Termodinamika muvozanat. Qattiq jism



Yüklə 148,01 Kb.
tarix03.10.2023
ölçüsü148,01 Kb.
#151886

Termodinamika muvozanat. Qattiq jism.


Qattiq jismlar simmetriyasi ularni tashkil etuvchi zarralarning simmetrik joylashuvidan kelib chiqadi. Qattiq jism zarralari fazoda bir-biridan ma’lum masofada (fazoni x,u,z koordinata o’qlari orqali tasvirlash mumkin) kristall panjara tugunlarida o’rnashib, muvozanat holat atrofida tebranma harakatda bo’ladi. Zarralar orasidagi masofa shu zarralar joylashishining muvozanatda bo’lish sharti bilan aniqlanadi va masofa uch yo’nalishda butun qattiq jism bo’ylab davriy ravishda takrorlanadi.
Kristallning ma’lum tekislikdagi zarralari (atom, ion, molekulalari) ning joylashish tartibi bilan tanishaylik.
Zarralar orasidagi masofa ma’lum yo’nalishda bir xil bo’lib, davriy ravishda takrorlanib keladi va butun kristall ana shunday takrorlanib keluvchi zarralar sistemasidan tashkil topadi.
Kristallar ana shunday elementar panjaralarning davriy takrorlanishidan hosil bo’ladi. Kristall zarralari joylashadigan nuqtalarga ular-ning tugunlari deyiladi.
Kristall panjara tugunining istalganini koordinata boshlanishi deb olib, boshqa tugunlarning fazodagi holatini shu nuqtaga nisbatan aniqlash mumkin:
bu yerda
butun sonlar
a, b, c, lar elementar panjara bazislari yoki davrlari deyiladi.
Qirralarining uzunliklari pan-jara davrlariga teng bo’lgan va tugunlarida zarralar joylashgan fazoviy panjara elementar panjarani tashkil etadi.
Ana shu elementar panjarani bazislar yo’nalishida o’z-o’ziga parallel ko’chirishdan hosil bo’ladigan panjaraga Brave panjarasi deyiladi. Ko’p hollarda kristall bir emas bir necha Brave panjaralaridan tashkil topadi. Barcha kristallarning tuzilishi-ni o’rganish hammasi bo’lib o’n to’rt xil Brave panjaralari mavjud ekanligini ko’rsatdi.
Brave panjaralari
Kristall panjarada zarralar faqat tugunlarda emas, yon tomon markazida, qirra markazida, hajm markazida ham bo’lishi mumkin. Bunday panjaralarga yon tomonda markazlashgan (3,5,7,8,14), hajmda markazlashgan (6,11,13) elementar panjaralar ham deb yuritiladi.
SHunday qilib, Brave panjarasi kristall panjara-ning tamomila aniq tuguni uchun uni o’qlari bo’ylab o’z-o’ziga parallel ko’chirish yo’li bilan yasaladi. Agar boshlang’ich nuqta sifatida boshqa tugun tanlansa, u holda boshqa Brave panjarasi hosil bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda bitta
Yüklə 148,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin