Nafas tizimining yosh xususiyatlari va gegenasi Reja: I kirish II asosiy qism Nafas olishning ahamiyati. Gazlar almashinuvi mexanizmi. Nafas olish organlarining tuzilishi
Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, Atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrit gaz va suvi parlarini tashqariga chiqarib turadi.
Odam organizmida sodir bo’ladigan oksidanish jarayonlarining asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shuning uchun xayotning davomiyligi, organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bog’liqdir. Parchalanish jarayonlarining mahsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi. Kislorodni o’pkadan tukimalarga, karbonat angidridni tukimalardan o’pkaga qon tashib beradi.
Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat:
Tashki nafas yoki o’pka nafasi – organizm bilan tevarak muxit o’rtasida o’pka orqali gazlar almashinuvi.
Tashki nafas yoki o’pka nafasi – organizm bilan tevarak muxit o’rtasida o’pka orqali gazlar almashinuvi.
Ichki nafas yoki to’kimalar nafasi – ho’jayralarda ro’y beradigan jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Qonnig gazlarning tashishi, ya’ni qon orqali o’pkada to’qimalarga kislorod va to’kimalardan o’pkaga karbonat angidrid yetkazib berilish.
Odam nafas olganda havo burunga, so’ngra burun halqumiga, hiqildokga, traxeyaga, bronxlarga, bronxiollalarga va nihoyat alviollarga kiradi.