Mavzu: Delfin usulida suzish texnologiyasini o’rgatish. Reja



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə1/3
tarix26.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#148852
  1   2   3
Delfin usulida suzish texnologiyasini o’rgatish



Mavzu: Delfin usulida suzish texnologiyasini o’rgatish.
Reja:

  1. Delfin usulida suzishni o’rgatish.

  2. Delfincha suzish.

  3. Qo’llar va oyoqlar harakati.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Delfin usulida suzishni o’rgatish.


Krol usulida ko'krakda suzishni o'rganib olgan kishilar delfin usulida suzishni ham muvaffaqiyatli bajara oladilar. Dastavval oyoqlarni ishlatishni, shu bilan birga ularni suvga tez va elastik botirishni o'rganib olish kerak. Buning uchun oyoqlarni ishlatish texnikasi ta'rifini yana bir marta o'qib, uni yaxshi tushunib olish lozim. Quruqlikda har bir oyoq bilan alohida mashq qilish foydalidir. Mashq qilish uchun gimnastika devorchasi, ihota yoki panjara yonida shu narsaga yon tomon bilan turiladi, gimnastika skameykasi, g'isht, to'nka va shu singari boshqa biror baland narsaga bir oyoq bilan bosib turiladi. Bir qo'l bilan devor ushlanadi. Tashqi tomonda qolgan oyog'ni orqaga siltab tizzadan bukiladi. Oyoqning yuzi bilan tezgina tepiladi. Bu mashqni bajarganda oyoq ko'p egilmaydi. Bunday harakatlarning suvda qanday bajarilishini tasavvur qilib, mashqni goh chap, goh o'ng oyoq bilan bajarilgandan keyin bajariladi. Buning uchun qo'lga taxta olib bir necha bor takrorlanadi. Suvga tushib qirg'oq tomonga qarab yotib ikki qo'llab suv tagiga tayanish kerak. Agar suzish hovuzida mashq qilinayotgan bo'lsa, dastaklarni ushlab olish kerak. Oyoqlarni asta-sekin tizzadan hamda tos bo'g'inidan buka boshlanadi, tezlikni oshira suv pastga bosiladi. Taxtani ushlagan holda ko'proq oyoqlarni ishlatib suzish lozim. Avval masofaning bir oz qismini suzib o'tib, keyin dam olish kerak, masalan, 10 marta 10 metrdan suziladi, kuyin masofani oshirib borib 10 marta 25 metrdan suzish mumkin. Qo'lga taxta ushlagan holda oyoqlarni ishlatib delfin usulida beto'xtov 200- 300 metr masofani bemalol o'ta oladigan bo'lgandan so ng harakatlarni mukammalashtirish mumkin. Buni endi delfin usulida bemalol oyoqlarni ishlatib yoki taxtasiz qo'llarni oldinga uzatib, yuzni suvga botirib, oyoqlarni ishlatib suziladi. Boshni yuqori ko'tarib yoki yon tomonga burib nafas olinadi. Taxta ushlab oyoqlarni ishlatibsuzganda ham to'g'ri, beto'xtov nafas olib turish kerak. Delfin usulida suzganda oyoqlarni qanday ishlatishni o'rganish bilan birga qo'llarni ishlatish texnikasini ham o'rganish kerak. Engashib turgan holatda qo'llarni oldinga uzatib ikkala qo'l bilan bir yo'la tizza tomonga eshish harakati bajariladi. Eshib bo'lgandan keyin, qo'llarni tezda ikki tomonga elka balandligida qo'tarib oldinga uzatiladi. Bu mashq bir necha marta takrorlanadi.
Xuddi shu mashqni ko'krakkacha suvga tushib, avval boshni ko'tarib, keyin suvga botirib, nafas olmay bajariladi. Bu mashqda eng qiyini ikkala qo'lni birdaniga suv ustidan olib o'tishdir. Ikkala qo'l eshganda bu mashqni osonlashtirish uchun eshish oxirida tezlikni oshirish kerak. Buning oqibatida qo'llar darhol suv ustiga chiqib ketadi. Nafas olmay eshish mashqini o'zlashtirgandan keyin bir maromda eshish va nafas olishni o'rganish mumkin. Xuddi oldingi mashqlardagidek eshish, bu harakatning birinchi yarmida nafas chiqarish, ikkichi yarmida esa boshni ko'tarib nafas olish kerak. Qo'llar zo'riqtirmay harakatlantiriladi va erkin nafas olinadi.
Nafasni batamom chiqarishga e'tibor berish kerak. Har bir mashg'ulotda nafas olib va chiqarib avval 15-20, keyinchalik 50 martagacha eshib mashq qilish kerak. Bosh suv ichida bo'lib nafas olmay, har uch-to'rt marta eshgandan keyin dam olib, delfin usulida suzgandagina qo'l va oyoq harakatlarini o'zlashtirib olish mumkin. Suv tagidan yoki xovuz chetidan depsinib, gavda suvda siljiy boshlagandigina qo'l va oyoqni ishlatish kerak. Tizzalar bukilib, birinchi depsinish qo'llar bilan eshishning ikkinchi yarmiga, ikkinchi depsini esa qo'llar suvga botirilib, oldinga uzatilgan vaqtga to'g'ri keladi. Qo'llar suv ostida o'tayotgan paytda nafas olishni to'xtatib, bosh suvga botiriladi. Delfin usulida oyoq harakatlari va boshqa barcha harakatlarni bir-biriga moslashtirishni o'rganganda yuqorida aytilgan kauchuk lastdan foydalanish mumkin. Ular suzuvchini oldinga tezroq siljishi va gavdani to'g'ri tutishga yordam beradi. Bu esa quloch tashlashni ancha engillashtirish bilan birga oyoq harakatlarini bir-biriga -moslashtirish imkonini beradi. Suzish texnikasini tabiiy sharoitda takomillashtirish va musobaqalarga tayyorlanish kerak.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin