Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida davr xarajatlari va ularning buxgalteriya hisobi.
Mundarija:
Kirish I.Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida davr xarajatlari va ularning buxgalteriya hisobi. 1.1. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish
1.2. Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish
1.3. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish
II.Bob.Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi 2.1 Hisob – kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish
2.1 Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi
Хulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Kurs ishi maqsadi va vazifasi:Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.1