Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-466-468
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 467 www.ares.uz
L.V.Peregudov,
M.X.Saidov,
U.Rayimov,
SH.Saidqulov,
B.S.Nuriddinov,
O.A.Abduquddusov kabi mamlakatimiz olimlari tadqiq qilishgan. Ta’lim
sohasida
boshqaruvni tashkil etish va tartibga solish masalalari amaldagi huquqiy-me’yoriy
hujjatlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qarorlari,
Farmonlari,
Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
qaror, buyruq va yo’riqonmalarida o’z aksini topgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida o’qituvchilar malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash mustaqil ta’lim turi sifatida e’tirof etilgan. Bu esa uni ilmiy
metodik,
pedagogik, psixologik-fiziologik, didaktik hamda tashkiliy, iqtisodiy
jihatlarini va malaka oshiruvchi sub’ektlarning shaxsiy–kasbiy
xususiyatlarini
hisobga olib tadqiq qilishni taqozo qiladi.
“O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon
talablariga javob bermayapti”. Hozirgi kunda o’qituvchilar malakasini oshirish
tizimini tubdan qayta ko’rib chiqishga kechiktirib bo’lmaydigan zarurat sifatida
qaralmoqda.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 16–moddasida “Kadrlar malakasini oshirish
va ularni qayta tayyorlash” deb nomlanadi. Uning maqsadi “Kadrlar
malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash, kasbiy bilimlari va ko’nikmalarini
chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi” deb ta’kidlanadi. Ko’rinib turibdiki,
pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tizimining eng
muhim vazifasi sifatida qo’yilmoqda.
U.Raimovning “Malaka oshirish: Germaniya tajribasi va O’zbekistonda
rivojlanish istiqbollari” nomli risolasida muallifning Germaniyaning Bavariya federal
hududida joylashgan malaka oshirish Akademiyasida o’tagan stajirovkasi davomida
olgan tassurotlari, bu muassasadagi
tashkiliy va boshqaruv tizimi, shuningdek,
Yaponiya, Janubiy Koreyadagi malaka oshirish tizimlari xususida keng ma’lumotlar
keltirilgan. Risolada O’zbekistondagi mavjud malaka oshirish tizimi, uning
istiqbollari, malaka oshirish muassasalarida ta’lim
boshqaruvini tashkil etish
muammolarini hal qilish yuzasida takliflar ishlab chiqilgan.
Xorij mamlakatlarida malaka oshirish tizimida allaqachon on-line tizimlarini
qo’llash tendentsiyasi amal qilinayotgan bo’lishiga qaramasdan, bizda haligacha