Kimyo faniga hissa qo'shgan o'zbek olimlari



Yüklə 16,27 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü16,27 Kb.
#109924
kimyo faniga hissa qo\'shgan o\'zbek olimlari


KIMYO FANIGA HISSA QO'SHGAN O'ZBEK OLIMLARI
Keyingi sakkiz asr mobaynida kimyo sohasida ilmiy daraja berishga munosib topilgan o‘n to‘qqizta ixtisoslik ro‘yxatga olingan. Anorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik kimyo, neft kimyosi, o‘ta sof moddalar kimyosi shular sirasidandir. Mazkur fanlarning yaratilishi sohaning mashhur namoyandalari, dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan G. Devi, J. Dalton, R. Boyl, M. V. Lomonosov, I. Berseus va boshqa zabardast olimlar nomi bilan bog‘liq.
Zikr etilgan fan sohalarining yigirmanchisi Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib, O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga olti yil to‘lgan yilda ixtiro etildi. Unga kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori Ibrohimjon Asqarov hamda texnika fanlari doktori, akademik To‘xtapo‘lat Risqiyev asos solishgan edi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” deb nomlangan mazkur fan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ma’qullangan.
Ma’lumki, har qanday fan yoki kashfiyotning ahamiyati uning jamiyat ravnaqiga, tafakkur rivojiga qo‘shajak hissasi va nafi bilan belgilanadi, qadrlanadi. Shu ma’noda, yangi ixtisoslikamalga tatbiq etilgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz xalq xo‘jaligi taraqqiyotida o‘z samarasini ko‘rsata boshlagani bilan ahamiyatlidir. Yangi mutaxassislik, xususan, respublikamiz hududiga xorijiy yurtlardan kirib keluvchi turli tovar hamda mahsulotlar sifati va boshqa jihatlarini aniqlashda qo‘l keladi.
Gap shundaki, bojxona to‘lovlari tovarlarga qo‘yilgan maxsus kod raqamlari asosida amalga oshiriladi. Kodlarning to‘g‘riligini nazorat qilish orqali esa to‘lovlar haqqoniyligi va qonuniyligi ta’minlanadi. Kimyoviy tarkibi asosida tekshirish mahsulotlarga belgilanadigan bojning haqiqiy miqdorini aniqlashga yordam beradi. Zero, BMTning fanlar bo‘yicha vakili, Butunjahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Jeyms Shaver yangi mutaxassislikning birinchi muallifiga bejiz quyidagicha ta’rif bermagan edi: “...Professor Ibrohimjon Asqarov tomonidan kashf etilgan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” uslubi jahon kimyo fanida butunlay yangi yo‘nalish deb e’tirof etildi. Ayniqsa, bojxona sohasida, ya’ni tovar-moddiy boyliklarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazishda bu fanning ahamiyati beqiyos ekanligi diqqatga sazovordir. O‘zbek olimi, professor Ibrohimjon Asqarovni kimyo fanidagi ulkan kashfiyoti bilan qutlayman!”
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan ana shu ixtisoslik belgilab bergan usulda boj undirish hisobiga Davlat byudjetiga oxirgi 8 yil ichida 100 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad tushirilgani yuqoridagi fikrning amaliy isbotidir. Bundan tashqari, Oliy attestatsiya komissiyasi hujjatlarida mazkur ixtisoslikning ro‘yxatga kiritilishi bu borada maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, ayniqsa, bojxona ishini yanada puxta yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirishga muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shayotganligi alohida ta’kidlanadi.
Endilikda jahonda tovarlarga, xususan, tovarlar kimyosiga doir tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etayotgani, davr ixtisoslikning maqsad va vazifalarini kengaytirishni taqozo qilayotganidan kelib chiqqanI. Asqarov mazkur soha atamasini “Tovarlar kimyosi” deb nomlash yuzasidan mas’ul tashkilot hamda muassasalarga murojaat qilib, ixtisoslikning yangi tahrirdagi pasportini taqdim etdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Organik kimyo instituti professori, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori L. Belenkiy, Tojikiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti professori, kimyo fanlari doktori M. Isaboyev, mazkur institutning yetakchi ilmiy xodimlari — dotsent T. Abdullayev, kimyo fanlari nomzodi E. Po‘latov, Farg‘ona davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori A. Ibragimov va boshqalarning yuqoridagi ixtisoslikka oid fikrlarini ham inobatga olgan holda, mazkur masalani atroflicha o‘rganib chiqqan Oliy attestatsiya rayosatining o‘tgan yil 28 sentyabrdagi qarori bilan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi atamasi “Tovarlar kimyosi”ga o‘zgartirilib, tasdiqlandi. “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilingan dissertatsiyalar uchun texnika fanlari hamda kimyo fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar, shuningdek, ilmiy unvonlar beriladi.
“Tovarlar kimyosi” ixtisosligi va ixtisoslik pasportining yangi tahriri, — deyiladi OAK xulosasida, — tovar mahsulotlarini tasniflash, ularning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari, uyg‘unlashgan tizim nomenklaturasiga muvofiq kimyoviy tarkibidan tashqari yana bir necha omil, jumladan, tovarlarning kelib chiqishi, tovar tayyorlangan material turi, qayta ishlanganlik darajasi, shakli, narxi, jahon miqyosida tutgan o‘rni orqali sinflash imkonini yaratib beradi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarning mohiyat va vazifalari doirasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga xos xalqaro kod raqamini belgilash, respublika iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish hamda mazkur ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga talabgorlarning faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadlariga xizmat qiladi”.
Jahon olimlari e’tirof etgan fan sohalari qatoridan o‘rin olgan muhim ixtisoslikning hamyurtimiz tomonidan ixtiro qilinishi faxr va iftixorga arzirli ilmiy hodisadir.
Yüklə 16,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin