Kirxgofning 1-qonuni



Yüklə 11,46 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü11,46 Kb.
#158850
  1   2   3
Kirxgofning 1-qonuni-fayllar.org


Kirxgofning 1-qonuni

KIRXGOFNING 1-QONUNI

Kirxgofning 1-qonunida tugunga kiruvchi toklarning algebraik yigʻindisi nolga tengligi aytiladi. Uilli MakAllister tomonidan yaratilgan.


Kirxgofning 1- va 2- qonunlari elektr zanjirlarni tahlil qilishda asosiy qonunlar hisoblanadi. Biz ushbu ikkita qonun va alohida zanjir elementlari (rezistor, kondensator, induktiv gʻaltak)ning tenglamalari bilan zanjirlarni tahlil qilishni boshlashda zarur boʻlgan asosiy qurollar jamlanmasiga ega boʻlamiz.
Ushbu maqolani toʻliq tushunish uchun siz tugun, taqsimlangan tugun, tarmoq va kontur kabi terminlar bilan tanish boʻlishingiz kerak.
Endi quyidagi misollarni ishlash uchun qoʻlingizga ruchka va qog‘oz olishingizga toʻgʻri keladi.
Tugunga kiruvchi toklar
Nazariya haqida gapni boshlashimizdan oldin quyida berilgan misolni oʻzingiz yechishga harakat qilib koʻring. Ushbu sxemada taqsimlangan tugunga kiruvchi va undan chiquvchi toʻrtta tarmoq toklari koʻrsatilgan. Toklar mAmAstart text, m, A, end text – milliamperda berilgan boʻlib, ulardan biri istart color #11accd, i, end color #11accd nomaʼlum.
Kontur kuchlanishi
Quyida toʻrtta rezistor va kuchlanish manbaidan tashkil topgan zanjir berilgan. Biz uni Om qonunidan foydalanib yechamiz. Keyin natijaga qarab mulohaza qilamiz. Masalani yechishdagi birinchi qadam – tok kuchini topish. Keyin esa alohida rezistorlardagi kuchlanishlarni hisoblaymiz.
Keling, endi tezda tekshirib olamiz. Rezistorlar kuchlanishlarini qoʻshib chiqamiz.
2 V+4 V+6 V+8 V=20 V2V+4V+6V+8V=20V2, start text, V, end text, plus, 4, start text, V, end text, plus, 6, start text, V, end text, plus, 8, start text, V, end text, equals, 20, start text, V, end text
Rezistorlardagi kuchlanishlar yig‘indisi manba kuchlanishiga teng boʻladi. Bu bizning hisob-kitoblarimiz toʻgʻri ekanini tasdiqlaydi.
Endi kuchlanishlarni boshqacharoq tartibda, yaʼni kontur boʻylab qoʻshib chiqamiz. Bu yerda hech qanday nazariya yoʻq, biz faqat bir xil hisoblashni boshqacha tartibda bajaryapmiz, xolos.

Yüklə 11,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin