O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI SAMARQAND VILOYAT BOSHQARMASI PAYARIQ TUMAN FILIALI
141300,Samarqand,Payariq t. Payariq shahri Samarqand ko’chasi,38- uy.Tel.:+99895 560-49-19, e-mail:payariq_t@samkadastr.uz
20___ -yil “____”-______________ _____________-son
Samarqand viloyat prokuraturasi
11.2-boʼlim katta prokurori X.X.Chinikulovga
MА’LUMOTNOMА
Davlat kadastrlar palatasi Payariq tuman filialining “Koʼchmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasida 2023 yil 29 aprel holatida jami 62085 та ko’chmas mulk obyektlari mavjud bo’lib, shundan 59276 ta turar joy obyektlari (48780 ta yakka tartibdagi uy-joy, 1219 xonadon, 9277 ta ochiq yer maydonlari), 2809 ta noturar joy obyektlari (shundan: 1503 ta jismoniy va 1306 ta yuridik shaxslarga tegishli ko’chmas mulk obyektlari) dan iborat.
jami 59276 ta turar joyning 14294 tasi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. qolgan 44982 ta turar joylarning 16073 tasi yer maydoniga huquqiy hujjat mavjud, lekin davlat ro’yxatidan o’tazilmagan.
jami 2809 ta noturar joylarning 2625 tasi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. qolgan 184 ta noturar joy obyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 2 avgust kunidagi oʼtkazilgan videoselektor yig‘ilishining 59-sonli bayoni 10-bandida berilgan topshiriq bo’yicha jami 59276 ta turar joy obyektlarining huquqiy hujjatlari arxiv hujjatlari bilan solishtirilib xatlovdan o‘tkazilganda 17907 tasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi, shundan 16073 tasining yer maydoniga huquqiy xujjat mavjudligi, 386 tasi ochiq yer maydoni (bino va inshoot qurilmagan), 1448 tasida huquqiy hujjat mavjud emasligi aniqlangan.
Davlat kadastrlari palatasi Payariq tumani filialiga 2022 yil davomida kadastr pasporti shakllantirish uchun jami 2869 ta buyurtmalar kelib tushgan, shundan:
2389 ta buyurtma palata tomonidan yakunlangan, 465 ta buyurtma rad qilingan, 15 ta buyurtma to‘lov kutilmoqda jarayonida.
Davlat kadastrlari palatasi Payariq tumani filialiga 2023 yil davomida kadastr pasporti shakllantirish uchun jami 1783 ta buyurtmalar kelib tushgan, shundan:
1401 ta buyurtma palata tomonidan yakunlangan, 124 ta buyurtma to‘lov jarayonida, 23 ta buyurtma jarayonda, 235 ta buyurtma rad qilingan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 2 avgust kunidagi oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishining 59-sonli bayoni 10-bandida berilgan topshiriqdan so‘ng bugunga qadar 982 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ob'ektlarga kadastr pasportlari shakllantirilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Filial boshlig’i: O.G‘aniboyev
Ijrochi: B.Xursanov
tel. 97-913-78-90
Dostları ilə paylaş: |