MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
1-BOB.ADABIYOTLAR TAHLILI……………………………………………4
Yadro fizikasining taraqqiyot natijalari
2-BOB.ASOSIY QISM…………………………………………………………
2.1. Atom yadrosining asosiy hususiyatlari……………………………….
2.2. Yadro modellari……………………………………………………….
2.3. Yadroviy reaksiyalar va tezlatgichlar…………………………………
2.4. Uzoq yashovchi radiaktiv oilalar……………………………………...
2.5. Yadro yemirilishini suniy tezlashtirishning mavjud imkoniyatlari…..
XULOSA…………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………
Kirish
Qadim zamonlardan inson o’zini o’rab turgan olamni o’rganish va bilishga intilib kelgan.Shu o’rinda barcha mavjud narsalarning asosi bo’lgan elementar tashkil etuvchilar va ularning o’zaro bir - birlari bilan bo’ladigan munosabatlari -o’zarota’sirlari to’g’risidagi qarashlar doimo inson aqlini band qilib kelgan.Fizikaning elementar zarralar fizikasi bo’limi mikrodunyoda, ya’ni elementar zarralar fizikasida ro’y beradigan barcha jarayonlarni, ularning xarakteristkalarini,o’zaro bir –biriga aylanishlarini,ular orasidagi o’zaro ta’sir turlarini o’rganadi.
Mazkur ma’ruza matni yuqorida qayd qilib o’tilgan masalalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib,bakalavrlar dasturi asosida yozilgan va ayni paytda mukammal qo’llanma bo’lib xizmat qila olmaydi. Shu bilan birga, ushbu qo’llanma talabalarning o’z ustida mustaqil ishlashi, adabiyotlardan foydalana bilishi va shutariqa yetarlibilimga egabo’laolishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Yadro fizikasi fizikaning atom yadrosi tuzilishini va ularning xossalarini, radioaktiv yemirilish va yadro reaksiyasi mexanizmini oʻrganuvchi boʻlimi hisoblanadi. "Yadro fizikasi " atamasiga umumiy maʼno berib, Yadro fizikasiga koʻpincha elementar zarralar fizikasi ham kiritiladi. Baʼzan texnikaning mustaqil tarmoqlariga aylangan tadqiqot yoʻnalishlarimas, tezlatish texnikasi , yadro energetikasi ham Yadro fizikasi boʻlimlari hisoblanadi. Umuman Yadro fizikasi atom yadrosi mavjudligi aniqlanishidan avval paydo boʻlgan. Yadro fizikasining paydo boʻlishi radioaktivlik kashf qilingan vaqtdan hisoblanadi.
Zamonaviy Yadro fizikasi tor soha va yoʻnalishlarga aniq boʻlinmagan. Odatda past,oraliq va yuqori energiyalar Yadro fizikasi farqlanadi. Past energiyalar Yadro fizikasiga yadro tuzilishi masalalari, yadrolarning radioaktiv yemirilishini oʻrganish, shuningdek, energiyasi 200 MeV gacha boʻlgan zarralar keltirib chiqaradigan yadro reaksiyalarini oʻrganish kiradi. Energiyasi 200 MeV dan 1 GeV gacha boʻlgan energiyalar oraliq energiyalar deb, 1 GeV dan katta energiyalar yuqori energiyalar deb ataladi. Bunday boʻlinish shartli boʻlib, tezlatish texnikasining rivojlanishi tarixi bilan bogʻliq. Hozirgi zamon Yadro fizikasida yadro strukturasi yuqori energiyali zarralar yordamida tekshiriladi. Elementar zarralarning fundamental xossalari esa yadrolarning radioaktiv yemirilishini tadqiq qilish natijasida aniqlanadi.
Past energiyalar Yadro fizikasining tarkibiy qismi sekin neytronlarning modda bilan oʻzaro taʼsirini va neytronlar taʼsirida boradigan yadro reaksiyalarini tadqiq qiluvchi neytron fizikasidan iborat. Yadro fizikasining yangi sohasi koʻp zaryadli ionlar taʼsirida sodir boʻladigan yadro reaksiyalarini oʻrganishdir. Yadrolarning elektronlar va fotonlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish Yadro fizikasining alohida yoʻnalishini tashkil qiladi. Yadro fizikasining eksperimental vositalari majmui turlituman va murakkabdir. Uning asosini zaryadlangan zarralar tezlatkichlari, yadro reaktorlari, yadro nurlanish detektorlari tashkil etadi. Yadro fizikasining amaliy ahamiyati ham juda katta: yadro qurolini yaratish va yadro energetikasida, tibbiyotda (diagnostika va davolashda) keng qoʻllanadi. Oʻzbekiston Atom Yadro fizikasi institutit Yadro fizikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda Yadro fizikasini taraqqiy ettirishda; U.O. Orifov, S.A.Azimov, R..Bekjonov, S.Yoʻldoshev, M.S.Yunoʻsov, P.Q. Habibullayev va boshqalar olimlarning hissasi katta.
Dostları ilə paylaş: |