Organik birikmalarning reaksion qobiliyati va selektivligi
1
“Organik moddalarning reaksion qobiliyati va selektivligi” fanining predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Organik kimyodagi dastlabki nazariy tushunchalar. Organik kimyoning rivojlanish bosqichlari. Vitalizm, radikallar, tiplar va boshqa nazariyalar. Organik birikmalarning kimyoviy fazoviy, elektron tuzilish nazariyalari. Organik kimyoda nazariy tushunchalarning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlarning ishlari. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Kimyoviy tuzilish va birikmalardagi izomeriya. Izomeriya hodisasining vujudga kelish sabablari. Izomeriya turlari. Metameriya. Ochiq va yopiq zanjirli birikmalar. Uglerod atomining tuzilishi. Gibridlanish. Oddiy, qo‘sh va uch bog‘ tutgan uglerod birikmalaridagi uglerod atomi elektronlarining gibridlanishi. Gibridlanish va organik birikma xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish. Organik birikmalardagi kimyoviy bog‘ turlari. Ion, kovalent, vodorod bog‘lar. Kovalent bog‘ning turlari: koordinatsion (donor-akseptor) va yarim qutbli kovalent bog‘lar. Birikmalar xossalariga vodorod bog‘ning ta’siri. Kovalent bog‘ning tavsiflari. Bog‘ning uzunligi, fazoda yo‘nalganligi, qutbliligi, qutblanuvchanligi va energiyasi. Kovalent bog‘ nazariyasi. Atom va molekulyar orbitallar. Atomdagi elektronning holati. Kvant sonlar. Kimyoviy bog‘ning hosil bo‘lishi. Valent bog‘lar va molekulyar orbitallar metodlari.
2
Organik birikmalar molekulasidagi atomlarning o‘zaro ta’siri. Organik birikmalarning elektron tuzilishi. Molekulada elektron zichlikning taqsimlanishi. Molekulada atomlarning qutblantiruvchi ta’sirlari va bu ta’sirlarning birikma fizik-kimyoviy xossalarida aks etishi. Induksion ta’sir va uning ishorasi. Induksion ta’sirning o‘ziga xos xususiyatlari. Induksion ta’sirning kuchi va ishorasini aniqlash usullari. Mezomer ta’sir va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Mezomer ta’sirning turlari va ishorasi. Organik birikma molekulasining fazoviy tuzilishi va mezomeriya. Ion va radikallardagi mezomeriya. Mezomer strukturalar. Mezomeriya va reaksiya markazining ko‘chishi. Organik birikmaning elektron tuzilishi bilan xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Organik birikmalar tuzilish nazariyasining zamonaviy ta’rifi.