Kinematika 1.Avtomobil yo’lning uchdan bir qismini V1 tezlik bilan,qolgan qismini esa V2=50km/h tezlik bilan o’tsa va uning butun yo’l davomida o’rtacha tezligi Vo’r=37.5km/h bo’lsa V1 tezlik qanday (km/h)?
A)20 B)25 C)30 D)35 2. 918km/h tezlik necha m/s bo’ladi. A)260 B)230 C)240 D)255 3.Sanoq sistemasini nimalar tashkil etadi?
A)Sanoq jismi va koordinatalar sisteamasi B)Koordinatalar sistemasi va vaqtni o’lchaydigan asbob C)Sanoq jismi va vaqt o’lchaydigan asbob D)Sanoq jismi,ungga bog’langan koordinatalar sistemasi va vaqtni o’lchaydigan asbob
4.Toshkent avtomobil halqa yo’lining uzunligi 70km.Avtomobil bu yo’lni ikki marta aylanib o’tganda,uning bosib o’tgan yo’li l va ko’chishi S qanday bo’ladi(km)?
A)l=140, S=0 B)l=70 S=0 C) l=S=140 D)l=S=0
5.Piyodaning tezligi 3.6km/h.Undan yarim soat keyin yo’lga chiqqan velosipedchi piyodani chorak soatdan so’ng quvib yetishi uchun necha m/s tezlik bilan harakatlanishi kerak?
A)6 B)5 C)3 D)8
6.Harakat tenglamalari x1=2+3t va x2=1-2t bo’lgan moddiy nuqtalar vaqt boshidan necha sekund o’tganda uchrashadilar?
A)ular uchrashmaydi B)1 C)2 D)3
7.Suzuvchi oqimga qarshi suzmoqda.Oqim tezligi 1m/s.Suzuvchining suvga nisbatan tezligi 3m/s.Uning qirg’oqqa nisbatan tezligi qanday(m/s)?
A)4 B)2 C)3 D)1,5
8.Har birining uzunligi 360 m bo’lgan ikki poezd bir-biriga tomon bir xil 36km/h tezlik bilan harakatlanmoqda.Poezdlar bir-birining yonidan qancha vaqtda o’tadi(s)?
A)10 B)36 C)72 D)20
9.Turg’in suvdagi tezligi 3m/s bo’lgan qayiq kengligi 300 m va oqimining tezligi 1m/s bo’lgan daryodan tik suzib o’tmoqda.Oqim qayiqni necha metrga surib ketadi?
A)180 B)150 C)125 D)100
10.Ikki poezd bir-biriga tomon 54km/h va 36km/h tezlik bilan harakatlanmoqda.1-poezddagi passajir 2-poezd uning yonidan 20 s davomidao’tganini aniqladi.2-poezdning uzunligi qanday(m)?
A)500 B)300 C)200 D)100
11.Jism bir vaqtda o’zaro 600 burchak hosil qilib yo’nalgan ikki tekis harakatda qatnashadi.Ikkala harakatning tezliklari 5m/s bo’lsa,natijalovchi tezlikni toping(m/s)?
A)0 B)2.5 C)5 D)10
12.Mexanik kattaliklarning qaysi birliklari birliklarning Xalqaro sistemasida asosiy hisoblanadi?
A)metr,kilogram,sekund B) metr,kilogram,joul
C)kilogram,sekund,amper D)metr,nyuton,sekund
13.Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 20m/s tezlik bilan,ikkinchi yarmini 30m/s tezlik bilan o’tdi.Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha tezligi qanday(m/s)?
A)50 B)24 C) 23 D)25
14.To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining …..
A)moduli va yo’nalishi o’zgarmas saqlanadi B)moduli tekis kamayib,yo’nalishi o’zgarmay qoladi C)moduli tekis oshib,yo’nalishi o’zgarmay qoladi D)moduli va yo’nalishi uzluksiz o’zgarib turadi
15.Jism tekis tezlanuvchan harakatlanib,6 s davomida o’z tezligini 0.1m/s dan 0.4m/s gacha oshirdi.Jism qanday tezlanish bilan harakatlangan(m/s2)?
