Modda tarkibining doimiylik qonuni



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2022
ölçüsü156,42 Kb.
#76286
  1   2   3   4
Tarkibning doimiylik va massaning saqlanish qonuni





Modda tarkibining doimiylik qonuni
Tarkibning doimiylik qonuni kimyoning asosiy qonunlari qatoriga kiradi: Har qanday toza modda, olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo‘ladi. Masalan, uglerod (IV) oksid (karbonat angidrid) CO2 ning tarkibini ko‘rib chiqamiz. U uglerod bilan kisloroddan tarkib topgan (sifat tarkibi). CO2 da uglerodning miqdori 27,27%, kislorodniki — 72,73% (miqdoriy tarkibi). Karbonat angidridni ko‘p usullar: uglerod bilan kisloroddan; uglerod (II) oksid bilan kisloroddan sintez qilish, karbonatlarga kislotalar ta’sir ettirish va boshqa usullar bilan olish mumkin. Barcha hollarda toza uglerod (IV) oksid, olinish usulidan qat’i nazar, yuqorida keltirilgan tarkibga ega bo'ladi.Atom-molekular ta ’limot tarkibning doimiylik qonunini tushuntirishga imkon beradi. Atomlarning massasi tarkibi ham umuman o‘zgarmas bo'ladi. Tarkibning doimiylik qonunini dastlab fransuz'kimyogar olimi J.Prust 1808-yilda ta’riflab berdi. U „Yering bir qutbidan boshqa qutbigacha bo'lgan joydagi birikmalarning tarkibi bir xil va xossalari ham bir xil b o ‘ladi. Janubiy yarimshardagi temir oksid bilan Shimoliy yarimshardagi temir oksid orasida hech qanday farq yo‘q. Sibirdagi malaxitning tarkibi Ispaniyadagi malaxitning tarkibi bilan bir xil. Butun dunyoda faqat bir xil kinovar bor“, deb yozgan edi. Qonunning bu ta’rifida yuqorida keltirilgan ta’rifidagi kabi olinish usulidan va qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, birikmaning tarkibi o ‘zgarmas bo'lishi ta’kidlanadi. Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, о ‘zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda, o ‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo'lar ekan. N.S.Kumakovning taklifiga ko‘ra o‘zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonning xotirasiga), o'zgaruvchan tarkiblilari - bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldindan aytgan fransuz kimyogari Bertolle xotirasiga) deb ataladi. Daltonidlarning tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari bor oddiy formulalar bilan ifodalanadi, masalan, H2O , HJ, CCl4, CO2. Bertolitlarning tarkibi o ‘zgarib turadi va stexiometrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (VI) oksidning tarkibi odatda UO, formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi
UO 25 dan UO3 gacha bo'ladi. Olinish sharoitiga qarab, vanadiy (II) oksidning tarkibi VO09 dan VO3gacha bo ‘lishi mumkin. Sirkoniy azot bilan o‘zaro ta’sir ettiriiganda sirkoniy nitrit hosil bo‘ladi. ZrN tarkibli birikmadan tashqari
ZrN 0,59, ZrN0,69, ZrN0,74 va ZrN0,89 nitridlar ham bo'ladi. Bertollidlar oksidlar, gidridiar, sulfidlar, nitridlar, karbidlar (uglerodli birikmalar), silitsidlar (kremniyli birikmalar) va kristall strukturaga ega boigan boshqa anorganik birikmalar orasida uchraydi. 0 ‘zgaruvchan tarkibli birikmalar borligi munosabati bilan tarkibning doimiylik qonunining hozirgi ta’rifiga aniqlik kiritish kerak bo'ladi. Molekular strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalarning tarkibi, olinish usulidan qat’i nazar o ‘zgarmas bo‘ladi, nomolekular strukturali (atomli, ionli va metall panjarali) birlkmalaming tarkibi esa o ‘zgaruvchandir va olinish sharoitlariga bog’iq bo‘ladi.Masalan, vanadiy (II) oksidning tarkibi temperaturaga va sintezda ishlatiladigan kislorodning bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Elementlaming izotop tarkibini ham hisobga olish kerak: masalan, odatdagi suvda 11,19%, og‘irsuvda esa — 20% vodorod bo‘ladi




Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin