Kirish Reja



Yüklə 87,28 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü87,28 Kb.
#204028
Xl asr oʻrta asrlarda Angliya


Kirish……
Reja
1.1. Angliya IX – XI asrlarda
1.2. Buyuk Karl davrida davlat
2.1. Yustinianning tashqi siyosati
2.2. Plantagеnеtlar sulolasi

Angliya IX – XI asrlarda


Britaniya hududida V asrning II yarmidan VII asr boshlarigacha bir necha varvar qirolliklari qaror topadi. Janubi-sharqda yutlar asos solgan Kent qirolligi, Uesseks – janubda, sakslar asos solgan, Sharqiy Angliya – angllar asos solgan, Nortumbriya va Mersiya – angllar asos solgan. Britaniyaning mahalliy Kelt aholisi germanlar bilan qo’shilib ketadi, shu tariqa kelt elementi ingliz xalqining etnik tarkibiga kiradi.
Anglosakson qirolliklarida feodal tuzumning qaror topishi o’zining alohida xususiyatlariga ega edi. Ulardan eng muhimlari – jamoa tartiblarining barqarorligi, allodning kech paydo bo’lishi, erkin dehqonlarning yuqolish jarayonining va yirik feodal yer egalari paydo bo’lishining sekin borishini ko’rsatish mumkin. Bu xususiyatlar Britaniyaning kam romanlashganligidan, anglosakson istilolarining o’ta vayron qiluvchi xarakteridan (rim ta’sirini istilolar yuqotib yuborgan) hamda Rim Galliyasini istilo qilgan frank, ostgot va burgundlarga qaraganda Britaniyani istilo qilgan angl, saks, yut, frizlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi darajasida turganligidan kelib chiqadi. Bosib olingan Britaniyada istilochilar aholining asosiy qismini tashkil etib, feodal munosabatlarning rivojlanishi yemirilib borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumning ichki evolyutsiyasi yo’li bilan sodir bo’ladi .
VI-VII asrlarga oid anglosakson “haqiqatlari”ga ko’ra, Britaniyada anglosaksonlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilk bo’lgan, lekin chorvachilik xo’jalikda muhim o’rin tutgan. Baliqchilik, ovchilik, tuz, temir, qo’rg’oshin qazib olish bilan ham shug’ullanganlar. Anglosakslar yerni 4-8 ta ho’kiz qo’shilgan og’ir plugda haydaganlar. Ba’zida yengil Plug ham ishlatilgan. Ikki dalali almashlab ekish tarqalgan. Bug’doy, arpa, roj, no’xat ekilgan. Yerlar hosil yig’ib olingandan keyin jamoa yayloviga aylangan. Dastlab anglosakson jamiyatining asosini erkin dehqon–jamoachilar–Kerllar tashkil etgan. VII asr o’rtasigacha kichik, individual oila hukmron bo’lmay, dehqonchilik jamoasidan qo’shni jamoaga o’tish tugallanmagan edi. Jamoa ixtiyoridagi yerlar allodga aylanmagan edi. Erga egalik qilishni jamoa tartiblari belgilagan. Hujjatlarda jamoa huquqi bo’yicha egalik qilinadigan oila yeri “folklend” deyilgan. Uni meros qoldirish, ayol tomonidan bo’ladigan qarindoshlarga uzatish va begonaga berish man qilingan. Folklendga egalik qilishdagi to’siqlar Angliyada xususiy mulkchilik paydo bo’lishini va feodal yer egaliklari paydo bo’lishini sekinlashtirdi. Mustahkam jamoalarning saqlanib qolganligi ham feodallashuvni sekinlashtiradi. Sekinlik bilan anglosakslarda kerllar bilan bir qatorda erllar–boylar paydo bo’ladi. Ular yuqori vergeld bilan himoyalangan. Jamiyatning quyi tabaqasini asosan keltlardan bo’lgan qullar va yarim erkin aholi tashkil qilgan. Qullar zodagonlar yerlarida ishlagan. Yarim erkin lit va uellar (Uels nomidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin) boylar yerida ishlab, natural obrok to’lashgan. Keltlarning bir qismi o’z yeri va erkinligini saqlab qolgan.
VII asrda bo’sh va kerllar egallagan yerlarni qirol tomonidan vassallarga hadya etish odatga aylanadi. Bunday yerlar “boklend” deb atalgan. (“bok”– yorliq, “land”– yer) Bu yerlar xususiy milk maqomiga ega bo’lgan va to’lovlardan ozod etilgan. Bu yer o’z egasiga immunitet huquqini bergan. Boklend paydo bo’lishi bilan Angliyada yirik yer egaligining tarqalishi boshlanadi. Erkin jamoachilar orasida mulkiy toifalanish kuchayib yirik yer egalariga qaramlikka tortila boshlanadi. Shunga qaramasdan erkin jamoachilarning asosiy qismi IX asrgacha feodallashuv jarayoniga kam tortilgan edi, erkin jamoa o’z ahamiyatini saqlab qolgan edi. Shuning uchun yirik pomest’elarda keltlardan kelib chiqqan qullar va yarim erkin aholi ishlagan.
Cherkov ham Angliyaning feodallashuviga ta’sir ko’rsatadi. VI asr oxirlarida boshlangan xristianlashish VII asrning II yarmida tugaydi. Yangi din hukmron toifa manfaatlariga mos kelgan. Qirol va feodallarning episkop va monastirlarga hadyasi yirik cherkov yer egaligining o’sishini ta’minlagan. Cherkov hadya, meros orqali yer olishdan manfaatdorligi uchun yerga xususiy mulkchilikni va dehqonlarni qaramlikka o’tishini oqlaydi. Shunga ko’ra xristianlik anglasakson dehqonlarining qattiq qarshiligiga duch keladi. Anglosakson qirolliklarida davlat tepasida qirol turgan, lekin dastlabki davrlarda mahalliy boshqaruv erkin qishloq jamoalari tuzumiga ko’ra tashkil qilingan. Qishloqlarning erkin kishilari yig’inida xo’jalik va boshqa jamoa ishlari hal qilingan. O’z oqsoqollarini saylaganlar, sud ishlari hal qilingan. Feodal munosabatlari rivojlanishi bilan jamoa yig’ini glaford yoki uning boshqaruvchisiga bo’sungan. IX asrdan xalq yig’inlari yirik ma’muriy okruglar doirasida to’planadigan bo’lgan. Bu okruglar keyinchalik graflik deb ataladigan bo’ladi. Boshqaruvning jamoa tartiblarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi anglosakson feodal davlatlari siyosiy tuzumining xarakterli tomoni hisoblanadi. Anglosakson qirolliklarida doimo o’zaro kurash davom etgan. IX asr boshlarida Uesseksning ahamiyati ortib, qirol Egbert 829 yilda anglosakson qirolliklarini yagona Angliya qirolligiga birlashtiradi. Bu birlashuv ichki va tashqi siyosiy vaziyat tufayli yuzaga kelgan edi. Anglosakson jamiyatining yuqori tabaqasi dehqonlarning krepostnoylikka qarshi kurashini bostirish uchun kuchli yagona davlatga birlashishni zarur topadi. VIII asr oxiridan boshlab normannlarning Angliyaga hujumi zo’rayadi. Angliyaning janubi-g’arbida joylashgan Yesseks joylashuviga ko’ra daniyaliklar hujumiga ko’proq duch keladi va qarshilik ko’rsatish marakziga aylanadi. Daniyaliklar butun shimoli-sharqni bosib olib, o’z huquq va tartiblarini o’rnatadilar.
Birlashgan Angliya qirolligida xalq yig’ini chaqirilmasdan, uning o’rnida qirol huzurida “uitenagemot” (“donolar kengashi”) faoliyat ko’rsatadi. Endi hamma masalalar qirol tomonidan hal qilingan.
Anglosakson feodal davlati rivojlanishida qirol Alfred boshqaruvi alohida davrni tashkil etadi. (871-899) U erkin dehqonlardan xalq qo’shini, hamda feodallarning og’ir qurollandan suvoriylar qo’shinini tuzadi. Jangovor flot barpo etishda ham muvaffaqiyatga erishadi. Daniyaliklar hujumini to’xtatib, ular bilan shartnoma tuziladi. Shartnomaga ko’ra Angliya 2 Qismga bo’linadi: janubi-g’arbda Angliya, shimoli-sharqda Daniya hukmronligi o’rnatiladi (“Denlo”) Qirol Edgar davrida (959-975) anglosakslar daniyaliklarni bo’ysundiradi va Angliya yerlari yana yaxlit davlatga bo’ysunadi. Natijada daniyaliklar va boshqa kelib qolgan skandinaviya xalqlari o’zlariga tili va ijtimoiy tuzumi yaqin bo’lgan anglosakslar bilan qo’shilib ketadi.
Daniyaliklarda IX-X asrlarda jamoa tartiblari mustahkam bo’lib, erkin dehqonlar ko’pchilikni tashkil etgan. Shunga ko’ra Angliyaning shimoli-sharqida daniyaliklar o’rnashishi feodallashishni yanayam sekimlashtirgan. Anglosakson jamiyatining feodallashuvi daniyaliklar bilan kurash davrida ham davom etadi. Hujum sababli dehqonlarning xonavayron bo’lishi yerlarni feodallar qo’liga o’tib ketishiga olib keldi.
X asr oxiri – XI asr boshlarida mamlakat janubida qaram dehqonlarning barshchina mehnatiga asoslangan yirik votchinalar paydo bo’ladi. Daniya bilan urush yangi harbiylar tabaqasini vujudga keltiradi. (ten) Bu mayda va o’rta hol yer egalaridan bo’lajak ritsarlar toifasi shakllanadi. Yirik yer egalari avvalgidek erllar deb atalgan. X-XI asrlarda erkin dehqonlarni bo’ysundirishda immunitet katta ahamiyatga ega bo’lgan. Feodallashuvning rivojlanishiga qaramasdan XI asrda ham Angliyada erkin jamoa tartiblari saqlanib qolgan edi.
