O’zbekiston respublikasi oliy talim, fan va innovatsiya vazirligi



Yüklə 285,27 Kb.
səhifə1/14
tarix17.05.2023
ölçüsü285,27 Kb.
#115089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ruziyev Hasanning zoologiyadan kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA
INNOVATSIYA VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGEKA UNIVERSTITI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

BIOLOGIYA-- 60110900


RUZIYEV HASAN QURBONUVICH
’’Qushlar hayotda mavsumiylik uning sabablari va ahamiyati’’ MAVZUSIDAGI

KURS ISHI

BAJARDI______________________________________________
RAHBAR_______________________________________________

CHIRCHIQ -2023


Mundarija


Kirish-----------------------------------------------------------------------------3
ASOSIY QISIM
I BOB. Qushlar ekologiyasi ,amaliy ahamiyati
1 Qushlar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati-7
2Qushlar migratsiyasi------------------------------------------------------9
3Qushlarning qishloq va o’rmon xo’jaligida ahamiyati-------------15

II BOB. Qushlar hayotda mavsumiylik uning sabablari va ahamiyati


1 O’troq Qushlar----------------------------------------------------20
2 Ko’chib yuruvchi Qushlar---------------------------------------26
3 Uchib ketuvchi Qushlar-----------------------------------------30
4 Qushlarning uchib ketish sabablari----------------------------35
5 Qushlarni halqalash-------------------------------------------38
III XULOSA--------------------------------------------------39
IV Foydalanilgan adabiyotlar-----------------40
Kirish Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sudralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. Ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra qushlar sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi. Patlar qushlar tanasida issiqlikni saqlaydi; uchishda havo qarshiligini kamay-tirib, havoda koʻtarish yuzasini hosil qiladi (qanot, dum). Uchish va har xil harakatlanish (yugurish, suzish, shoʻngʻish)ga moslanish qushlar tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan. Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoklar, yelka kamari suyaklari va muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana vaznining 25% ini tashkil etgan); yerda 2 oyoqda yurganida murakkab yaxlit tuzilgan dumgʻaza va orqa oyoqlari muskullari qayta muvo-zanat saqlash vazifasini bajaradi. Qushlarning qovurgʻalari oʻzaro harakatchan qoʻshilgan 2 qismdan iborat boʻlib, nafas olishda koʻkrak qafasi hajmining oʻzgarishiga, yaʼni elastikligi kam oʻpka toʻqimasi orqali havoni havo xaltalariga va naysimon suyaklar boʻshligʻiga oʻtishiga yordam beradi. Qushlarda nafas olish jarayoni oʻziga xos kechadi. Qushlarning bronxlari havo xaltachalari bilan (9—10 tacha) tutashgan. Nafas olish havo oʻpkadan xaltachalarga oʻtayotganida va ulardan yana oʻpka orqali qaytib chiqayotganida sodir boʻladi. Havo xaltachalari termoregulyatsiyada ishtirok etadi; suvda suzuvchi qushlarda esa shoʻngʻishda tana tigʻizligini oʻzgar-tirishga imkon beradi. Ovqat xiliga moslanish qiziloʻngachning ixtisosla-shuvi (ayrim qushlarda jigʻildonning rivojlanishi), muskulli oshqozonning paydo boʻlishi va ichakning uzayishiga olib kelgan. Qushlarning toʻgʻri ichagi rivojlanmagan. Ayirish orgʻanlari 2 ta yirik buyraklar tana vaznining 1 — 2% ini tashkil etadi; qovugʻi boʻlmaydi. Ichagi, siydik chiqarish va jinsiy bezlari sistemasi yoʻli kloakaga ochiladi. Qattiq poʻchoq bilan qoplangan yirik tuxum qoʻyishi tufayli qushlarning chanoqkamari suyaklari yiriklashgan. Qushlar narida 2 tadan urugʻdon va urugʻ yoʻli, modasida faqat chap tuxumdon va tuxum yoʻli rivojlangan (yapaloqqushlar va yirtqich qushlarda oʻng qismi ham bor). Urugʻdon va tuxumdonlar oʻlchami jinsiy sikl davriga bogʻliq. Masalan, uya qurish oldidan urugʻdonlar 300—1000 marta kattalashadi. Qon aylanish sistemasining tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, yuragining nisbatan yirik boʻlishi va jadal ishlashi, yuqori qon bosimi moddalar almashinuvining tezlashuvi bilan bogʻliq. Masalan, kolibr yuragi tana massasining 2,85% ini tashkil etadi; 1 daqiqada 1000 martagacha qisqaradi. Koʻrish oʻtkirligi va rang ajrata olish, yaxshi eshitish xususiyati qushlarning yaqin va uzoqdagi narsalarni tezroq tanib olishida, tur individlari va turlar oʻrtasidagi munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Qushlarning tovushlarni taniy olish va tovush chiqarish xususiyatlari rivojlangan. Bosh miya bazal yadrolarining rivojlanganligi, koʻrish boʻlaklari va miyachaning yirikligi qushlar nerv faoliyatining sudralib yuruvchilarga nisbatan yuqori boʻlishiga olib kelgan. Qushlar muhit sharoitiga oʻz ehtiyojiga qarab faol moslanish (uya qurish, oziq gʻamlash va boshqalar) xususiyatlarga ega.
