgi eng ko‘p tarqalgan Windows operatsion tizimlari esa yetarli
rivojlangan
tarmoqli vositalarga ega, shu tufayli maxsus tarmoqli dasturlarni
ta’minot hech majbur emas. Avval faqat maxsus o‘qitilgan professionallarning
qo‘lidan keladigan bo‘lsa, endi har qanday foydalanuvchi oson bajarishi mumkin.
Lokal tarmoqlar ikki turga bo’linadi:
PBX
(Private Branch Exchange)
va