A)5 B)0.5 C)0.05 D)0.005
16.Jism avval t vaqt boshlang’ich tezliksiz 2a tezlanish bilan,keyin t vaqtda -2a tezlanish bilan,so’ngra t vaqt a tezlanish bilan harakat qilsa,uning harakat oxiridagi oniy tezligi qanday bo’ladi?
A)0.5at B)at C)2at D)3at
17.Tezligining vaqtga bog’lanish tenglamasi v=2+t ko’rinishdabo’lgan jism 10-sekundda necha metr ko’chadi?
A)13 B)15 C)12 D)11.5
18.Agar avtomobil tekis tezlanuvchan harakat qilib,5 s da 25m yo’l bosgan bo’lsa,u 100m masofani necha sekundda o’tadi.
A)25 B)20 C)15 D)10
19.Tinch turgan avtomobil 2m/s2 tezlanish bilan harakatlanib 121 masofani o’tishi uchun qancha vaqt sarflaydi(s)?
A)11 B)16 C)18 D)30
20.Jism 6m/s2 tezlanish bilan harakat boshladi.U harakatining 5-sekundida necha necha metr yo’l bosadi?
A)36 B)27 C)16 D)4
21.Jism avval boshlang’ich tezliksiz a tezlanish bilan t vaqt,so’ngra 2a tezlanish bilan 2t vaqt va –a tezlanish bilan 3t vaqt harakatlanadi.Jismning bosib o’tgan umumiy yo’lini toping?
A)23at2 B)7at2 C)17at2 D)10.5at2
22.Jism boshlang’ich tezliksiz 2a tezlanish bilan t vaqt,so’ngra –a tezlanish bilan 2t vaqt va a tezlanish bilan 2t vaqt harakatlandi.Jismning shu vaqt davimidagi o’rtacha tezligini toping?
A)0 B)at C)2at D)4at
23.Sol daryo bo’ylab 6km/h tezlik bilan oqib ketyapti.Sol ustidagi odam oqim yo’nalishiga tik ravishda 8km/h tezlik bilan harakatlanayapti.Odamning qirg’oqqa nisbatan tezligi qanday(km/h)?
A)0 B)2 C)14 D)10
24.Ikkita samolyot bir-biriga tomon 1800km/h va 400 m/s tezlik bilan uchmoqda.Ularning bir-biriga nisbatan tezligi qanday(m/s)?
A)900 B) 2200 C)1400 D)100
25.Shamol bo’lmaganda tovush havoda 330m/s tezlik bilan tarqaladi.Shamolning tezligi 25m/s bo’lsa, shamol yo’nalishi bo’ylab tovush qanday tezlik bilan tarqaladi(m/s)?
A)330 B)305 C)355 D)178
26.Harakat tenglamalari x1=2t va x2= -40+6t bo’lgan avtomobillar qaysi koordinatada uchrashadilar(m)?
A)10 B20) C)30 D)40
27.Nuqtalar o’rniga kerakli iborani qo’ying.Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig’ida qoldirgan izi uzunligi … deb ataladi.
A)Yo’l B)ko’chish C)trayektoriya D)mexanik harakat
28.Turist yo’lning 6km ini 12km/h tezlik bilan yurdi,Keyingi 40 minutda esa 10km yurdi.Turist harakatining boshlang’ich bir soatidagi o’rtacha tezligini toping?
A)13.5 B)8.5 C)10 D)12
29.Jism gorizont bilan 600 burchak hosil qilgan qiyalikdan 20m/s tezlik bilan yuqoriga tortilmoqda.Shu jismning vertikal va gorizontal yo’nalishlardagi tezliklari qanday (m/s)?
A)17.3; 10 B) 10; 14.1 C)10; 17.3 D)14.1; 10
30.Samolyotning tovushini yerdagi kuzatuvchi tik yuqoridan eshitgan payt, samolyot gorizontalga nisbatan 450 burchak ostida ko’rinsa,uning uchish tezligi qanday(m/s)? Tovushning tezligi 340m/s.
A)85 B)170 C)241 D)340
Tuzuvchi:Ergashev Avaz
Dostları ilə paylaş: |