Franklar davlatida Feodalizmning rivojlanishi Merovinglar davrida franklar davlati. Franklar davlatida feodal munosabatlar rivoji.
Karolinglar davlatining parchalanib ketishi. 486 yilda franklar shimoliy Galliyani istilo qilib o’zlarining davlatini tuzadilar. Uning tepasida Meroveylar urug’i boshlig’i Xlodvig (486-511 yy.) turardi. SHu tariqa Franklar davlatining merovinglar davri boshlandi. V asrning oxiridan VII asr oxirigacha davom etdi. VI asr o’rtalariga kelib, Franklar davlatiga hozirgi Fransiyaning deyarli hammasi kiradi. Franklar Reyn ortidagi tyuring, alemann, bavar, saks qabilalarini ham bo’ysundiradi. Varvar qirolliklari orasida Frank davlati uzoq vaqft saqlanib qolib, o’z tarkibiga ko’plab varvar qiroliklarini qo’shib olgan. Franklar davlati tarixi misolida feodal munosabatlar paydo bo’lishidan tortib tugallanishigacha bo’lgan davrni kuzatish mumkin. Feodallashuv bu davlatda yemirilib borayotgan rim davri munosabatlari va germanlarning urug’-qabila munosabatlari sintezi shaklida sodir bo’ladi. Feodallashuv franklarda ilk feodal davlatining paydo bo’lishi bilan birga bordi. Harbiy demokratiya tartibiga xos boshqaruv organlari ahamiyatini yo’qotib boradi. Harbiy yo’lboshchi qirolga aylana boradi. Istilo natijasida gall-rim aholisini itoatda saqlash ehtiyoti bu jarayonni tezlashtiradi. Bundan tashqari, istilo qilingan yerda franklar rivojlangan sinfiy jamiyat munosabatlariga duch keldilar. Bu jamiyat franklar tomonidan yo’qotilgan quldorlik idoralari o’rniga boshqasini tuzishni taqazo qiladi. Butun boshqaruv qurol qo’lida to’plana boradi. Galliya grafliklariga bo’linib, unga qirol amaldori-graf rahbarlik qilgan.
Yirik yer egaligining va amaldorlarning shaxsiy hokimiyati o’sishi Xlodvig vorislar davridayoq qirol hokimiyatini zaiflashtiradi. Qirollar yerlarni doimiy tarqatilishi natijasida mulklaridan va daromadlaridan mahrum bo’lib, yirik feodallarning ayirmachilik harakatlariga qarshilik qilishi qiyinlashadi. Xlodvig vafotidan keyin Franklar davlati parchalanishi boshlandi. VI asr oxirida Frank davlatida uch mustaqil hudud qaror topadi. Neystriya-markazi Parij bo’lgan, SHimoli-G’arbiy Galliya, Avstraziya – franklar davlatining shimoli-sharqi, (asl frank yerlari) Burgundiya-sobiq Burgundiya qirolligi yerlari. VII asr oxiriga kelib janubi-g’arbda Akvitaniya ajrala boshlaydi. Bu to’rtala hudud etnik tarkibiga, ijtimoiy tuzumining o’ziga xosligiga ko’ra va feodallashuv darajasiga ko’ra bir-biridan farq qilgan.
Bu hududlar natural xo’jalik xukumronligi sharoitida o’zaro iqtisodiy bog’lanmaganligi bir davlatga birlashuviga to’siq bo’ladi. Merovinglar xonadonidan bo’lgan qirollar hukumronlik uchun o’zaro urushlari mahalliy feodallarni kuchaytirishga olib keladi.
VII asr oxiriga kelib qirollikda hokimiyat mayordomlar qo’liga to’planadi. (Qirol saroy boshqaruvchisi) Keyin ular yirik yer egalariga aylanganlar. Qirolning butun boshqaruvi mayordomlar qo’lida to’planadi. Merovning qirollari hokimiyatni yo’qotib mayordomlar tomonidan tayinlangan yoki almashtirilgan (“Dangasa qirollar” davri).
Frank zadogonlari o’rtasida uzoq davom etgan urushdan keyin 687y Avstraziya mayordomi Pinin Geristalskiy barcha frank davlatining mayordomi bo’lib oldi. Avstraziyada feodalashuv sekin borgani uchun u mayda va o’rta feodallarga va erkin allodchilarga tayangan. Bu tabaqalar yordamida Avstraziya mayordamlari butun frank davlatini birlashtirishga erishdilar. Pipin avlodlari birlashgan Frank qirolligini egallab yangi Karolinglar sulolasiga asos soldilar. Ular VII asr oxiridan IX asr o’rtalarigacha xukumronlik qiladilar. Karolinglar davrida Frank davlati kuchayib, imperiyaga aylanadi. O’rta va mayda yer egalari istilolar uchun, kuchli davlat xokimiyatiga muhtojligi tufayli qirollarni qo’llab quvvatlaganlar .VIII asrda frank jamiyatida feodallashuv jadal boradi. O’zaro urushlar, tashqi urushlar og’ir to’lovlar tufayli dehqonlar qashshoqlashib alloddan mahrum bo’ladi va monastir, yepiskop, feodallarga qaram bo’lib qoladilar. yer tufayli qaram dehqonlar xo’jayinga feodal majburiyat o’tkazadilar.
Shunday qilib VIII asr boshida Frank davlatida ikki tabaqa qaror topadi. 1)yirik yer egalari 2) feodal qaram dehqonlar.
Yirik yer egalari gall-rim zadagonlari va germanlardan iborat bo’lib, yerga xususiy mulk (allod) huquqidan foydalangan, markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lgan. Qaram dehqonlar gall-rim qularining avlodlari, kolon, german qullari va litlaridan tashkil topgan. Germanlarning mulkini va erkinligini yo’qotgan dehqon jamoalari xam ular safini to’ldirib borgan. Bu kategoriyalar o’rtasida farq tobora yo’qolib boradi.
Ular bilan bir qatorda mayda va o’rta allodchilar, erkin dehqonlar ham saqlangan. Ular ham o’zgalar mehnatidan foydalanganlar. VIII asr oxiridagi agrar to’ntarish bu o’rta qatlamni u yoki bu tomonga singib ketishiga va shu asosda feodal jamiyatning ikki asosiy toifasiga shakllanishiga olib keldi.
Karl Martell (715-741 yy.) davrida frank davlati ancha mustahkamlandi. Frezlar, bavarlar, alemannlar qayta buysindirildi. 732 y Puate yonidaga jangda arablar tor mor etildi. Dehqonlardan tuzilgan eski tartibdagi qo’shin yangi sharoitlarga mos kelmagani uchun feodallardan tuziladigan suvoriylar drujinasi joriy qilindi. Bundan tashqari feodallashuv natijasida dehqonlar kasod bo’lib, uzoq urushlarda qatnasha olmas edi. Suvoriylarga Karl benefetsiy tartibida yer ulashib beradi, chunki ular yaxshi qurollangan va xar doim urushga tayyor turishi kerak edi. yer ularga to’la huquq bilan beriladi. Natijada qirol yerlarining katta qismi feodallar qo’liga o’tib ketadi. Benefetsiy faqat harbiy xizmat davrida tegishli bo’ladi. Egasi qirolga sodiqlik haqida qasamyot qabul qilib, qirol vassaliga aylanadi. Vassal qasamni buzganda senor yerni qaytarib olgan. Isyonchi feodallardan tortib olingan yer benefetsiy uchun fond bo’lib xizmat qilgan. Keyinchalik Karl qisman cherkov yerlarini musodara qilishga majbur bo’lgan. Cherkov yerlarini olgan feodal qisman soliq to’lagan. Biroq Karl yangi istilo etilgan yerlarda xristianlikni tarqatish bilan birga, cherkovga yer xam ulashadi.
Mayda allod tartiblarini yemirilishi natijasi bo’lgan benefetsiy islohatlari ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. U yerga feodal mulkchilik mustahkamlanishini va dehqonlarni qaram bo’lib qolishini tezlashtirdi. Urush, harbiy ish endi feodallar kasbiga aylanib qoldi. Hududlarni benefetsiy qilib berilishi tufayli erkin aholi ham ba’zida qaramlikka tushib qolish hollari bo’lgan. Dehqonlar qirol fuqoroligidan hususiy kishilar mulki bo’lib qoldi. Natijada qirol hokimiyati kuchsizlanib, feodallar hokimiyati kuchaydi. Benefetsiy islohati dastlab davlat hokimiyatini va uni harbiy qudratini mustahkamlaydi. Benefetsiy egalari yerdan mahrum bo’lmaslik uchun o’z xizmatlarini o’tab turganlar.
Biroq bunday egalik IX-X asrlarga kelib, feod shaklini oladi, merosiy egalikka aylanib qoladi.
Frank davlatining kuchaygan davri Karl Buyuk (768-814) davriga to’g’ri keladi. VIII asr II yarmi va IX asr boshlarida frank davlatida feodallashuv tezlashadi. Qirol hokimiyati feodallarning shaxsiy xokimiyati kuchayishiga yordam beradi. Cherkovga va feodallarga immunitet yorliqlari berilib, ular mulki davlat xizmatchilariga bo’ysunmagan. Immunistlarga aholi ustidan sud-ma’muriy hokimiyat berilgan. Aholidan olinadigan daromad endi davlat xazinasiga emas, feodallar qo’liga o’tadi. Immunitet feodal mulkchilik huquqini mustahkamlaydi. Immunitet hududida uning egasi erkin aholi ustidan ham nazoratga ega bo’lgan. Karl Buyuk bundan davlat hokimiyatini mustahkamlash, tartibini saqlash, qo’shin to’plash vazifasini immunistlarga yuklash sifatida foydalanmoqchi bo’lgan. Biroq, immunitet imtiyozlari kengayishi siyosiy tarqoqlikni keltirib chiqargan sabablardan biri bo’ladi.
Nima uchun Karl Buyuk davrida davlat kuchaydi?
Mahalliy boshqaruv feodallasha boradi. Graf o’z okrugini senoriga aylana boradi. Erkin aholi uning vassaliga aylanib qoladi. 877 yil Kersiy kapitulyariyi graf lavozimini merosiyligi e’tirof etadi.
Feodallashuvning tugallanishi imperiyani parchalanib ketishiga olib keldi. Iqtisodiy va etnik birlikka ega bo’lmagan xalqlarni o’rta va mayda feodallari qirolni qo’llab turgandagina davlatning yaxlitligi ta’minlanishi mumkin edi. IX asrga kelib feodallashuv tugagach, feodallarning markaziy xokimiyatga munosabati o’zgardi. Yirik feodallar mustaqil bo’lib olishdi, mayda va o’rta feodallar vassalga aylanib, o’z senorlari bilan ko’proq bog’langan edi. Dehqonlar esa qaram qilib bo’lingan edi. Dehqonlarni chiqishini bostirishni feodallarning o’zlari eplaydilar. Natural xo’jalik sharoitida Karolinglar davlati parchalanib ketishi muqarrar edi.
817 yil Karlning o’g’li Lyudovik imperiyaning o’g’illariga taqsimlab beradi. 843 yil uning vafotidan keyin o’g’illari Verdenda yangi taqsimlash haqida shartnoma tuzadilar. U hozirgi Fransiya, Germaniya, Italiyaga asos bo’ldi.
IV-VI asrlardaVizantiyada feodal munosabatlarning paydo bo’lishi va

rivojlanishi



Vizantiya imperiyasining paydo bo’lishi. IV – VI asrlarda Vizantiyaning agrar tuzumi.
Hunarmandchilik va savdo.
Yustinian davrida Vizantiya.
Vizantiyaga varvar qabilalari hujumi va uning oqibatlari.
330 yilda Rim imperatori Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini yunonlarning megara koloniyasi bo’lgan Bospor soxilidagi Vizantiy shaxarchasiga ko’chirib keladi. Yangi poytaxt imperator sharafiga Konstantinopol nomini oladi. Konstantinopolning poytaxtga aylantirilishi shaxarning qulay joylashuvi bilan izohlanadi: bu yerda Yevropadan Osiyoga, Qora dengizdan Egey dengiziga o’tadigan muhim savdo yo’llari kesishgan. Shahar ham quruqlikdan, ham suv yo’llari orqali yaxshi himoyalangan harbiy strategik markaz hisoblangan.
395 yil imperiya bo’linib ketgach, Sharqiy Rim imperiyasi tarkibiga Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, Shimoliy Mesopotamiya, Armanistonning bir qismi, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika va Sharqiy O’rta Yer dengizining ko’plab orollari kirgan. Bu hududda greklar, daklar, frakiyaliklar, illiriyaliklar, ellinlashgan Kichik Osiyo qabilalari, armanlar, gruzinlar, yevreylar, suriyaliklar, koptlar, va b. yashashgan. Ellinlashish va romanlashish asosan shahar aholisiga xos bo’lib, ko’plab xalq va qabilalar o’z tillari, an'analari va madaniyatini saqlab qolishgan edi. Ammo imperiyaning anchagina quroq aholisi orasida grek tili keng tarqalgan bo’lib, imperiyaning davlat tili hisoblangan.
Imperiya eng qadimgi dehqonchilik madaniyati paydo bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan edi. Bu yerda donli ekinlar kup tarqalgan, Misr va Suriyada irrigasiya ishlari muhim o’rin tutgan. Uzumchilik, zaytun, bog’dorchilik, janubda xurmo ekinlari tarqalgan, chorvachilik ham katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Sharqiy Rim imperiyasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida bir qator farqli xususiyatlar mavjud: birinchidan, qishloq xo’jaligining tushkunligi kechroq, VI asr oxiridan boshlab sezila boradi. Ikkinchidan, latifundiya ko’rinishidagi yirik yer egaliklari paydo bo’lishi sekin borgan va ular kamchilikni tashkil qilgan. Yirik yer egaliklari asosan imperator tasarrufida bo’lib, u butun imperiyaga tarqalib yotgan edi. Vizantiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yana bir farqi shuki, Sharqiy viloyatlar qishloq xo’jligida qul mehnatidan kam foydalanishgan (3–farqi).
IV-VI asrlarda ayniqsa Dunay bo’yi viloyatlarida, Frakiya, Makedoniya, Kichik Osiyoning markaziy viloyatlarida erkin dehqon egaliklari va jamoachilarning ahamiyati kuchli bo’lgan. Erkin dehqonlar qo’shni jamoa bo’lib yashaganlar (“miitrokamiya”) va davlatga soliq to’laganlar.
Vizantiyada kolonlik keng tarqalgan va kolonlarning katta qismi yerga biriktirilgan. Ular o’z xo’jayinlariga va davlatga majburiyat o’taganlar. IV-VI asrlarda asosiy ishlab chiqaruvchilar qullar emas, balki kolonlar va erkin jamoachilar hisoblangan.
Imperiya qishloq xo’jaligida qul mehnati g’arbdagi kabi muhim ahamiyatga ega bo’lmasada, Gresiyada, Kichik Osiyoning g’arbiy qismida, Suriya, Kirenaika, Misrda nisbatan tarqalgan edi. Qullar hali yirik yer egalari, imperator pomeste’sida va boy dehqonlar yerlarida ishlashgan. Qul mehnatidan foydalanishning bu davrdagi asosiy shakli ularga pekuliy ko’rinishida yer uchastkasi berib qo’yish bo’lgan. Qullardan bu usulda foydalanish mamlakatda qulchilik munosabatlarini tushkunligini birmuncha sekinlashtirgan.
Xulosa qilib aytganda, Vizantiya agrar tuzumining o’ziga xos tomonlari – erkin dehqonlar va dehqon jamoalarining saqlanib qolganligi, kolonlik tarqalishi sharqiy viloyatlarning barqarorligini ta'minlagan va quldorlik tuzumining inqirozini hamda feodallashishni sekinlashtirdi.
G’arbiy Rim imperiyasida shaharlar inqirozi kuchaygan bir paytda Vizantiyada VI asrda ham aholisi gavjum, savdo-sotiq rivojlangan Konstantinopol, Fessalonika, Korinf, Efes, Antioxiya, Bayrut, Damashq, Aleksandriya kabi yirik shaharlar bo’lib, ular muhim siyosiy, madaniy hamda rivojlangan hunarmandchilik va savdo markazlari hisoblangan. Vizantiyaning qulay quruqlik va dengiz savdosi yo’llari ustida joylashganligi, Konstantinopolning Osiyo va Yevropani bog’lab turuvchi ko’prik ekanligi ham mamlakatning iqtisodiy rivojiga ta'sir etdi. Vizantiya savdogarlari karvon va suv yo’li orqali So’g’diyona, Eron, Xitoy, Hindiston bilan savdo olib borganlar. Vizantiya savdogarlari Sharqdan ipak, fil suyagi, marvarid, ziravorlar keltirishgan bo’lsalar, kiyim bosh, shisha va b. olib borib sotar edilar. Shimolda Vizantiya dengizchilari Britaniya orollari va Skandinaviya sohillarigacha yetib borganlar. Vizantiya puli oltin solid – xalqaro valyuta rolini o’tagan. K. Marks Konstantinopolni Sharq va G’arb o’rtasida “oltin ko’prik” deb atagan edi. (Asarlar T. 9, 240b.)
Vizantiya Shaharlari hunarmandchiligida qul mehnatidan foydalanilgan. Shaxsiy ustaxonalarda – ergasteriyalarda ishlovchi qul – hunarmandlardan tashqari davlat va shahar munisipial idoralariga qarashli qullar ham ko’pchilikni tashkil etgan. Davlat qullari armiya uchun kiyim, qurol va saroy uchun buyumlar tayyorlash ustaxonalarida ishlaganlar.
Hunarmandchilikda ustaxonalarni qullarga pekuliy tarzida berilishi qul mehnatini samaradorligini oshiradi. Hunarmandchilik rivoji, shaharlardan va tashqi savdodan keladigan daromad hukumatga kuchli armiya va flot saqlashga imkon beradi. Bu Vizantiyaga keng istilochilik urushlari olib boriishga, varvarlar istilosini bartaraf etishga, kuchli markaziy hokimiyatga ega yaxlit davlat bo’lib qolishga yordam beradi.
Vizantiyaning gullab-yashnagan davri Yustinianning imperatorlik yillariga to’g’ri keladi (527-565 yillar). Yustinianning ichki siyosati mamlakat markazlashuvini va iqtisodini musthkamlash, savdoni rivojlantirish, yangi savdo makonlari topishga qaratilgan edi. Bu davrda Vizantiyaliklarning muhim yutuqlaridan biri pilla qurtidan ipak olishni o’zlashtirilishi bo’ldi. Xitoyliklar pilla olish usulini asrlar mobaynida sir saqlashgan. Rivoyatlarga ko’ra, ikkita nestorian monaxi ichi kovak hassasida pilla qurtini yashirincha Vizantiyaga olib kelishgan. VI asrdayoq Vizantiyaliklar Suriya va Finikiyada pilla yetishtirishni yo’lga qo’yadilar. Yustinian davrida shaharlarda savdo va hunarmandchilikning taraqqiyoti ko’plab qasrlar va ibodatxonalar qurishga imkon beradi. Mashhur Avliyo Sofiya ibodatxonasi ham shu davrda qurilgan edi.
Agrar siyosatda Yustinian yirik cherkov yer egaliklari o’sishini rag’batlantirgan, ayni paytda o’rta yer egaliklariga homiylik qiladi. Yirik yer egaliklarini, birinchi navbatda, eski senator aristokrat yer egalarining hokimiyatini cheklashga urinadi.
Yustinian davrida rim huquqi isloh qilinadi. Bu davrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi jiddiy o’zgarishlar eski huquqiy normalarni qayta ko’rib chiqilishini taqozo qiladi. 528-534 yillarda Tribonian boshchiligida Rim yurisprudensiyasi isloh qilinib, “Fuqaro huquqlari to’plami” tuzildi. U uch qismdan iborat bo’lgan:
1.Yustinian kodeksi – imperator Adriandan Yustiniangacha bo’lgan davrda chiqarilgan muhim qonunlar to’plami. 12 jilddan iborat bo’lgan.
2. Digestlar yoki Pandektlar – mashhur Rim yuristlarining fikrlari. 50 jilddan iborat.
3. Institusiyalar – Rim fuqarolik huquqi bo’yicha qisqacha qo’llanma.
Yustinianning o’zi 534-565 yillarda chiqargan qonunlar «Novellalar» nomini olgan.
Yustinian qonunlari imperiyada yashovchi turli xalqlar – fuqarolar o’rtasidagi farqni yo’qotishga xizmat qildi. Imperiyaning barcha erkin fuqarolari yagona qonunga bo’ysunadigan bo’lishdi. Yagona davlat, yagona qonun, – Yustinian qonunlarining asosiy g’oyasi edi.
Yustinianning tashqi siyosati Rim quldorlik imperiyasini tiklash maqsadiga qaratilgan edi. Buning uchun Rim imperiyasi hududida paydo bo’lgan varvar qirolliklarini bo’ysundirish kerak edi. Birinchi bo’lib Shimoliy Afrikadagi vandallar qirolligi, keyinroq Italiyadagi ostgot va Ispaniyadagi vestgot qirolligi zabt etildi. Yustinianga sharqda Kavkaz uchun Sosoniylar Eroni bilan uzoq urushlar olib borishga to’g’ri keldi. Bundan tashqari Vizantiya Xitoy, Hindiston va Seylon bilan savdoda Eron bilan doimo raqobatlashib kelar edi. Eron bilan 540 yilda boshlanib ketgan urush tanaffuslar bilan 562 yilgacha davom etadi. Sulhga ko’ra, Lazika (G’arbiy Gruziya) Vizantiyaga, Svanetiya Eronga tegadi.
V asr oxiri – VI asr boshlarida Vizantiyaga slavyanlar qabilalarining ommaviy yopirilib kirishi boshlanadi. Yustinian davridan keyin davlatning kuchsizlanishi mamlakatni slavyanlar tomonidan egallab olinishiga sharoit yaratgan. Vizantiyalik tarixchi Mavrikiy «Strategikon» asarida slavyanlarning o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanishganini yozadi. Buni arxeologik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ularda chorvachilik, baliqchilik, ovchilik ham muhim o’rin tutgan. VI asrda slavyanlarda urug’ munosabatlari yemirilishi boshlanadi.
Vizantiyada VI asrda yashagan boshqa bir tarixchi Prokopiy Kesariyskiy ma'lumotlariga asoslanilsa, slavyanlarning siyosiy tuzumi harbiy demokratiyaga xos ko’rinishda bo’lgan. «Bu qabilalar, sklavinlar va antlar, – yozadi u, – bir kishi tomonidan boshqarilmaydi…». Muallif eng muhim ishlar ularda xalq yig’inida hal qilinishini, har bir qabila knyaz deb atalgan o’z yo’lboshchisiga ega ekanligini ham ta'kidlaydi.
Mavrikiy slavyanlarni “qulga aylantirish yoki bo’ysundirishning iloji yo’q” ligini yozadi. Slavyan va boshqa varvarlarning kirib kelishi qulchilikka asoslangan yirik yer egaliklarini qisqarishiga olib keladi. Yirik yer egaliklari feodal asosda tashkil qilina boradi, qul mehnati o’rniga qaram dehqonlar mehnatidan foydalanishga o’tiladi.
Shunday qilib IV asrdan VII asrgacha Vizantiyada quldorlik munosabatlari yemirilib, feodal tuzum belgilari paydo bo’ladi. Quldorlik munosabatlarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi, erkin qishloq jamoalarining barqarorligi Vizantiyada feodalizm genezisining o’ziga xos jihati hisoblanadi. Katta shaharlar savdo-hunarmandchilik markazi sifatida ahamiyatini yo’qotmagan.
Ilk o’rta asrlarda kuchli markaziy hokimiyatning mavjudligi Vizantiyada feodalizm genezisining yana bir muhim farqi hisoblanadi. Vizantiyaning ma’muriy tuzilishi o’zgaradi. Eski diosez va viloyatlar yangi harbiy-ma’muriy okrug fem bilan almashadi. Femlarning harbiy kuchlarining asosini stration maqomini olgan erkin dehqonlar tashkil qilgan. Stration yer egaliklari imtiyozli bo’lib, ba’zi majburiyatlardan ozod etilgan. Fem qo’shinining komandiri – stratig harbiy va fuqarolik hokimiyatini amalga oshirgan.
Fem tuzumi davlatning markazlashuvini birmuncha kuchsizlantirgan. Bu esa feodallashish jarayoni bilan bog’liq edi. VIII asr – IX asr I yarmida Vizantiya shaharlarining tushkunlik davri hisoblanadi. VIII asr IX asrning I yarmida Vizantiya qishloqlarida erkin qishloq jamoasining ahamiyati katta bo’lgan. Uning yemirilishi asosida feodal munosabatlar shakllana boshlaydi. VIII asrda yaratilan “Dehqonchilik qonunlari” bu haqda ma’lumot beradi. Haydaladigan yerlar, bog’lar, uzumzorlar jamoachilarning shaxsiy mulki hisoblangan. Bo’linmagan yerlar: yaylov, o’rmon, buloq va jamoa mulki hisoblangan. Jamoaning barcha mulki yagona soliq okrugi tashkil qilgan.
Jamoalarning jipslashuvida slavyanlar koloniyasining muhim o’rin tutgan. Hayot tarzi, tili va madaniyatiga ko’ra begona muhitga tushib, slavyanlar jamoa aloqalarini rivojlantirganlar. Armanlar, suriyaliklar va b. ham shunday ahvolda bo’lganlar.
Slavyanlarga sekinlik bilan toifalanish va imperiyadagi rivojlangan tovar – pul munosabatlari tufayli allod paydo bo’ladi. Yangi tipdagi yer egalari shakllanadi. Yirik yer egalari jamoa yerlarini tortib olib, jamoachilarni o’zlariga bo’sundirishlariga qarshi 820 yilda Kichik Osiyoda Foma Slavyanin boshchiligida qo’zg’olon boshlanadi. Qo’zg’olonda dehqonlar, shahar kambag’allari va qullar ishtirok etgan. Hukumat qiyinchilik bilan 823 yilda qo’zg’olonni bostiradi. Xalq harakatlari bostirilgandan keyin jamoaning qarshiligi pasayadi. Qo’zg’olonlarni bostirish paytida ko’plab jamoa yerlari egallab olinadi. IX-XI asrlardagi hosilsizlik va epidemiyalar ham dehqonlarni xonavayron qiladi. Kasod bo’lgan dehqonlar o’z yerlarini boy kishilarga (dinat) topshirib, qaram kishi sifatida parik xo’jayin yeridan foydalanadilar. Ba’zilari shaharlarga ketib qoladilar. Ba’zida dinatlar jamoachilarni pariklarga aylantirganlar.
Erkin dehqonlar fem tuzumining, imperiyaning harbiy va moliyaviy qudratining asosi edi. Shuning uchun Makedonskiy sulolasi imperatorlari dehqonlar yerlarini tortib olinishiga qarshi qonunlar chiqaradilar. Bu qonunlarga dinatlar amal qilmaganlar.
IX-X asrlarda dehqonlarning hammasi pariklarga aylandilar, ya’ni o’z mulklarida ishlagan bo’lsada, yerga egalik huquqidan mahrum bo’lishgan. IX-X asrlarda ham pomeste’larda qul mehnatidan foydalanish hollari uchragan. IX-XI asrlarda feodal rentasi pul va mahsulot ko’rinishida bo’lgan. VII asr o’rtasida Vizantiya hududi VI asr o’rtasidagiga qaraganda ikki barobar kichrayadi.

XI - XV asrlarda Angliya Angliyaga Normandlar bosqini. Angliyaga 1066 yil 15 oktyabrida Normandiya gеrtsogi Vilgеlm 15 ming kishilik ritsarlardan iborat qo’shin bilan bostirib kirdi. Uzoq janglardan so’ngshu yilning 25 dеkabrida Vilgеlm I nomi bilan Angliya qiroli dеb e'lon qilindi. Yangi qirolni tan olmaganlar yerlari musodara qilinib o’zlari o’z yurtidan badarg’a qilindi. Normandlar istilosiga qarshi Angliya shimolida ikki qo’zg’olon (1068 va 1071 yillarda) shafqatsizlik bilan bostirildi.Bu bilan fransuz-normand hokimyati uzil kеsil mustahkamlandi. Vilgеlm tomonidan 1086 yili еr egaligining hajmini aniqlash maqsadida axolini ro’yhatga olish o’tkazildi. Bu xalq orasida “Daxshatli sud kitobi” nomini oldi. Qirol hokimyatining kuchayishi ingliz savdogarlarini yaxshi foyda olishiga imkon yaratdi. Ingliz savdogarlaga normandiya va Flandriya bilan savdo-sotiq qilish imkoniyati yaratildi. Flandriyaga ko’p miqdorda jun-tovar tashila boshlandi. Jun kеlajakjda butun ingliz xalq ho’jaligining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Vilgеlm I ning vorislari Gеnrix I (1100- 1135) va Gеnrix II) (1154-1189) davrida ko’plab soxalarda jumladan sud soxasida islohot o’tkazildi. 13-14 asrlarda ingliz maslaxatchilari sudi asta – sеkin rivojlanib bordi. Maslahatchi guvohlar ayblanuvchini qoralaydigan yoki oqlaydigan hukm chiqaruvchi maslahatchilarga, maxsus sud xakami a'zolariga aylandilar.



Gеnrix II vorislari Richard I Shеryurak (1189-1199) va Ioan Еrsiz (1199-1216) davrida qirol hokimyati zaiflashib qoldi. 1215 yilning yozida Ioan Еrsizga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Eng yirik baronlar qo’zg’olonga rahbarlik qildilar. Ammo qo’zg’olonga ko’pgina ritsarlar, Shuningdеk London shaxri ham qo’shildi. Qirol Ioan Qo’zg’olonchilarga asir tushadi va 1215 yilning 15 iyunida Buyuk Erkinlik xartiyasiga imzo chеkishga majbur bo’ladi.Xartiya lotin tilida tuzilgan 63 moddadan iborat katta siyosiy hujjat edi. Ushbu hujjat asosan baronlar va fеadallar manfaatiga ko’proq hizmat qilsada o’sha davr qonunchiligi uchun ancha ilgari kеtish holati dеb baxolash mumkin. XIII Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi. Aynan shu asrda Angliyada movutsozlik rivojlandi, bu o’z navbatida junga bo’lgan talabni orttirib, qo’ychilikni rivojlanishiga zamin yaratdi. Angliyada dеhqonchilikni rivojlanishi natijasida bug’doy еtishtirishda katta muvafaqiyatga erishdi, hatto Yevropa bozorlariga eksport qilish imkoniyatini bеrdi.Dеmak, bu nafaqat ichki bozorni balki tashqi bozorni ham rivojlanishiga olib kеldi. XIII asrlarda Angliya shaharlari soni XI asrga nisbatan 50 foizdan ortiqqa ko’paydi. Shu davr ichida shahar axolisi 5 foizdan 15 foizga ortdi. Angliyada Parlamеntning shakllanishi. Ioan Еrsiz Buyuk erkinlik xartiyasiga imzo chеkkani bilan uni bajarishni umuman xoxlamas edi. Chunki bu xujjat qisman bo’lsada qirollar hokimyatini chеklar edi. Natijada hokimyat uchun kurashlar avj olishi natijasida 1265 yil mamlaktda parlamеnt joriy etildi. Parlamеntni joriy qilishda kеlib chiqishi asli fransuz bo’lgan, inglizlar orasida katta mavqеga ega Simon dе Manfor katta ahamiyat kasb etdi. Qirol Eduard 1 davridan parlamеnt (1295 yildan) muntazam chaqirib turiladigan bo’ldi. 1297 yildan parlamеntga soliqlarni tasdiqlash huquqi bеrildi. Qirol Eduard III (1327-1377) davrida parlamеnt dеyarli har yili chaqirilgan. 1343 yildan boshlab parlamеnt ikki palataga bo’lindi. Yuqori palata lordlar palatasi dеb atalib, u ruxoniy lordlar, arxiеpskoplar, yepiskoplar, eng yirik monastirlarning abbatlari va baronlardan iborat bo’lgan. Pastki yoki Umum palata esa grafliklarning vakillari bo’lgan ritsarlar va shaharliklardan iborat bo’lgan. Jon solig’i. Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklar munosabati bilan XIV asrning 60 va 70- yillaridagi Angliyaning ahvoli mushkullashdi. Yomеnlar yurishlarda qatnashishganligi tufayli ingliz fеodallari Krеsi va Puatе yonida erishgan ajoyib g’alabalar zamoni tugab, endi ular birin-kеtin mag’lubiyatga uchray boshladilar. Fransiyadan o’ljalar kеlish o’rniga, urush endi yangidan -yangi harajatlar qilishni talab qilardi. Ingli z hukumati parlamеntdan soliqlarni oshirishni so’rashga majbur bo’ladi. 1377 yilda, yangi qirol Richard II (Eduard III ning nеvarasi) idora qila boshlagan dastlabki yilda parlamеnt jon solig’i joriy qildi. Bunday soliq Angliyada ilgari hеch qachon bo’lmagan edi. 14 yoshli va undan yuqori har bir erkak va ayol, mulkiy ahvolidan qati nazar, bu soliqni to’lashga majbur edi. Qarilar va o’smirlar ko’p bo’lgan katta oilalarda yangi soliq yig’indisi katta summani tashkil qilar edi. Jon solig’i dеhqonlar ommasi gardaniga og’ir yuk bo’lib tushdi. Bu soliq qishloqda o’ziga qarshi chuqur qahr-g’azab qo’zg’ab, ingliz dеhqonlarini 1381 yilgi qo’zg’olonga еtaklagan so’nggi bahona bo’ldi. Viklеf va lollardlar. Qo’zg’olondan avvalgi yillarda ingliz qishlog’idz va'zxonlar paydo bo’lib, ular o’zlarini «faqir poplar» dеb atardilar. Bular ingliz chеrkovining mashhur rеformatori Jon Viklеfning shogirdlari edilar. Pop va Oksford univеrsitеtining profеssori Jon Viklеf (1320-1384) XIV asrning 60-70 yillarida chеrkovni rеforma qilish kеrak, dеgan talab bilan chiqdi. Chеrkov papasiz yashay olmaydi va papa hokimiyati qirollik hokimiyatidan yuqori turishi lozim dеgan o’rta asr katolizmi ta'limotini J.Viklеf rad qildi. Papa Angliyadan xiroj olish uchun hеch qanaqa haq- huquqqa ega emasligini Viklеf isbotlab bеrdi. «Qirol qirollikni papa nomidan emas, balki bеvosita xudoyi taolo nomidan o’z qo’lida tutib turadi» - dеrdi Viklеf o’sha zamondagi fеodal huquqini o’zicha talqin qilib. So’ngra u, chеrkovning g’oyat katta еr boyliklariga qarshi chiqib, chеrkov yerlarini sеkulyarivatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish) to’g’risida hukumatga tavsiyanoma bеrdi. Viklеf diniy marosimlarni dabdabali qilib o’tkazishga qarshi chiqib, ibodat mahalida va'zxonlikni kuchaytirishni tavsiya etdi. U tavrotni ingliz tiliga tarjima etib, ibodatni ham milliy, ingliz tilida qilishni zarur dеb hisobladi (o’rta asrlar davrida Yevropaning hamma еrida qabul etilganidеk, chеrkovlarda faqat lotin tilida ibodat qilinardi). Viklеfning chiqishi mafkura jihatdan katta ahamiyatga ega bo’ldi. Viklеf XVI asrda Yevropada yuz bеrgan Yevropa rеformatsiyasi muxlislaridan biri edi. Ammo uning traktat (ilmiy asar)lari siyosiy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etdi. Yuz yillik urush mahalida Angliya papalikka nisbatan g’oyat dushmanlik munosabatlarida bo’ldi, bu vaqtda fransuz qirollari ta'sirida bo’lgan Avinon papalari Angliyaga qarshi fransuz hukumatiga har qanaqa qilib bo’lsa ham yordam bеrardilar. Viklеfning papalikka qarshi qilgan va'zlari va yozgan adabiy asarlari shuning uchun ham ayniqsa aktual edi. XIV asr o’rtasida, Eduard III qirolligi davrida parlamеnt maxsus nizom qabul qilib, unda sud-chеrkov ishlari yuzasidan papaga shikoyat arizasi bilan murojaat etish man etildi. 70-yillarda ingliz hukumati nihoyat napaga xiroj to’lashdan voz kеchdi, holbuki bu xiroj Rimga Ioann Еrsiz zamonidan buyon to’lab kеlinar edi. Urush olib borish uchun mablag’ga muhtoj bo’lgan hukumat chеrkov yerlarini sеkulyarizatsiya qilishga tayyor edi. Qirollikdagi barcha yerlarning taxminan uchdan bir qismini tashkil etgan ingliz chеrkovining g’oyat ulkan mulklariga dvoryanlar (lordlar ham, ritsarlar ham) ko’pdan havas qilib kеlardilar. Viklеf isloxoti London shahari aholisi orasida ham zo’r shuhrat qozondi. Chеrkov diniy marosimlari soddalashtirilishi va arzonlashtirilishi kеrak hamda chеrkov biror-bir ajnabiy kuchga qaram bo’lmagan mustahkam milliy tashkilotga aylanishi lozim, dеgan Viklеfning chaqiriqlari Londonda, shuningdеk boshqa joylarda xususan Angliyaning eng rivojlangan janubida va janubi-sharqida unga ergashgan bir gruppa muxlislarni kеltirib chiqardi. Viklеfning Angliyadagi muxlislari lolardlar dеb atalardi. Uning eng dеmokratik kayfiyatdagi shogirdlaridan, chunonchi “faqir poplar” dеb atalganlari, Viklеf hali hayotlik mahalidayoq uning islohotchilik ta'limotiga qat'iy, kеskinlik tus bеrgan edilar. U “faqir poplar” krеpostnoyklikka kеskin qarshi chiqqan edilar. Ular qishloqma-qishloq yurib, dеhqonlar orasida targ’ibot olib bordilar. Oliy tabaqa boy ruxoniylarga qarshi, shuningdеk, dunyoviy fеodallar (lordlar)ga qarshi qattiq hujum toshini yog’dirib, va'zxonlar, modomiki “xudovandi karim barcha kishilarni tеng qilib yaratgan ekan”, еr-suv barchanikidir, dеgan ishonchni kambag’al dеhqonlar ko’nglida mustahkamladilar.
«Odamato еr haydab, Momohavo esa charx yigirgan paytlarida kim dvoryan bo’lgan, axir?» dеgan so’zlar qishloqlarda tеz-tеz qaytarilardi. Ana shunday xalq va'zxonlaridan biri bo’lgan Jon Boll fеodallarga kеskin hujumlar qilishda ayniqsa ajralib turardi. «Mеning aziz do’stlarim, - dеrdi Boll dеhqonlarga murojaat etarkan, - hamma narsa umumniki bo’lmasdan turib, na kassal, na lord va kishilar o’rtasidagi barcha tafovutlar yo’q qilinmasdan turib, lordlarning bizning ustimizdan xo’jayinligi bartaraf etilmasdan turib, Angliyadagi ishlar yaxshi bo’lib kеtmaydi». Kеntеrbеriy arxiеpiskopining buyrug’iga binoan Jon Boll avaxtaga tashlandi. 1381 yilda qo’zg’olon qilgan dеhqonlar uni qamoqdan ozod qildilar. Jon Boll qo’zg’olon rahbarlaridan biri bo’lib qoldi. Uot Taylеr qo’zg’oloni. Tarixga Uot Taylеr qo’zg’oloni nomi bilan kirgan qo’zg’olon 1381 yil may oyining oxirida janubisharqiy Essеks grafligida boshlandi. Dеhqonlar bu yerda jon solig’i yig’uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o’ldirdilar. Shundan kеyii villanlar manor egalariga qarshi ko’tarildilar. Qo’zg’olon Essеksdan qo’shni grafliklarga-Kеnt, Sеfolk, Norfolk va boshqa grafliklarga ko’chdi. Qisqa bir fursat ichida qo’zg’olon Angliya grafliklarining katta bir qismiga yoyildi. Dеhqonlar dunyoviy va ruhoniy lordlarga qarashli manorlarni yakson qildilar, ulardagi g’alla, chorva mollari va boshqa mol-mulklarni bosib oldilar, manor arxivlarida saqlangan barshchinaga va obrok majburiyatlariga doir ro’yxatlarni (ular rеntali dеb atalardi) yondirib tashladilar. Ba'zi shaharlar qo’zg’olonchi dеhqonlar tomoniga o’tdilar. Qo’zg’olonchilar Kеntda graflikning asosiy shahri bo’lgan Kеntеrbеrini qo’lga kiritdilar. Shuningdеk, Medston va Dartford shaharlari ham qo’zg’olonchilar tarafini oldilar. Kеntning o’zida rahbar topilib, u Kеnt, Essеks grafliklari va boshqa qo’shni grafliklarning dеhqonlar ommasini bir oz vaqtgacha birlashtirdi va bu dеhqonlar ommasini Londonga boshlab bordi. Uning nomi Uot Taylеr edi. («Taylеr» so’zi inglizcha - «tunukasoz» dеmakdir. Bundan chiqadiki, u hunarmand bo’lgan bo’lsa ajab emas). Shak-shubhasiz, Taylеr ilgari soldat bo’lgan, nеgaki, u harbiy ishni yaxshi bilardi. Uning tajimai holi haqida batafsilroq ma'lumot yo’q. Uot Taylеr g’ayratli rahbar bo’lib chiqdi. U, qiroldan dеhqonlar talabini qondirishga erishmoq uchun qo’zg’olonchilarni qirollik poytaxti - Londonga olib borishga qaror bеrdi. Londonga borishning o’zini u to’g’ri o’yladi va bu chora tеz amalga oshirildi. Taylеr Jon Boll, Jеk Strou (aftidan, mayda ritsar bo’lsa kеrak) va boshqa yordamchilari bilan birgalikda 11 iyunda kеntliklarni poytaxtga boshladi, lеkin unga janub tomondan bordi. Ayni zamonda ular bilan shartlashib qo’ygan Essеks dеhqonlarining rahbarlari Londonga shimoli-sharq tomondan yaqinlashib kеldilar. London shahari ma'murlari dеhqonlarning London ko’prigidan o’tib, shahar darvozasi orqali London Sitisiga kirishlariga monеlik qilmadilar. Uch kun mobaynida, ya'ni 1381 yilning 13, 14 va 15 iyun kunlari qo’zg’olonchi dеhqonlar Angliya poytaxtining xo’jayinlari bo’lib oldilar.
Qurollik ministrlarining ba'zilari -ular orasida qirollik kantslеri Simon Sedbеri (u Kеntеrbеri arxiеpiskopi ham edi) va lord-xazinachi Xеyls-qatl qilindilar. Londondagi turmalarning hammasi ag’dar-to’ntar qilindi. Qo’zg’olonchilar London sudining asosiy arxivini bosib olib, uni o’tda yoqib yubordilar. Yirik binolardan qirolning amakisi, Lankastеrskiy gеrtsogining saroyi vayron qilib tashlandi (qirol Richard 11 yosh bo’lganligi tufayli gеrtsog Lakkastеrskiy vaktincha rеgеntlik vazifasini bajarar edi). Mayl-Endеk va Smitfildеk dasturlari. Dеhqonlarning qirol bilan bo’lgan ikki uchrashuvida (14 va 15 iyun) qo’zg’olonchilarning talablari bayon qilingan ikki pеtitsiya (talabnoma) taqdim etildi. Ulardan biri ancha mo’'tadil hisoblangan Mayl-Endеk (yoki Essеks) pеtitsiyasi edi. Bu pеtitsiya to’rt moddadan iborat edi: 1) krеpostnoy huquq (villanlik) ni bеkor yilish, 2) qo’zg’olonchilarga avf umumiy bеrish, 3) barcha mamlakatda savdo-sotiq qilishga erkinlik bеrish va 4) 1 akr hajmidagi еr uchun 4 pеns miqdorida ijara haqi bеlgilash. Bu dastur Angliyadagi eng badavlat dеhqonlarning manfaatlarini aks ettirar edi. Ikkinchi Smitfildеk (yoki Kеnt) dasturida-ancha qat'iy talablar bayon etilgan edi. Dеhqonlar o’zlariga chеrkov yerlari fondidan еr bеrilishini, jamoaga qarashli еr-suvlardan erkin foydalanishni va barcha toifaviy tafovutlarning yo’q qilinishini talab qilgan edilar. Ikkinchi pеtitsiya kеntlik kam еrli eng kambag’al dеhqonlarning ehtiyojlarini ravshan aks ettirgan edi. Hukumat boshda yon bеrdi. 14 iyunda qirolning muhri bosilgan yuz lab yorliqlar tayyorlanib, dеhqon jamoalariga tarqatildi. Essеks dеhqonlari yorliqlarni olib, qanoat hosil qilgach, shu kuni kеchqurun Londondan chiqib kеtdilar. Ammo kеktliklar qolib, yuqorida ko’rsatib o’tilgan ikkinchi pеtitsiyani tayyorlay boshladilar. Dеhqonlarning saflarida parokandalik boshlanganini payqagan ma'murlar, qat'iyroq harakat qilishga kirishdilar. Dеhqonlarning qirol bilan Smitfiyada ikkinchi marta uchrashuv mahalida (15 iyun) ularning rahbari Uot Taylеr xoinona o’ldirildi. Rahbarsiz qolgan Kеnt dеhqonlarining otryadlari Lokdokdan haydab yuborildi. Bu vaqtga kеlib, ahvol osoyishtaroq bo’lgan grafliklardan Londonga kеlib kirgan ritsar otryadlar еtarli darajada qo’shin tashkil etdilarki, hukumat bu qo’shinni qo’zg’olonni bostirishga yubora olardi. Shundan so’ng qirollikning boshqa hamma joylarida qo’zg’olon bostirildi. Londondan jo’natilgan jazo ekspеditsiyalari butun yoz bo’yi qo’zg’olon qatnashchilarini ayovsizlik bilan qattiq jazoladilar. Uot Taylеr qo’zg’olonining tarixiy ahamiyati. O’rta asr davridagi barcha dеhqonlar harakati singari 1381 yilgi qo’zg’olon ham muvaffaqiyatsizlik bilan tamom bo’ldi. Bunga sabab, odatdagi uyushqoqsizlik, kuchlarning bo’linib kеtganligi, dasturning еtarli darajada aniq bo’lmaganligi va qo’pol taktik xatolarga yo’l qo’yilishi bo’ldi. Ingliz dеhqonlari (Jakеriya qatnashchilari bo’lgan fransuz dеhqonlari masalasida yuqorida aytib o’tilganidеk) qirol bizning tarafimizni oladi, dеb soddadillik bilan ishonardilar. Dеhqonlar o’zlarn eng yomon ko’rgan amaldorlarning adabini bеrib, hatto o’z hukumatlarini tuzishga intilib ham ko’rmadilar. Shaharning plеbеy elеmеntlari dеhqonlar qo’zg’oloniga yordam bеrdilar, lеkin plеbеy elеmеntlarning o’zlari zaif bo’lganliklari tufayli, qo’zg’olonga boshchilik qilib, uni g’alabaga olib bora olmadilar. 1381 yilgi qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lishiga qaramay, u ingliz dеhqonining bundan kеyingi taqdiriga har holda katta ta'sir ko’rsatdi. Qo’zg’olon ancha katta va qudratli qo’zg’olon bo’ldi, bu qo’zg’olondan kеyin esa pomеshchiklarga bashchinani jiddiy suratda qaytadan tiklash haqida o’ylashga endi to’g’ri kеlmadi. 1382 yilda va undan kеyingi yillarda ayrim grafliklardagi dеhqonlar fеodallarga qarshi qaytadan qo’zg’olon ko’tarishga urindilar. Lordlar yon bеrishga majbur bo’ldilar. Shu sababli, 1381 yildan kеyin kommutatsiya jarayoni yanada kuchaydi. Qulchilik tobora ko’proq rivojlanib, unda barshchina kеraksiz bo’lib qoldi va u axir pirovardi, krеpostniklikning bеkor qilinishiga yordam bеrdi. «Angliyada krеpostnoy qaramlik haqiqatda XIV asrning oxirida yo’q bo’ldi, - dеb yozgan edi Markе «Qapital»da. Aholining juda katta ko’pchiligi u vaqtda va XV asrda yanada ko’proq mustaqil xo’jalik yurgizuvchi erkin dеhqonlardan (garchi ularning mulki har qanday fеodal niqobi ostiga olingan bo’lsa ham) iborat edi». XV asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti. XV asr mobaynida Angliyada fеodalizmning еmirilishi yanada zo’raydi. Mamlakatning umumiy xo’jaligida sanoatning ahamiyati kuchaydi. Angliyada movut sanoati ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Angliyada yuqori sifatli movut navi еtishtirilib, uning bir qismi chеt ellarga ko’plab chiqariladigan bo’ldi. Jun yigirish va to’qish, shaharlardan tashqari, kustarchilik kasbi formasida qishloqlarga ham kеng tarqaldi, kustarchilik kasbi bilan shug’ullanuvchi odamlar olib sotarlar, ya'ni «movutfurushlar» uchun ishlardilar. Ingliz eksportida. jun avvalgidеk katta o’rin egallashda davom etgani bilan birga, XV asrda qishloq joylaridan ham har qanaqangi dag’al jun movutlar ko’plab tashqariga chiqarilardi va bu dag’al movutlarga Flandriyada yana boshqatdan ishlov bеrilardi. XV asrda ingliz savdogarlari turli dеngizlarda o’z savdo-sotiq ishlarini kеng yoya boshladilar. Shu munosabat bilan ingliz kеmasozligi zo’r bеrib rivojlana bordi. Dеngizlarning narigi tomonlariga borib savdo qiluvchi yirik savdogarlarning bir qismi XV asrning 70 - yillarida savdogaravantyuristlarning birinchi dеngiz savdo kompaniyasini tuzdi. Bu savdo kompaniyasi, avvalo La-Mansh va Shimoliy dеngizdagi movut savdosini o’z qo’liga monopoliya qilib oldi. XV asrda ingliz fеodallari sinfi ikki qismga: odatda xo’jalik bilan o’zi shug’ullanmagan va o’zining domеnini ijaraga bеrgan yirik fеodal dvoryanlarga va yollanma mеhnatni ekspluatatsiya qilgan, g’alla va jun bilan savdo-sotiq qilgan, o’z farzandlarini hunar va savdo-sotiqqa o’rgatish maqsadida shaharga jo’natgan ritsar va jеntеlmеnlardan iborat o’rta va mayda dvoryanlarga kеskin bo’linib kеtdi. Kеlgusida mayda еr-mulkka egalik qiluvchi dvoryanlar (jеntri)ning ota-bobolari bo’lgan dvoryanlarning bu qismi xo’jalik yurgizish usuli jihatidan burjuaziyaga yaqin turib, u nikoh yo’li bilan shu burjuaziyaga ko’pincha qarindosh-urug’ bo’lib kеtgan edi. Lankastyerlar sulolasi davrida Angliya. Eski fеodal aristokratiyasi XV asr mobaynida hukmron toifa hisoblanar edi. Uning ko’pincha an'anaviy to’lovlar tarzida yerlardan oladigan daromadlari o’smay, balki pulning asta-sеkin qadri kеtishi bilan ular amalda kamayib borganligidan, aristokratiya davlat mansablarini bosib olish yo’li bilan o’z zararlarining o’rnini qoplashga harakat qildi. Bu aristokratiya Fransiya bilai olib borilgan Yuz yillik urushdan ham katta umidvor edi. Aristokratiya Fransiyada yangi yerlar va har qanaqangi harbiy o’ljalar olishga ishongan edi. 1399 yilda Plantagеnеtlar o’rniga kеlgan yangi Lankastyerlar sulolasi, arkstokratik siyosatning quroliga aylandi.
Plantagеnеtlar sulolasining so’nggi (katta avlod) vakili bo’lgan qirol Richard II ni o’zining tog’avachchasi, Lankastеr gеrtsogi Gеnrixni taxtdan ag’darib, o’ziga Gеnrix IV dеb nom oldi (1399- 1413). Richard qasrga qamaldi va tеz orada halok bo’ldi. Yangi sulola o’zining taxtdagi mavqеini mustahkamlash uchui fеodal aristokratiyasiga va ingliz chеrkovi yepiskoplariga xushomadgo’ylik qildi. Lankastyerlar chеrkov yerlarini musodara qilish rеjasini bir chеtga yig’ishtirib qo’yib, lordlarni qattiq ta'qib qildilar va ulardan bir nеcha yuzlab kishilar еrеtiklikda ayblanib, gulxanlarda yoqib yuborildi. Gеnrix V Fransiyadadagi urushni kеng miqyosda boshqatdan boshlab yubordi, bu urush uning vorisi Gеnrix VI davrida ham davom ettirildi. Dastlabki paytda Lankastyerlar urushni muvaffaqiyatli olib bordilar. Ammo, bundan kеyingi harbiy muvaffaqiyatsizliklar hukumatning ahvolini yana battarroq mushkullashtirdi. Holbuki, urush ilk o’rta asr zamonidagi siyosiy munosabatlar manzarasini go’yo yangilaganday, shaxsiy hokimiyatning o’ziga xos takrorlanishi bo’lib chiqdi. Yirik fеodallarga qaram bo’lib qolgan Lankastyerlar, urush mahalida fеodal zodagonlarning o’z tеvarak-atroflariga yana vassallar to’plash, kayerlar qurish, o’z drujinalariga ega bo’lish (ba'zan bu drujinalar soni bir nеcha ming kishigacha еtardi) hollariga barmoq orasidan qaradilar. Lankastyerlar O’rta va mayda dvoryanlardan hamda shahar burjuaziyasidan iborat progrеssivroq «o’rta sinflar»ning manfaatlariga ziyon kеltiruvchi siyosatni amalga oshirar. ekanlar, biroq ular yirik fеodallarning ham talab-ehtiyojlarini qondira olmadilar. Yuz yillik urush, oqibat-natijada boy bеrildi. Shuning o’zi bilan zodagonlarning «dеngiz orqasidan» yangi еr-mulklar olish haqidagi orzu-umidlari puchga chiqdi. Shundan kеyin baronlar Angliyaning o’zidagi еr-mulklarini qaytadan taqsimlashga kirishdilar. Aristokratiya orasida qattiq va uzoqqa cho’zilgan o’zaro urush kеlib chiqdiki, zamondoshlar uni ikki Gul urushi dеb atadilar. Qizil gul Lankastyerlar sulolasining emblеmasi edi. Ularning raqiblari bo’lgan York sulolasi vakillarining gеrbida Oq gul tasviri bor edi. Jеk Ked qo’zg’oloni. Lankastyerlar siyosatidan, jumladan soliqlarning o’sib borishidan, ular ma'muriyatining suistе'mollaridan, yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklardan va Angliya savdosining izdan chiqishidan bo’lgan norozilik Angliyaning eng taraqqiy etgan dеngiz sohili grafliklaridan biri bo’lgan Kеnt grafligida xalq harakatining ancha kеng avj olishida ifodalanadi. Gеrtsog York vassallaridan biri bo’lgan Jеk Ked boshchiligida 1450 yilda Kеntda qo’zg’olon bo’ldi. Kеntning ko’pgina mayda dеhqonlari, shuningdеk shaharliklarning bir qismi qo’zg’olonda ishtirok etdi. Ammo harakatga asosan ritsarlar rahbarlik qildi. Qo’zg’olonchilar (1450 yil 2 iyun) Londonga kеlib, unda hukumat oldiga bir qancha talablar qo’yishdi. Bu talablar, asosan, qirolning tеlba maslahatchilarini saroydan uzoqlashtirish, markaziy va mahalliy idora ishini tartibga solish, lordlarning joylarda o’zboshimchalik qilishiga, zulm o’tkazishiga chеk qo’yish talablaridan iborat edi. Qo’zg’olonchilarning 1450 yildagi ijtimoiy talablari orasida ishchilar to’g’risidagi nizomlarni bеkor qilish talabi borligi diqqatga sazovordir (bunda Eduard III bilan Richard II ning qonunchiligi ko’zda tutilgan bo’lib, bu qonunchilik XV asrda ham hali rasmiy ravishda bеkor qilinmagan edi). Bu talab harakatga eng mazlum elеmеntlar, ya'ni batraklar, kambag’al dеhqonlar va shaharlardagi xalfalar ham qatnashganligini ko’rsatdi. Qo’yilgan talablar orasida, shuningdеk, gеrtsog Yorkskiyning qirollik kеngashiga kiritish talabi ham bor edi. 1381 yilgi qo’zg’olon paytidagi singari, hukumat dastlab yon bеrishga majbur bo’ldi. Lеkin harakat-qatnashchilari o’zlariga bеrilgan va'dalardan so’ng London shahrini tashlab chiqib kеtadilar, qirol qo’shinlari bo’lsa chеkingan qo’zg’olonchilarga hujum qildilar va ularni kaltaklay boshladilar. Ked qolgan o’z tarafdorlari bilan birgalikda bir oz vaqt kurashni davom ettirdi. Ammo qirol soldatlari bilan to’qnashuv paytida Ked shu yili 12 iyunda yarador qilinib, so’ng asir qilib olindi. Uni Londonga olib borayotganlarida yo’lda vafot etadi.
