Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-466-468
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 466 www.ares.uz
MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH MUASSASIDA
PEDAGOG KADRLAR MUAMMOSI VA UNI SAMARALI HAL QILISH
YO’LLARI
Tohir Zokirjonovich Usmanov
Mustaqil tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
Maqolada pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish va uni samarali
tashkil etishga qaratilgan
Kalit so’zlar: malaka oshirish, kadr, pedagogika, talant
KIRISH
Ta’lim sohasi har bir jamiyatning savodxonlik darajasini belgilaydi,
shuningdek u xo’jalik tarmoqlari – sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish,
madaniy va ma’muriy tuzilmalarni malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlovchi,
ularning rivojlanishi, istiqboliga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi muhim soha hisoblanadi.
O’zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish borasida olib
borilayotgan keng ko’lamli ishlar, bu ishlarning ijobiy samara berishni boshlagani
mamlakat ichida va tashqarisida e’tirof qilinmoqda. Mana shunday o’zgarishlar
barobarida ilgari uncha e’tibor berilmagan, ta’limni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan
yangi fan tarmog’i – ta’lim menejmenti ancha rivojlanmoqda. Ta’lim sohasida
faoliyat ko’rsatayotgan ixtiyoriy muassasani menejment nuqtai nazaridan o’rganish,
tahlil qilish bu sohada ham bozor munosabatlari yetarlicha shakllanib kelayotganligi
e’tiborga olinganda muhim dolzarblilik kasb etadi, zero, ta’lim sohasi ham xalq
xo’jaligining mustaqil sohasi sifatida alohida yondashuv – tashkil qilish, boshqaruv
va nazoratni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |