Tuzlar
pg|thumb|300px|
Galit
tuzi kristallari.]]
Tuzlar —
kimyoviy
birikmalar
sinfi; oddiy sharoitda ionli
tuzilishga ega boʻlgan
kristall
moddalar. Ularga
metall
kationlari
(yoki
ammoniy
;
fosfoniy
;
gidroksoniy
kationlari) va
kislota
qoldigʻi
anionlaridan
tashkil topgan
moddalar
kiradi.
Elektrolitik dissotsiatsiya
nazariyasiga muvofiq,
tuzlar
eritmada
musbat
zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar —
anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta
(yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar,
qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy
atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod
atomlari metallga batamom
almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Ca(HCO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat.
Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq
almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat.
Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish
natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa,
magniy oksoxlorid
MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota
krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~
guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar
Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi
vodorod atomlarining turli
metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3,
K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi
metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash
kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy
metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli
kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli
kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik,
chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning
tavsifli xossalaridan
biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda
tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda
osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek
kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan
oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon"
(Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning
gidrokimyoviy tarkibi, tuzli
qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda
qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy ekanligi, tuzli
qatlamlarda
natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit
koʻrinishidagi minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda
foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda
muolajalar uchun qoʻllash tavsiya etildi.
Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik
organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga
ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi.
Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik,
koʻn, lokboʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi.
Baʼzi tuzlar (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida
ishlatiladi.
[1]
Kundalik roʻzgʻorda isteʼmol uchun NaCl tuzi (
osh tuzi
) ishlatiladi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Adabiyotlar
Manbalar