Qushlar quruqlik umurtqalilari orasida eng xilma-xil hayvonlar. Ular 2 kenja sinf: kaltakesak dumlilar (1 ta qirilib ketgan turkum kiradi) va yelpigʻich dumlilarga ajratiladi. Yelpigʻich dumlilarga 34 turkum (jumladan 28 ta hozirgi turkum) va 9000 ga yaqin tur kiradi. Qushlar Arktikadan boshlab Antarktika sohalarigacha boʻlgan barcha tabiiy mintaqalarda, koʻpchilik (80% ga yaqin) turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan koʻproq turi maʼlum.
Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruhlar, masalan, oʻrmon qushlari, choʻl va dasht qushlari, suv havzalari (suvda suzuvchi) qushlar, botqoq va sohil qushlariga; ular hayotining yil fasllari boʻyicha oʻzgarishiga binoan uchib ketuvchi, koʻchib yuruvchi va oʻtroq qushlariga boʻlinadi. Qushlarning koʻpayishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqalar) omillar taʼsiriga bogʻliq. Qushlarning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. Qushlar 1 tadan 20—25 tagacha tuxum qoʻyib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalarning holatiga binoan Qushlar jish joʻja ochuvchi qushlar va joʻja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish joʻja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining koʻzi yumuq, patlari siyrak; joʻja ochuvchi Qushlarning tuxumdan chiqqan joʻjasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan boʻladi.
Qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil boʻlib, oʻsimliklarni changlantirish, ular urugʻlarini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. Ayrim qushlar bogʻlar va donli ekinlarga ziyon yetkazadi, yuqumli kasalliklar tarqatadi. Qushlar ovlanadi; bir qancha turlari xonakilashtirilgan. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta: ularning sayrashi bogʻ va xiyobonlarni jonlantiradi; insonda zavqlanish hissini uygʻotadi.
Qushlarning turlari soni tobora kamayib bormoqda. XVII asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin qushlar turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. Qushlarni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi. Qadimgi Hindistonda miloddan 200 yil avval qushlar muhofazasi toʻgʻrisida qonun mavjud boʻlgan. Hozirgi hamma mamlakatlarda qushlar muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Noyob va qirilib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlab qolish maqsadida xalqaro mamlakatlar va regional Qizil kitoblar yaratilgan. Xalqaro konvensiya, bitim, memorandumlar tuzilgan. Maxsus fondlar tashkil etilgan. 1885-yil birinchi boʻlib qushlarni muhofaza qilish Odyubonov jamiyati tuzilgan. 1872-yil Yellouston milliy bogʻi (AQSH), 1910-yil Shveysariyada tabi-atni muhofaza qilish jamiyati ish boshlagan. 1913-yil tabiatni muhofaza qilish boʻyicha birinchi xalqaro anjuman oʻtkazilgan.
XX asrning 2-yarmidan boshlab qushlarning yashash joylarini saqlab qolishga eʼtibor kuchaytirildi. Muhofaza qilish hududlari (milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar) tashkil etila boshlandi. 1971-yil suv va botqoqlik hududlari muhofazasi boʻyicha xalqaro konvensiya ishlab chiqildi. Qushlar muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yilda "Biologik xilma-xillik toʻgʻrisida" gi, 1997-yilda "Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida"gi, 1998-yilda "Koʻchib yuruvchi hayvonlar turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi, 2001-yilda "Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari boʻlgan suv botqoqlik joylar toʻgʻrisida"gi konvensiyalarga qoʻshildi. "Ingichka tumshuqli balchiqchi, Sibir turnasi (oq turna), Afrika — Yevrosiyoning suvda suzuvchi koʻchmanchi qushlarini muhofaza qilish tad-birlari yuzasidagi hamfikrlik meleorandumlari" kabi xalqaro bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan.
1  Qushlar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Qushlarning yashash sharoiti nixoyatda xilma-xil va yer sharida eng keng tarqalgan xayvonlar xisoblanadi. 31-32 shimoliy kenglikda va Antarktidaning ichki qismida xam qushlar uchraydi. Osiyo tog’larining dengiz satxidan 4700 metr balandligida tasqaralar yashaydi. Pingvinlar esa 20 m chuqurlikgacha sho’ng’iydi. Uchish qobilyatiga ega bo’lishligi va gavda temperaturasining yuqori xamda doimiy bo’lganligi sababli qushlar turli xil muxit faktorlariga kamroq bog’liqdir. Yashash sharoitiga qarab xamma qushlar quyidagicha ekologik gruppalarga bo’linadi.1. Daraxtlarda yashovchi qushlar xayotini ko’p vaqtini daraxtlarda va butalarda o’tkazadi. Bularning gavdalari cho’ziq, yon tomondan biroz qisilgan, oyog’i kalta, tirnoqlari o’tkir. Barmoqlari to’rtta bo’ladi. Uchtasi oldinga, bittasi orqaga yoki ikkitasi oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan bo’lib, orqa barmog’i doimo yaxshi rivojlangan bo’lad
.2. Ochiq yerda yashovchi qushlar odatda ko’p vaqtini yerda o’tkazadi va qadam bosib yugurib xarakat qiladi. Bularning gavdasi katta pishshiq va keng qanoti kalta, serbar bo’ladi oyog’i kuchli orqa barmog’i ko’pincha yo’q, bo’yni uzun bo’ladi. Bu gruppalarga kiruvchi qushlarning pat qatlami siyrak deyarli yo’q. Dum usti bezlari deyarli yo’q, yoki kam rivojlangan. Ochiq yerda yashovchi qushlarga bulduruqlar, tuvaloqlar, tuyaqushlar kiradi. Bularning uyalari doimo yerda joylashadi.
3. Botqoqlikda yashovchi qushlar odatda botqoqlarda nam qo’riqlarda va suv bo’ylarida yashaydi. Bularning oyoqlari va barmoqlari orasida to’liq suzgich pardasi yo’q. Oyog’ining boldir tsevka qismi pat bilan qoplanmagan. Bo’yni va tumshug’i uzun dumi kalta bu gruppaga ko’tonlar, turnalar, laylaklar, suvmashoqlar, ko’pchilik loyxo’raklar kiradi.
4. Suvda suzuvchi qushlarning hayoti albatta suv bilan bog’langan. Bular suvda yaxshi suzadi va shung’iydi. Gavdasi yalpoq, oyoqlari tananing keyingi qismida joylashgan. Barmoqlarining orasida suzgich parda bor. Dum usti bezlari yaxshi rivojlangan. Patlari zich bo’lib, pati juda ham ko’p. Dumi ancha kalta. Bu gruppaga o’rdaklar, g’ozlar oqqushlar, sakkoqushlar, qaravaylar, qo’ng’irlar, qayralar, pingvinlar, baliqchilar va boshqalar kiradi.
Ovqatlanishi. Qushlarning geografik tarqalishi, yashash joylariga taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo ularnng ovqatlanishiga bog’liq bo’ladi. Qushlarni ovqat yeyishga qarab shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin. Yirtqichlar, o’limtikxo’rlar, baliqxo’rlar, hasharotxo’rlar, donxo’rlar va mavaxo’rlar.
Yirtqichlar kunduzgi yirtqich qushlar bilan yapaloqqushlarning juda ko’p turlari hamda chumchuqsimonlardan karqo’noq kiradi. Bularni tumshug’ini uchi qayrilib, ilmoq hosil qilgan va changalli tirnoqlari kuchli bo’lib, boshqa qushlarni sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilarni tiriklayin tutib yeydi.
O’limtikxo’r qushlarga Amerika tasqaralari, eski dunyo tasqaralari va jo’rchilar kiradi. Ba’zi burgutlar bo’ronqushlarning maxsus moslamalari bo’lmasa ham shartli ravishda shu gruppalarga kiritiladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlar tabiat sanitarlari deb ataladi.
Baliqxo’r qushlarga pingvinlar, qo’ng’irlar, sakkoqushlar, qaravaylar, baliqchilar, yirtqichlardan skopa va suv burgutlari kiradi. Bu qushlar suvda baliq tutishga turlicha moslashadi. Hasharotxo’r qushlar gruppasiga juda ko’p qushlar kiradi. Masalan: ko’rkanaklar, tentakqushlar, jarqaldirg’ochlar, qizilishtonlar, juda ko’p chumchuqsimonlar (qaldirg’ochsimonlar, dumparastlar, moyqutlar, chittaklar). Bularning tumshuqlari ingichka ba’zan uzun, ba’zan esa kalta (havoda tutuvchilarda bo’ladi).
Donxo’r qushlarga avvalo chumchuqsimonlar, v’yuroklar oilasi, bulduruqlar, kaptarlar, to’qay chumchuqlari kiradi. Bularaning tumshuqlari konussimon bo’lib, donni maydalashga moslashgan. Donxo’r qushlar bolalarini hasharotlar bilan boqadi. Nixoyat, mevaxo’r qushlarga tropik o’rmonlarda yashaydigan to’tilar, tukanlar, ba’zi kaptarlar kiradi. Bularning tumshuqlari kuchli bo’ladi. Yilning fasllariga qarab qushlarning ovqat ob’ekti o’zgarib turadi. Masalan: butun yoz davomida hasharotxo’r bo’lgan ba’zi qushlar qish faslida don bilan ovqatlanishga o’tadi. Qizilqum tog’larida yashaydigan kaklik yozda hsharotlar bilan ovqatlanadi va xokazo.
Ko’payishi. Xar xil xususiyatlari bilan harakterlanadi. Ba’zi qushlarning uzoq yillar davomida erkagi bilan urg’ochisi doimiy birga yashaydi. Bu xodisa “monogamiya” deb ataladi. Yana bir gruppa qushlarda poligamiya xodisasi kuzatiladi, ya’ni bitta erkagi gala urg’ochilar bilan yashaydi va ularni urug’lantiradi, masalan, tovuqlar. Qushlarda erkagi bilan urg’ochisi tashqi ko’rinishidan farq qiladi bu xodisaga jinsiy deformizm deyiladi. Ba’zi qushlarning erkagi urg’ochisiga nisbatan katta, rangi tiniq, xarxil ranglarga bo’yalgan (tovuqsimonlar, o’rdaklar) boshqalarida urg’ochilari erkagidan katta bo’ladi (kunduzgi yirtqich qushlar). Yana bir xillarida esa jinsiy demorfizm namlyon bo’lmaydi (mayna, qarg’alar, ko’kqarg’a). Ko’pchilik qushlarda ko’payishidan oldin va ko’payish vaqtida tok (kunarg’a) deb ataladigan xodisas yuz beradi. Bu vaqtda erkaklarining patlari o’zgaradi xar xil ovozlar chiqaradi, sayraydi turli xil maqomga uchadi, o’yinlar qiladi. Bularning xammasi urg’ochisining e’tiborini o’ziga jalb qilishga mo’ljallangan. Qushlar odatda bir yilda bir marta ko’payadi, ba’zilari esa 2-3 marta ko’payadi. Qayralar yirik yirtqichlar, bitta; kaptarlar, turnalar, ikkita, baliqchilar, bulduruqlar uchta, loyxo’raklar, turnalar, to’rtta chumchuqsimonlar 4-6, tovuqsimonlar 16-26 tagacha tuxum qo’yadi. (qayra, bizg’aldoq, chigirtchilar, tentakqushlar).
Uyasini oddiygina chuqurcha shaklida quradigan qushlarga baliqchilar, tovuqsimonlar kiradi. Ba’zi qushlar o’z uyalarini yerlarga quradi (kurkanaklar, ko’kqarg’alar). To’rg’aylar o’z uyalarini kosacha shaklida qurib yerga joylashtirsa boshqa chumchuqsimonlar, yirtqichlar, buta va daraxt shoxlariga qo’yadi. Qizilishton, chittaklar va sorlar o’z uyalarini daraxt kovaklariga qo’yadi. Poligam qushlarda tuxumlarni urg’ochisi bosadi. Amerika va Avstraliya tuyaqushlarida esa faqat erkagi tuxumlarini bosadi.
Bir gruppa qushlar esa faqat(tuyaqushlar, qozsimonlar, tovuqsimonlar, baliqchilar, loyxo’raklar) oxirgi tuxumini qo’yib bo’lganidan keyin bosadi. Bu qushlarning jo’jo’lari inkubatsiyaning oxirida bir kun davomida tuxumdan ochib chiqadi.
Ikkinchi gruppa qushlar (yirtqich qushlar, rakshasimolnlar, kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar). Brinchi tuxumini qo’ygan kunidan boshlab bosadi. Buning natijasida uyada jo’jalar xar xil katta bo’ladi. Tuxumni bosish yoki inkubatsiya davri turli qushlarda turlicha, lekin xar bir tur uchun ma’lum inkubatsiya davri bo’ladi. Kichik chumchuqsimon qushlarda inkubatsiya davri 12-14 sutkaga teng. Qarg’alar 17, miqqiy - 28, burgut - 42, qirg’ovul 21-25, o’rdaklar 28 kun davomida bosib yotadi.
Qushlar tuxum ochgan jo’jalarini nechog’li rivojlangan bo’lishiga qarab ikkita gruppaga bo’linadi. Jo’jali va jishbolalilar. Jo’jali qushlarning bolalari tuxumdan rosa yetilgan ko’z quloqlari ochilgan va terisi qalin par bilan qoplangan bo’ladi va ota-onasining orqasidan yurib donlay oladi. Bu gruppaga tuyaqushlar, baliqchilar, tovuqsimonlar, g’ozsimonlar, tuvaloqlar kiradi. Jish jo’jali qushlarning bolasi tuxumdan chiqqanda yetilmagan ko’z qulog’i ochilmagan terisi patsiz yoki siyrak pat bilan qoplangan, o’z xolicha ovqat yeya olmaydigan va ota-onasining zo’r parvarishiga muxtoj bo’ladi. Bularga chumchuqsimonlar, kaptarlar, kukqarg’alar kiradi. Baliqchilar kunduzgi yirtqichlar va bulduruqlar jo’jali va jishbolali qushlar o’rtasida oraliq xolatini egallaydi. Bolalari tuxumdan chiqsada, ota-onalarining parvarishiga muxtoj bo’ladi. Umuman qushlar o’z bolalarini yaxshi ucha olguncha va mustaqil yashay olguncha o’z ximoyasiga olib yuradi.
.2Qushlarning migratsiyasi. Qushlar territoriyaga yoki kelib ketishiga qarab uchta gruppaga bo’linadi
1. O’troq qushlar yil davomida ma’lum teritoriyada yashaydi. Ya’ni o’z teritoriyasini tashlab keta olmaydi. Bunday qushlarga qirg’ovul, kaklik, kichik musicha, mayna, qizilishton va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Ko’chmanchi qushlar-ko’payish mavsumidan keyin noaniq yo’nalishlarga qarab bir necha kilometr masofaga ko’chib boradi, lekin o’zining ko’paygan zo’nasini tashlab ketmaydi. Bu guruppaga snegirlar, dehqon chumchuqlar va boshqalar misol bo’la oladi.
3. Kelib ketuvchi qushlar, qishlash uchun ko’paygan joylarini tashlab ming kilometrdan uzoqqa, ya’ni tabiiy geografik zonalarga uchib ketadi.
MDH da yashayotgan qushlarning aksariyat ko’pchiligi kelib ketuvchi qushlar hisoblanadi. Kelib ketuvchi qushlar yoki migratsiya qiluvchi qushlarni soni shimolga borgan sari oshib boradi. Bu qushlar yilda ikki marta kuzda qishlash joyiga qarab, bohorda esa uya qurgani yoki tug’ilgan joyi tomon migratsiya qiladi. Kuzgi migratsiya vaqtida qushlar o’rtacha tezlikda uchadi va vaqti-vaqti bilan dam oladi. Kichik chumchuqsimonlar migratsiya vaqtida bir sutkada 50-100 km. tezlikda uchadi. Samalyotda va radar yordamida kuzatish shuni ko’rsatadiki ko’pchilik qushlarning migratsiyasi 450-750 m. balandlikda o’tadi. Baland tog’larda esa bu qushlar dengiz satxidan 6-9 km. balandlikda uchib o’tgani kuzatilgan. Migratsiya qiluvchi qushlar migratsiyasidan oldin juda intensiv ovqatlanadi va anchagina yog’ zapasni to’playdi, yog’ parchalanganda ko’p miqdorda energiya ajraladi. Migratsiyadan oldin yog’ zapasi ba’zi qushlarda tana og’irligini 30-35% ni tashkil qiladi. Bu protses organizmni yillik fiziologik ritmikasi, yashash sharoitini mavsumiy o’zgarishi kunning yorug’lik, soat o’zgarishi ovqat zapasini va temperaturaning o’zgarishiga bog’liq. Bu o’zgarishlar yig’ilib qushlarning migratsion xolatini aniqlaydi. Migratsiya qiluvchi va ko’chmanchi qushlarning ko’pchiligida tug’ilgan joyiga yoki uyasiga qaytib kelishi uya konservatizi xususiyati deyiladi.