lda vafot etadi. Qizil va Oq gul urushi. Xalq ommasining Lankastyerlar sulolasiga bo’lgan nafratidan foydalangan gеrtsog Yorkskiy tarafdorlari mumkin qadar tеzroq hokimiyatni o’z qo’llariga olishga intildilar. Gеnrix VI bеtobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy qirollik rеgеnti dsb e'lon qilindi. Biroq Lankastyerlarning muxlislari (qoloq g’arb va janubi-g’arb ularning asosiy tayanch joylari edi) tеz orada Richard Yorkskiyni rеgеntlik vazifasidan chеtlatdilar. Xuddi shu yili Lankastyerlarning Yorklarga qarshi boshlagan urushida dastlab Lankastyerlar tarafdorlarining qo’li baland kеldi. Boy bеrilgan janglardan birida, 1460 yilda Richard Yorkskiy o’ldirildi. Richard Yorkskiyning boshi tanasidan judo qilinib, qog’oz toj kiydirilgan kallasi York shahrining qo’rg’on dеvorlaridan biriga osib qo’yildi. Ammo o’ldirilgan Richard Yorkskiyning o’g’li Eduard Yorklar to’dasiga boshchilik qildi, u lankastyerlarni 1461 yilda ikki marta mag’lubiyatga uchratib, Londonni bosib oldi va o’zini Eduard IV nomi bilan qirol dеb e'lon etdi. Gеnrix VI esa Tauer zindoniga qamab qo’yildi. York sulolasi davrida ichki va tashqi siyosat. York sulosasi hokimiyatni uzoq muddatga o’z qo’liga o’tkazib olishga muvaffaq bo’ldi. 1470-1471 yillarda Lankastyerlar o’z tomonlariga o’tgan yirik fеodal graf Uorvik ko’magida hokimiyat tеpasiga Gеnrix VI ni qaytadan tiklamoqchi bo’ldilar. Ammo Eduard IV tеz orada koalitsiyani tor-mor etib, taxtni o’ziga qaytarib oldi. Gеnrix VI yana Tauer zindoniga qamaldn va shu yerda o’ldirildi. Eduard IV York (1461-1483) mustabid idora qildi. U lankastеr zodagonlariga qarashli barcha mulklarni musodara etib, o’z qo’lida juda katta еr fondi to’pladi. Bu fonddan еr-mulklar ulashish yo’li bilan u, o’ziga tobе yangi zodagonlarni vujudga kеltirdi. Bu zodagonlarning ko’pchiligi o’rta va mayda dvoryanlar orasidan chiqqan edi. Eduard IV ingliz savdosining rivojlanishini rag’batlantirib (ingliz savdo flotiga homiylik qilish, savdogar-avantyuristlarning va boshqalarning chеt ellar bilan savdo-sotiq qiluvchi kompaniyasaga yordam bеrish) ayni zamonda, burjuaziyaga andishasizlik bilan do’q va po’pisa qilib undan tortiq, qarz tariqasida (lеkin qarzini hеch qachon to’lamasdan) katta pullar olardi va h. k. Eduard IV parlamеntni onda -sonda va istaristamas chaqirardi. Biroq tеz orada Yorklarning o’z oilalari ichida kurash boshlanib kеtdi. Eduard IV vafot etgandan kеyin uning ukasi Richard III hoqimiyatnn bospb oldi va o’zinnig ikkita jinyanini (Eduard IV ning bolalarini) o’ldirdi. Bu voqеa yorklar ichida mojaro chiqishiga bahona bo’ldi. Eduard IV oilasining tarafdorlari Lankastyerlarning qolgan odamlara bilan birlashib, Richard III ni hokimiyat tеpasidan ag’dardilar. Qat'iy jang 1485 yil 22 avgustda Bosvort dеgan joy yaqnnida bo’ldi. Richard III jangda mag’lub bo’ldi, Gеnrix Tyudor g’olib chiqdi. Lapkastyerlar sulolasiga qarindosh bo’lgan Gеnrix Tyudor shu еrning o’zidayoq Gеnrix VII nomi bilan qirol dеb e'lon etildi. U Eduard IV ning qizi Еlizavеta Yorkka uylandi, shunday qilib, dushmanlashib yuruvchi har ikkala fеodal guruhini birlashtirdi. XV asrning ikkinchi yarmidagi fеodallar to’s-to’poloni Angliyaning siyosiy taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. «Angliyaning baxtiga, - dеb yozgan edi mutafakkirladan biri - Qizil va Oq gullar urushlarida eski fеodal baronlar bir-birovlarini qirib tashlagan edilar». Ularning o’rnini burjuaziya bilan aloqador bo’lgan o’rta dvoryan qatlamlaridan chiqqan va o’z xo’jaligini yangi, chinakamga burjuacha mеtodlar bilan yurgizuvchi yangi dvoryanlar egalladi. Tyudorlar ana shu yangi dvoryanlarga tayanib, qirollik hokimiyatining obro’-e'tiborini mustahkamladilar. Tyudorlar zamonida Angliyadagi qirollik hokimiyati uzil-kеsil absolyutizm shaklini qabul qildi. Ingliz millatining tarkib topa boshlashi. XIV-XV asrlarda Angliyada ingliz millatining tarkib topa boshlashi uchun shart-sharoit vujudga kеlmoqda edi. Tеrritoriyaning umumiyligi va ekonomikaning umumiyligi ana shu vaqtlarda endi еtarlicha aniq namoyon bo’ldi. XIV-XV asrlarda Angliyada kеng milliy bozor tashkil topib London mamlakatdagi savdo-sotiq oborotlarining kattagina qismini o’ziga jalb qilgan edi. XIV-XV asrlarda ingliz adabiy tilining rivoji katta yutuqlarni qo’lga kiritgan edi; ingliz adabiyoti jahonga nom chiqargan bir qancha ajoyib asarlar bеrdi. 1066 yilgi normandlar istilosidan boshlab, avvalgi paytda ingliz jamiyatining turli milliy sostavini aks ettirgan ikki tildan foydalanib kеlindi. Qorol saroy zodagonlarining katta bir qismi fransuz tilida so’zlashardilar. Aholining asosiy ommasi -dеhqonlar va shaharliklar, o’rta va mayda fеodallar ingliz tilida gaplashardilar. Ingliz tili yana bir qancha lahja (shеva)larga bo’lingan bo’lib, ular orasida London shеvasi еtakchi shеva edi. Qonunlar (farmonlar) fraktsuz tilida tuzilardi, yuristlar sud ishlarida ana shu fransuz tilidan foydalanardilar, maktablarda dars bеrishda fransuz tili latin tili bilan birgalikda qo’llanilardi. Aholi ko’pchiligining tili bo’lgan ingliz tili fransuz tilini xonadon hayotidan ham, jamiyat hayotidan ham asta-sеkin siqib chiqardi. 1258 yildayoq qirol Gеnrix III Angliya aholisiga ingliz tilida (london shеvasida) bayonnoma bilan murojaat qilishi lozim bo’ldi. 1362 yilda Eduard III London shaharining pеtitsiyasiga javoban, «fransuz tili uncha ma'lum bo’lmaganligi» tufayli, sudlardagi ishlar ingliz tilida olib borilsin, dеb qaror chiqardi. XIV asrning ikkkichi yarmida Angliyada eng yirik asarlar paydo bo’lib, ularda London shеvasi asosida rnvojlangan ingliz tili o’ziga xos barcha lug’aviy-grammatik xususiyatlari bilan milliy adabiy til sifatida maydonga chiqdi. Viklеfning inglizcha asarlaridan tashqari, mashhur shoir Jеfri-Chosеrning (1340-1400) asarlari, xususan uning XIV asr oxirida (90- yillar) yozilgan «Kеntеrbеri hikoyalari» ingliz adabiy tilining shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi. «Kеntеrbеri hikoyalari» optimizm, nozik yumor, xalq ommasiga xayrixohlik bildirish va hokim fеodallar sinflari vayilla-rini esa satirik (masxara qilish) ruhi bilan sug’orilgan. "Chosеr ijodi Rеnеssans (yoki Uyg’onish) davri yangi madaniyatining vujudga kеlishidan iborat bo’lib, bu yangi madaniyat Angliyada Italiyaning Uyg’onish davri madaniyati bilan dеyarli bir vaqtda ravnaq topdi. XV asrdagi ingliz madaniyatni rivojlantirishda Vilyam Kekston (1422-1491) katta ahamiyat kasb etdi. Kekston savdogar, tarjimon, matbaachi va noshir bo’lgan edi. Angliyada kitob chop qilish shu odam nomi bilan bog’langan (1477 yildan). Kekston 100 ta kitob bosib chiqargan, bu kitoblarning ko’pchiligi ingliz tilida edi. Shular orasida Chosеrning “Kеntеrbеri hikoyalari”, latin klassiklari Sitsеron, Ovidiy va Vеrgiliyning inglizcha tarjimalari, Ezop masalalari va boshqalar bor edi. Tayanch so’z va iboralar: Angliya, Normandlar,Vilgеlm 1, Gеnrix I, Gеnrix II, Richard I Shеryurak, Ioan Еrsiz,baron, fеadal, Buyuk erkinlik xartiyasi, ega Simon dе Manfor, parlamеnt, soliq, Dahshatli sud kitobi, jon solig’i, Uot Taylеr, Viklеf, lollardlar, Oksford, univеrsitеt, Jon Boll, Jеk Strou, Mayl-End,Smitfild, Plantagеnеt, Oq va qizil gul, York, Tauer, Kontеrbеri, adabiy til.

Foydalangan Adabiyotlar:
Arxiv.uz
Referat.uz
Ziyonet.uz
Library.uz
Wikipediya
A.Muhammadjonov,,O’ZBEKISTON TARIXI’’,,G’afur G’ulom nomidagi nashriyot.Toshkent-2004 N.Oblomurodov,A.Xazratqulov,F.Tolipov,N.Tursunov ,,O’zbekiston tarixi’’,,Fan va Texnologiya’’ nashriyoti.2011
Yüklə 87,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin