Shahar tarmoqlari va ularning qurilish usullari. Reja: Shahar tarmoqlarida qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va protokollar.
Tarmoq qurilmalari.
Tarmoq topologiyalari.
Kalit so’zlar: regional (Metropolitan), Metropolitan Area Network, MAN, tarmoq (network), LAN, Internet, simsiz tarmoq (wireless network), ATM, X.25, SDH, OSI, Ethernet, MPLS, DWDM, CDWM, FDDI, PDH, DTP, ADSL, TCP/IP, xizmat (service), texnologiya (technology), topologiya (topology), gigabitEtgernet. 1. Shahar tarmoqlarida qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va protokollar. Shahar (regional) tarmoqlar (Metropolitan Area Network – MAN) alohida olingan shaharning ichki mahalliy tarmoqlarining o’zaro aloqasini ta’minlash, shuningdek, mahalliy tarmoqlarni global tarmoq bilan bog’lash uchun mo’ljallangan. Shahar tarmoqlari yuqori tezlikli, ammo geografik jihatdan cheklangan mahalliy tarmoqlar va uzoq masofalarda ishlaydigan, ammo past tezlikli global tarmoqlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni anglatadi. Shahar tarmoqlaridan foydalanish tashkilotga shaxsiy mahalliy tarmoqni qurishdan ko’ra yetarlicha kam mablag’ evaziga sifatli va yuqori tezlikli aloqaga ega bo’lish imkonini beradi.
7.1-rasm. Shahar tarmoqlarining tuzilishi.
Korporativ tarmoqlardeb nomlanuvchi tarmoqni ham alohida ko’rib chiqish lozim. Ular bir biridan uzoqda joylashgan ko’plab filiallarga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan tashkil etilib, ular o’rtasida tezkor ma’lumotlar almashinuvini tashkil etadi. Bunday tarmoqlar ma'lum bir tashkilotning o'z ehtiyojlari va uning faoliyati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun yaratiladi. Bunday holda, tarmoqning o'zi virtual bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlarni uzatish boshqa tarmoqlar orqali amalga oshiriladi: umumiy telefon tarmog'i, tashkilotning mahalliy tarmoqlari va uning filiallari, Internet va boshqalar.
7.2-rasm. Korporativ aloqa tarmog’i.
Shuningdek, tekommunikatsion xizmat bo’lib, masofadan turib oddiy va qulay aloqa qilish imkonini beruvchi audio va videokonferensaloqa (AVKA) ni ko’rib chiqamiz. Qatnashchilar geografik jihatdan taqsimlangan bo’lsalarda, bir birlarini ko’rishlari va eshitishlari mumkin bo’ladi. Videokonferensaloqa ikki yoki undan ortiq studiya o'rtasida ham mamlakat ichida, ham turli mamlakatlar o'rtasida o'tkazilishi mumkin.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaharga teng bo’lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki ishlab chiqarish korxonasi bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan buyurtmalarning bajarilishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon beradi.
Simsiz regonal tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo’lishini ta’minlaydi. Regional simsiz tarmoqlar yuqori ko’rsatgichga ega bo’lib IEEE 802.16 Wi-Max texnologiyasi asosida ishlaydi.