Migratsiya vaqtida qushlarning orentatsiya, ya’ni adashmasdan kerakli umumiy yo’nalishni aniqlaydigan tug’ma migratsion instinktiv sabablari to’liq aniqlanmagan. Kelib ketuvchi qushlarda migratsiya uchun kerakli umumiy yo’nalishni aniqlaydigan tug’ma migratsion instinkt bo’ladi. Eksperemental tekshirishlar va dala kuzatishlarida ma’lumki migratsiya qiluvchi qushlar Astronavigattsiyaga qobilyatlidir, ya’ni migrtssiya vaqtida quyosh, oy va yulduzlarning xolatiga qarab, kerakli yo’nalishlarni tanlaydi. Yomg’ir yoqqanda, xavoda bulut bo’lganda yoki planetariy tajribalarda osmon yulduzlarining tabiiy xolatini o’zgartirilganda migratsiya qiluvchi qushlarning orentatsiyasi keskin yomonlashadi. Qush tomonidan migratsiya vaqtida tanlangan umumiy yo’nalish ko’rish organi ko’z yordamida bajariladi. CHunki migratsiya vaqtida qushlar odatlangan landshaftlar, daryo oqimi, o’rmonlar, dengiz qirg’oqlari bo’ylab uchadi. Gala bo’lib uchish xam migratsiya vaqtida ancha qo’l keladi. CHunki galadagi qushlarning bazilari bu yo’lni avval uchib o’tgan bo’ladi. Lekin ko’pchilik qushlarning bolalari o’zlari mustaqil birinchi bo’lib uchib ketadi (ba’zi chumchuqsimonlar, yirtqichlar).
Rossiyaning Yevropa qismidagi qushlar Afrikaning g’arbiy tomonida, markaziy qismida yashaydigan qushlar sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya qo’yuvchi qushlar esa Hindiston va Janubiy Osiyoda qishlaydi. Qushlarning migratsiyasini o’rganishda asosan xalqalash metodidan keng qo’llaniladi, ya’ni qushning uyadagi jo’jasini yoki ushlangan qushning oyog’iga yengil metaldan yasalgan xalqa taqiladi. Xalqaga nomer va xalqalangan tashkilotning shakliy belgisi yoziladi. Xalqalash bo’yicha to’plangan barcha ma’lumotlar Rossiyani xalqalash markaziga yuboriladi. Xar yili dunyo miqyosida bir millionga yaqin qush xalqalanadi. Qushlarni ommaviy ravishda xalqalash natijasida ko’pgina turlarini uya konservatizmi yo’nalish va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o’limi, jinslari juftligi doimiyligi kabi masalalar aniqlanadi.
Qushlarning amaliy ahamiyati. Qushlarning inson xo’jalik faoliyatidagi ahamiyati juda katta va nixoyatda xilma-xildir. Ko’pgina turlari qadimdan va xozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakalashtirilgan va ulardan go’sht, tuxum, tivit kabi maxsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo’jaligi baliqchilik va ovchilik xo’jaligida xamda sog’likni saqlash va aviatsiyada katta rol o’ynaydi.
3Qushlarning qishloq va o’rmon xo’daligidagi axamiyati. Dalachilik, polizchilik, bog’dorchilik va o’rmonchilik xo’jaliklarida ko’pchilik qushlar zararli xashorotlar va kemiruvchilarni qirib, qishloq va o’rmon zo’jaligiga juda katta foyda keltiradi. Bularga chittaklar, moyqutlar, dumparastlar zarg’aldoqlar, kakku, olaqizilishtonlar, ko’kqarg’a, miqqiy, sor, kuykinak, baliqchi va ko’pgina boshqa qushlar misol bo’la oladi. Soch yoki ola chug’urchuqning bitta koloniyasi kaptarlar Meklenburtsevning malumotlariga ko’ra O’rta Osiyoda bir oy mobaynida ko’payish vaqtida 100000 ming dona chigirtkani qiradi. SHu bilan birga, ola chug’urchuq bolalarini ochib chiqqandan keyin gilos, olxo’ri va uzumzorlarga xujum qilib ancha zarar yetkazadi. M,D.Zverevning xisoblariga ko’ra Novosibirsk shaxri atrofida qora chug’urchuqning bitta oilasi bir uya davrida 7800 dona may qo’ng’izi va ularning lichinkalari bilan ovqatlangan. Yoki miqqiy xar kuni uyasiga 10 dona kemiruvchilarni (yumronqoziq, va sichqon) keltiradi yoki bir oy davomida, ya’ni bolalarini boqish davrida bir juft miqqiy 270 ta kemiruvchilarni qiradi. Shu keltirgan misollarni o’zi qushlarni qo’riqlash va ularni sonini oshirish qanchalik zarur ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa ko’payish vaqtida qushlarni bog’, park, polizlarga, jalb qilish nixoyatda zarur. Chunki bu davrda ularning faoliyati keskin oshadi. Buning uchun sun’iy uyalar yasab erta baxorda kerakli joylarga osib qo’yiladi. Sun’iy uyachalarni o’lchamini qushlarning o’lchamiga qarab tavsiya etiladi. Masalan, chittak, kulrang pashshaxo’r burma bo’yin, dala chumchuqlari uchun yasalgan uychani ichki devorlari orasidagi masofa 10-12sm, ichki balandligi,17 sm. Kirayotgan teshikdan uychaning orasidagi masofa 3 , 4, 5sm. bo’lsa, chug’urchuq, sasiqpo’pishak boyo’g’li uchun yuqoridagilarga muvofiq 13-15 bo’lishi lozim. Zag’cha, ko’kqarg’a, miqqiy qushlar uchun muofiq ravishda 16-18, 22,5,7,9,2,5,bo’yicha tavsiya etiladi. Qushlarning qishloq va o’rmon xo’jaligiga juda katta foyda keltirishi bilan birga, don xo’jaliklariga sezilarlik darajada zarar keltiradi. Masalan, dala ispan chumchuqlari Qozog’istonda katta kaloniyalar xosil qilib uya quradi va dehqonchilikka zara yetkazadi.Barcha qushlar yetaklaydi turli tasvir hayot. Ularning bir necha turlarga bo'linadigan asosiy xususiyati migratsiyadir. Olimlar 3 turni nomlaydilar: o'troq qushlar - bir xil hududda yashaydilar, ko'chib yuruvchi - sovuq havoda iliq yerlarga uchib ketishadi, ko'chmanchi qushlar - oziq-ovqat miqdoriga qarab bir joydan ikkinchi joyga ko'chiriladi. Biz ikkinchisiga e'tibor qaratamiz.Keraksiz faoliyatning ko'payishi qurollarga osonroq kirish, arzonroq o'q-dorilar yoki yo'ldan tashqari transport vositalariga kirishni osonlashtiradi. Tunis va Livan maqsadli davlatlar sifatida tanlandi. Noqonuniy ovning haqiqiy ko'lami haqida umumiy ma'lumot olish ko'p sabablarga ko'ra qiyin bo'lgan. Tabiatni muhofaza qilish ovchilari va davlat organlarining noqonuniy faoliyati bilan shug'ullanishda yuzaga keladigan muammolardan biri ko'pincha "qonuniy" va noqonuniy ovchilar o'rtasidagi noaniq chiziqdir. Qush ovchilari sonining ba'zi hisob-kitoblari yovvoyi tabiatga bosim bilan bog'liq bo'lishi mumkin - masalan, Tunisda 400 ovchi ro'yxatga olingan, Marokashda mingdan ortiq, Jazoirda 000, Livan 000, Suriyada hatto 000 va hokazo. Turli manbalardan kelib chiqqan holda, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, shuningdek, Livan Suriya, Turkiya, Misr, Malta va Kipr o'rtasidagi noqonuniy qush savdosi uchun markaz ekanligini aniqladilar.

Yüklə 285,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin