“Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi.
Ayrim lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki o‘nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona, bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirish mumkin. Unda o‘lchamlari butun shaharga teng tarmoq- ni birlashtirish mumkin.
Shahar (regional) tarmoqlar (Metropolitan Area Network – MAN) alohida olingan shaharning ichki mahalliy tarmoqlarining o’zaro aloqasini ta’minlash, shuningdek, mahalliy tarmoqlarni global tarmoq bilan bog’lash uchun mo’ljallangan. Shahar tarmoqlari yuqori tezlikli, ammo geografik jihatdan cheklangan mahalliy tarmoqlar va uzoq masofalarda ishlaydigan, ammo past tezlikli global tarmoqlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni anglatadi. Shahar tarmoqlaridan foydalanish tashkilotga shaxsiy mahalliy tarmoqni qurishdan ko’ra yetarlicha kam mablag’ evaziga sifatli va yuqori tezlikli aloqaga ega bo’lish imkonini beradi.
Korporativ tarmoqlar deb nomlanuvchi tarmoqni ham alohida ko’rib chiqish lozim. Ular bir biridan uzoqda joylashgan ko’plab filiallarga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan tashkil etilib, ular o’rtasida tezkor ma’lumotlar almashinuvini tashkil etadi. Bunday tarmoqlar ma'lum bir tashkilotning o'z ehtiyojlari va uning faoliyati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun yaratiladi. Bunday holda, tarmoqning o'zi virtual bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlarni uzatish boshqa tarmoqlar orqali amalga oshiriladi: umumiy telefon tarmog'i, tashkilotning mahalliy tarmoqlari va uning filiallari, Internet va boshqalar.