Kirish: O‘zbekiston o‘simliklarining xilma xilligi va ahamiyati



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə1/5
tarix10.05.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#57296
  1   2   3   4   5
Mavzu Murakkab

Mavzu: Murakkabguldoshlar oilasi vakillari va ularning ahamiyati.

Kirish: O‘zbekiston o‘simliklarining xilma xilligi va ahamiyati.

Reja:


1. Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi haqida umumiy tavsif.

2. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklar sistematikasi.

3. Qoqio‘tdoshlar oilasi vakillarining ahamiyati

O‘zbekistonda o‘simliklar xilma-xilligi va ahamiyati.

Tabiatning bitmas-tuganmas boyliklaridan biri o‘simliklardir. O‘simliklar haqida so‘z yuritar

ekanmiz, ko‘z oldimizda tabiatning rang-barang, so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan ajoyib

manzaralari namoyon bo‘ladi. Tevarak atrofga sinchiklab razm solsangiz, o‘simliklar

hayotimizda juda katta rol o‘ynashi, boy energiya manbai ekanligini sezasiz. Duyoning qaysi qismida, xox shimolda, xox janubda, xox sharq, xox g‘arbda bo‘lmasin, xullas, hamma minglab katta va kichik daraxtlarni, o‘n minglab yer yuzasidagi suv ostida o‘sadigan turli-tuman mayda zamburug‘larni, suv o‘tlarini va boshqa bir qancha o‘simliklarni, maysa va giyohlarni ko‘rish mumkin. Hozirgi vaqtda bu o‘simliklarning hammasidan ham foydalanilmasa-da, lekin ularning ko‘pchiligi xalq xo‘jaligida muvaffaqiyatli suratda qo‘llanilmoqda. Tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simliklar boyligidan shu vaqtga qadar kishilik jamiyati foydalanib keldi. O‘simliklar inson hayotida ham juda katta ahamiyatga egadir. Shunday o‘simliklar guruxiga texnik o‘simliklar ham kiritiladi. Texnik o‘simliklar qatoriga xo‘jalik jixatidan ahamiyatiga ko‘ra moyli, oshlovchi, bo‘yoqbop, tolali, sellyulozali, yelimli va boshqa bir qator o‘simliklar guruxi kiradi.

Avvalo insonning uchta asosiy ehtiyojini oziq-ovqatga, kiyim-kechak, turar joyga bo‘lgan

ehtiyojini qondiradi. Ovqat bo‘ladigan o‘simliklardan dunyoning hamma joyida ekiladigan g‘alla o‘simliklari inson uchun ayniqsa muhimdir. Insonning ovqatida tutgan ahamiyati jihatidan birinchi o‘ringa bug‘doyni va undan keyin sholini qo‘yish kerak. Moyli o‘simliklardan inson keng foydalanadi. O‘simliklarning vegetativ organlarida yog‘ odatda kam bo‘lsa, ko‘pchilik turlarning urug‘ida, ba‘zi turlar (masalan, zaytun daraxti)ning mevasi etida ko‘p bo‘ladi. Bularning ba‘zi birlaridan qisman texnikada ishlatiladigan, qisman esa oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moy olinadi. Shuning uchun ham ular moyli o‘simliklar deb ataladi. MDH dagi eng muhim moyli o‘simliklar kungaboqar va moyli zig‘ir, nasha, gorchitsa (xontal), kanakunjut (kanakunjut moyi texnikada yoki meditsinada ishlatiladi), soya va

boshqalardir. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘simliklar urug‘ida 25 dan 40 % gacha, soyada esa 15-26 %

moy bo‘ladi. Eng ko‘p kiyiladigan kiyim uchun kerakli materialni tolali o‘simliklar beradi. Bunday o‘simliklardan tola olinadi, bu xil tolalar juda uzun, ingichka va po‘sti qalin tortgan bo‘lsa ham, yog‘ochga aylanmagan hujayralardan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, o‘sha tolalar egiluvchan va elastik bo‘lib, ip qilib yigirishga yaraydi, shu ipdan keyin gazlama to‘qiladi. Yigiriladigan tolalar ba‘zi o‘simliklarning poyasidan (zig‘ir, kanop) olinsa, boshqalarining bargidan, yana bir xillarining urug‘ini qoplab turadigan tuklaridan olinadi. Qamish shakaridek muhim ovqat va mazali moddalar olinadigan qandli o‘simliklarni ham ko‘rsatib o‘tish kerak. Ulardan eng muhimlari mo‘tadil iqlimda ekiladigan qand lavlagi va subtropik hamda tropikda ekiladigan shakarqamishidir. Ulardan har yili 15 mln. g qand olinib, buning 60 % ga yaqini sha karqamishdan, 40 % ga yaqini qand lavlagidan olinadi. Odam uchun ovqat bo‘ladigan boshqa muhim o‘simliklardan no‘xat, loviya, soya va shular kabi boshqa dukkakli donlarni ko‘rsatish mumkin. Ular boshqa ko‘pchilik mahsulotlarga qaraganda oqsilga boy bo‘ladi va shuning uchun ham insonning oqsil bilan ovqatlanishida alohida o‘rin olishi mumkin. Biroq ularning oqsillari hayvon oqsillaridek mukammal emas, ya‘ni odam organizmiga yaxshi singmaydi. Shunday bo‘lsa-da, dukkakli donlar ba‘zi mamlakatlarda, masalan, Ispaniyada (loviya) va Xitoyda (soya) odamlarning ovqatida ko‘p ishlatiladi.

Hayvonlarga xashak bo‘ladigan dukkakli o‘simliklar (xususan beda, sebarga)ning ko‘k poyasi yana ham katta ahamiyatga ega. Ekiladigan va xususan yovvoyi holda o‘sadigan pichanzor o‘simliklaridan ham xuddi ana shu maqsadlar uchun ko‘p foydalaniladi. Bu o‘simliklar, ularni yeydigan hayvonlar vositasi bilan pirovard natijada odamga yanada qimmatli hayvon oqsillari va yog‘lari (go‘sht, sut, moy, tuxum) tarzida oziq beradi. Nihoyat dorivor o‘simliklarni (qalampir, murch, qalampirmunchoq, dorchin, kardamon, muskat yong‘oq vanil va boshqalarni) ko‘rsatish kerak. Ovqatga ishlatiladigan bu mahsulotlar ovqatga ta‘m berish uchungina kerak. Hozirgi paytda bu o‘simliklarning odam hayotidagi roli nihoyatda katta .Ma‘lumki, o‘simliklar olamining xilma-xilligi, uning atrof-muxit bilan va undagi muxit sharoitiga hayron qolarli darajada moslashganligi va bunday moslanishning maqsadga muvofiq ekanligini o‘sha zamon fani gopyo hayotning barcha jarayonlarini boshqarib turadigan “hayotiy kuch” borligidan deb izoxladi. K.Linney ham Yerda o‘simliklar va hayvonlar o‘zgarmas deb muloxaza yuritgan. Lekin bu qarashning no‘to‘g‘ri ekanligi biologiya faninng keyingi tadqiqotlari, yutuqlari natijasida o‘z tasdiqini topgan. Tirik organizmlar, shu jumladan o‘simliklar olami ham doimo harakatda. O‘simliklarning migratsiyasi, introduktsiyasi natijasida ular doimo yashash joyiga moslashish jarayonini o‘z boshidan kechiradi. O‘simliklarning biologik tiplari va turli hayotiy shakllari orasida bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar va ayniqsa ruderal begona o‘t o‘simliklari bu borada ancha progressiv o‘simliklar sanaladi. Edifikatorlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda sho‘radoshlar oilasi vakillari, keyingi pog‘onalarda qoqio‘tdoshlar va bug‘doydoshlar oilalari turibdi. Qolgan boshqa barcha oilalar orasida ra‘nodoshlar oilasi edifikatorlar soni bo‟yicha oldinroqda turadi. Agar edifikatorlarga qaraladigan bo‘lsa, oilalarda nisbatan dominant turlari ko‘p bo‘lganlari quyidagilar: sho‘radoshlar (17,1 %), kermakdoshlar (17 %), ra‟nodoshlar (14,7 %) va bug‘doydoshlar (10,6 %). Flora tarkibidagi ko‘p sonli turkumlar orasida eng ko‘p turlar xilma-xilligiga ega bo‘lgan turkumlar quyidagilar hisoblanadi:

1. Astragal – Astragalus 224

2. Kuziniya – Cousinia 136

3. Qandim – Calligonum 74

4. Piyoz – Allium 68

5. Sho‟rak – Salsola 49

6. Toron – Polygonum 44

7. Iloq – Carex 44

Yuqorida turgan ikkita turkum – astragallar va kuziniyalar, boshqa turkumlardan ancha oldinda turibdi. Turlar xilma-xilligi bo‘yicha bu turkumlar adirlik va tog‘liklarda ustunlik qiladilar. Respublikamiz florasida endemism darajasi birmuncha pastroq ko‘rsatkichga ega – 390 ta tur endemic hisoblanib, butun floraga nisbatan 9,2 % ni tashkil qiladi. O‘rta Osiyo florasida endemik turlar soni 3336 ta turni va jami turlarga nisbatan 46 % ni tashkil qiladi. Floramizdagi eng ko‘p endemik turlar quyidagi yirik oilalarga to‘g‘ri keladi:

1. Qoqio‟tdoshlar – 84 ta tur

2. Burchoqdoshlar – 70 ta tur

3. Ziradoshlar – 39 ta tur

4. Yalpizdoshlar – 35 ta tur

5. Torondoshlar – 26 ta tur

6. Loladoshlar – 23 ta tur

7. Chinniguldoshlar – 16 ta tur

8. Bug‘doydoshlar – 11 ta tur.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin