KISLOROD-MASH’ALA PECHIDA ERITISH UCHUN SHIXTANI TAYYORLASH.
Kislorod mash’alli eritish pechi (KMEP) jarayoni, yallig‘ pechga nisbatan, ancha murakkabdir. Agarda yallig‘ pechda deyarlik neytral atmosfera sulfidlarni oksidlantirilmasa, KMEP namunaviy reaksion jarayon, qaysilarda sulfidlar intensiv holatida oksidlanadi.
KMEP da kimyoviy o‘zgarishlar yuqori xarorat va kislorod ta’sirida oqib o‘tadi.
Boyitmada mis oddi va murakkab sulfidlar turida uchraydi: bornit, halkopirit, halkozin va kovellindir. Aylanuvchi changda esa oddiy oksid, sulfat va ferrit holatlarda.
Bornit Su5 FeS4 isitish davrida ajraladi:
2 Cu5 FeS4 = 5Cu2 S + 2FeS + 0,5 S2
Jarayon xavo atmosferasida 800 - 840 0C oralig‘ida oqib o‘tadi.
Xalkopirit 515 - 555 0C oralig‘ida ajraladi:
2Cu 5FeS4 = 5Cu2 S + 2FeS + 0,5 S2
Mis sulfidi (SuS) isitilishida oson ajraladi:
4CuS = 2Cu2 S + S2
Pirit isitilishida ajraladi:
FeS2 = FeS + 0,5 S2
Agarda isitish oksidlantiruvchi atmosferada bo‘lsa temir sulfidi gematit Fe2 O3 va magnetit Fe2O3 larga o‘tadi.
Rux mis boyitmasida sulfid holatida (ZnS) uchraydi, aylanuvchi changda esa - ZnO, ZnSO turlarda. Eritish davrida rux qisman gaz fazasiga o‘tadi, chunki uni kislorod va oltingugurt birikmalari 1300-1400 0C xaroratlarda uchish qobiliyatiga ega. Jarayon maxsulotlari bo‘yicha rux taxminan quyidagiga taqsimlanadi, %: shteynga 3 - 15; changga 15-25; shlakga 62-72.
Agarda mis boyitmasida qo‘rgoshin bo‘lsa, u jarayon maxsulotlari bo‘yicha taqsimlanadi, %: shteynga 24 -25; shlakga 40 - 41; changga 35 - 36.
Ko‘pincha mis boyitmasida kamyob metallar bor. KFP jarayoni davomida kamyob metallar quyidagicha taqsimlanadi, %:
Cd Jn Ge Te Se Te Re
Shteynga 12 20 9 18 38 18 12
Shlakga 8 41 61 22 13 10 10
Chang va gazga 80 39 30 60 49 72 78
KMEP o‘zi bilan yuqori xaroratli oksidlantirish va sulfidlarni eritishni chorlaydi, shuning uchun sulfidlar eritish davrida kuydirishga mos o‘zgarishlarga duch keladi.
Murakkab birikmalarni ajralish jarayonlari keng tarqalganligi, oksidlanishga faqat oddiy sulfidlar yetib keladi deb qabul qilsa bo‘ladi:
FeS + 1,5 O2 = FeO + SO2
3FeS + 5O2 = Fe3O4 + 3SO2
Cu2 S + 1,5O2 = Su2O + SO2
ZnS + 1,5O2 = ZnO + SO2
PbS + 1,5 O = Pb O + SO2
Temir sulfidi vyustit (FeO) va magnetit (FeO)largacha oksidlanishi mumkin. KMEP jarayonini sharoitlari shunaqa-ki, FeS asosan magnetit shaklga oksidlanadi. Jarayonning suyuq mahsulotlarida magnetitni miqdori uni sulfidlar bilan tiklanish reaksiyalarini oqib o‘tishiga bog‘liqdir. Bu reaksiyalarning tez va to‘liq o‘tishi eritmani tarkibi, gaz faza va xaroratning funksiyasidir.
Magnetit sulfidlar bilan quyidagi reaksiyalar bilan o‘zaro bog‘lanadi:
3Fe3O4 + FeS = 10 FeO + SO2
2 Fe3O4 + Su S = 2Su + 6FeO + SO2
3 Fe3O4 + ZnS = ZnO + 9FeO + SO2
2 Fe3O4 + PbS = Pb + 6FeO + SO2
Kremniy dioksidi mavjudligida, magnetit sulfidlar bilan quyidagicha o‘zaro boglanadi:
3 Fe3O4 + FeS + 5SiO2 = 5(2FeO * SiO2 ) + SO2
2 Fe3O4 + Su2S + 3SiO2 = 3(2FeO * SiO2 ) + 2Su + SO2
3 Fe3O4 + ZnS + 4,5 SiO = 4,5 (2FeO * SiO2) + ZnO + SO2
2 Fe3O4 + PbS + 3SiO2 = 3(2FeO * SiO2) + Pb + SO2
KMEP jarayonida magnetitni suyuq mahsulotlardagi tarkibi SO2 ni porsial bosimi, shlak nordonligi va FeS ni shteyndagi miqdoriga bog‘liqdir. Misga boy shteynni olish sulfidlarni chuqur oksidlanishga bog‘liqdir. Bu tadbir esa magnetit shlakdagi miqdorligini oshiradi.
Jarayon mahsulotlarida mis va temirni yuqori miqdorligini hisobga olganda ularni oksid va sulfidlari o‘zaro bog‘lanishlari qiziqish uyg‘otadi:
Su2 S + FeO = FeS + Su2O
Su2 S + 2FeO = 2Su + 2Fe + SO2
Su2 S + 2Su2 O = 6Su + SO2
FeS + 2FeO = 3Fe + SO2
Mis oksidi va sulfidi o‘zaro bog‘lanib metallni paydo bo‘lishi KMEP jarayoni sharoitlariga bog‘liqdir. Shteynda FeS ni borligi Su2O ni sulfid holatiga o‘tkazadi. Demak, KMEP sharoitida (5.20) reaksiyani oqib o‘tishiga imkoniyat yuq.
Flyus tarkibidagi oksidlar jarayon mahsulotlari bilan quyidagi reaksiyalar bo‘yicha o‘zaro bog‘lanadi:
2FeO + SiO2 =2Feo * SiO2
2 Fe 3O4 + 3 SiO2 = 3(2FeO * SiO2 ) + O2
2ZnO + SiO2 = 2ZnO * SiO2
2SaO + SiO2 = 2SaO * SiO2
2MgO + SiO2 = 2MgO * SiO2
KMEP jarayonida oqib o‘tadigan fiziko-kimyoviy o‘zgarishlar natijasida shteyn va shlak paydo bo‘ladi. Asosiy o‘zaro bog‘lanishlar mash’al hajmida oqib o‘tadi, qaerda sulfidlarni oksidlanish natijasida oksid-sulfid eritmasi paydo bo‘ladi. Bunday eritmada oksid-sulfid nisbatligi dastlabki shixtani tarkibi va sulfidlarni kuydirish chuqurligiga bog‘liqdir. Sulfidlarni kuydirish darajasini oshirish va flyuslarni qo‘shishga yuklanishi oksidlarni ko‘payishiga olib keladi.
Oksid - sulfid aralashmasini shteyn va shlakga ajralishi pechni vannasida yakunlanadi. Ajralish eritmalarni har xil fiziko-kimyoviy hususiyatlarga ega bo‘lganlari asosida o‘tadi. Birinchi qatorga bu eritmalarning har xil zichligi va sirt tarangligidir. Shlakning namunaviy tarkibi, %: 0,8 - 1,0 Su; 32 - 35 SiO2; 37 - 40 FeO; 6 - 8 SaO. Shteynni tarkibi, %: 32 - 36 Su; 32 - 36 Fe; 24 - 26 S; 7 - 8 Fe3 O4.
Olmaliq zavodida eritmalar bilan bir sutkada 100 t yaqin magnetit olib chiqiladi. Tiklanmagan magnetit vannada shteyn va shlakga taqsimlanadi va bu jarayon tenglama orqali baholanadi:
K = % Au3 Щ4 shl % Au3 Щ4 sht
Magnetit asosan shlakda yig‘ilib pechdan chiqariladi.
Magnetitni eritmadagi miqdorligini ko‘payishi pechda cho‘kma paydo bo‘lishiga olib keladi. Cho‘kma pechni ishchi hajmida kamaytiradi, kimyoviy reaksiyalarni oqib o‘tishiga halaqit beradi, dastgohni ishlab chiqarish unumdorligini kamaytiradi, shlak bilan misni isrofgarchiligini oshiradi. Magnetitdan paydo bo‘lgan cho‘kmani eritish uchun pechni haroratini oshirib jarayonga qo‘shimcha kremnezem flyusini yuklash kerak.
Zamonaviy pechlarda shixta dastgoxni ikki yonidan joylashgan maxsus teshiklar orqali qo‘llaniladi. Devorni yonida joylashgan shixta uni yuqori xarorat va eritma ta’siridan saqlaydi. Bunday tartibda changni ajratib chiqishi shixtaga nisbatan 1,09 % dan oshmaydi. Agarda shixta tarkibida 14,4 % mis bo‘lsa, chang tarkibida faqat 8,1% bo‘ladi. Shixta pechni yombog‘ida joylashadi. Yombog‘ning burchagi 45-600 bo‘lsa normal hisoblanadi.
Pechga shixtani yuklash tezligi va takrorlanishi uni ishlab chiqarish unumdorligiga bog‘liqdir. Bunday sutkada 1500-2000 shixta qayta ishlaydigan pechlarda, bir yuklaganda 200-250 m shixta yuklanadi. Qoidagiday, zavodda 6 soatli smenada 2-3 marta shixta yuklanadi. Shixtani uzluksiz yuklanishi pechni yaxshiroq ishlashiga olib keladi. Ammo, bunda teshiklardan texnologik gazlarni va issiqlikni chiqib ketishi pechni issiqlik tarkibini o‘zgartiradi va ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Masalan, olmalik zavodida bir smenada 3 marta o‘rishga 4 marta yuklash, ishlab chiqarish unumdorligini 10 % ga pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |