53
Kitob apparati bilan ishlash.
Komilov Matlatif Erkin o‘g‘li.
Urganch davlat Pedagogika instituti 1-bosqich talabasi
Otayeva Dinora O‘rinboy qizi
Urganch davlat Pedagogika instituti 1- bosqich talabasi.
Annatotsiya:
Ushbu maqolada kitob, kitob apparati, kitob apparati bilan ishlash,
ki tob tayyorlash jarayonlari haqida uning paydo bo‘lish tarixi haqida keng
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Kitob, kitob apparati, Baxmanyor, kitob tarixi, Guttenberg,
nashriyot.
Shunday odamlar ahtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob o’qimoqqa
barobar bo’lsin. Shunday kitoblarni ahtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng
bo’lsin . A. X. Baxmanyor.
Kitob beminnat do‘st, bilim va ma’naviyatimizning yuksalishiga hissa
qo‘shuvchi asosiy manbaa. Necha asrlardan beri sayqallanib, qanchadan -qancha
avlodlarga misoli yo‘lchi yulduzdek yo‘l ko’rsatib kelayotgan mayoq. Insonning
bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo’lishi uchun muhim omillardan biri.
Sir emaski, hozirgi kunda yoshlar vaqtining ko’p qismini ijtimoiy tarmoqlarda turli xil
ko’ngilochar videolar, insonni o’ziga jalb etadigan o’yinlar bilan o’tkazmoqda.
Kutubxonadagi bog’lam-bog’lam kitoblar kutubxona tokchalarida chang bosmoqda.
Biz shuqadar erinchoqmizki, biron joyimizni qashish kerak bo’lsa albatta uni o’zimiz
emas kimgadir qashitgimiz keladi. Qancha sarmoya bilan bunyod bo’lgan
kutubxonalar-u kitoblar ayrimlar uchun hech ahamiyatsiz. Biz bilamizmi bir kitob
tayyorlash uchun qancha vaqt, sarmoya, diqqatlilik, mehnat kerakligini. Bir kitob bizga
yetib kelguniga qadar qancha bosqichni bosib o’tishinichi…
Emishki, kitob bosish g’oyasi muhrlar orqali vujudga keladi. VII-VII asrlarda
yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan.
Takrorlashlar natijasida shakllar bosish uchun xattotlar, nusxa ko’chiruvchilar va
kotiblar o’z ism shariflari yoki muallif ism familiyasini yozish uchun muxrdan
foydalanishgan. Sababi matnni tez yozish imkonli bo’lgan bo’lsa, ramzlar va turli
shakldagi ifodalardan iborat bo’lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga
ko’p vaqt ketgan. Shuning uchun bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan
muxrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa, xattot va nusxa
ko’chiruvchilarga qulay bo’lgan. Katta hajmli qo’lyozmalarni ko’chirishda eng ko’p
uchraydigan so’zlar, tasvirlarni qayta-qayta yozish o’rniga muhr yordamida osongina
bosib ketish ham vaqtni tejardi ham sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa o’yin kartalari
54
va arzon – garov tasviriy ishlanmalar masalan chaqqon bo’lgan ikonalar shuningdek,
xaritalarni tayyorlashda ko’p qo’llanilgan. Bunday gravyuralar avvaliga faqat tasvirdan
iborat bo’lgan. Keyinroq esa bir necha satr matn ham qo’shib bosila boshlangan.
Gravyura bosishdan kitob bosishga o’tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan
edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo’lgan avvaliga taxta
yoki metal doskaga tasvirni o’yib tushirib, u orqali qog’oz yoki matoga tasvirni bosib
chiqarishni yo’lga qo’ygan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo’lda yozib
chiqilgan. Keyinroq doskaning o’zida matnni teskari tartibda o’yib yozib uni ham tasvir
bilan birvarakayiga bosishga o’tishgan. Shu tahlit ish doskada matnning o’zini bezak
va tasvirlarsiz teskari tartibda o’yib ishlash va uni qog’ozga yoki matoga bosishga
yetgan. Bunday yo’sinda bosilgan dastlabki kitoblar hajman kichik bo’lgan. Biz ularni
kichik risola yoki broshyura deb atagan bo’lar edik. Bunday kitoblar haqiqiy qo’lyozma
kitob sotib olishga imkoni yo’q ammo savodli o’rta va quyi ijtimoiy sinflarga
mo’ljallangan. Bunday usulda bosilgan kitoblarning adadi dastlabki matn o’yish va
boshqa tayyorgarlik harajatlari shuningdek, qog’oz va siyoh sarfini qoplaydigan
darajada katta bo’lishi kerak edi. Ma’lumki, matnlarni o’yish sabrli va ko’p vaqt talab
etadigan mashaqqatli ish bo’lgan. Bu ish bilan shug’ullanidigan ustalarda shu jarayonni
tezlashtiradigan hech bo’lmasa yengillashtiradigan fikr yuzaga keladi. Bu g’oyani
germaniyalik Guttenberg amalga oshiradi. Guttenberning bu ixtirosi matbaachilikda,
nafaqat bu sohada balki insoniyat tamadduni tarixida inqilob yasadi desak mubolag’a
bo’lmaydi. Zero u tufayli insoniyatning ming yillar davomida to’plagan bilimlarini
egallash osonlashdi.
Kitobning o’tmishi shunday ekan. Xo’sh bugunichi bugun ham shundaymi.
Bugun bir kitob yuzaga kelishi uchun kitob qaysi mavzuda yoziladigan bo’lsa oldin
mavzuga oid reja tuzish,
Mavzuning dolzarbligi,
Nashriyot va muallif shrtnomasi,
Muxarrirning asar rejasi ustida ishlashi,
Qo’lyozmani muallifdan qabul qilish,
Nashriyot qayd etgan xató va kamchiliklarni to’g’rilash’
Ishni taqrizdan o’tkazishga yuborish yoki muhokamaga qo’yish
Kitobni bezash,
Muharrir va boshqa bo’limlar xodimlarinining hamkorligi,
Kitob tarqatish tizimi,
Kitob savdosi va noshirlik.
55
Bitta kitobning yuzaga kelishi mana shunday bosqichlarni bosib o’tyapti. Bizdan
talab etilayotgan narsa faqat shu kitoblarni bir bor varaqlab o’z bilim saviyamizni yana
bir bor yuqori pog’onaga ko’tarish. Shunday odamlar bor ular bilan suhbatdan keyin
itlarning peshonasidan o’pging, echkiga hurmat izhor etging, sherga ta’zim qilging
keladi. Bu albatta suhbat qurgan insonning bilim saviyasiga bog’liq. Mashhur turk
adiblaridan biri Mustafo Mahmud Kitob o’qish menga vaqtni o’ldirish vositasi edi.
Oxiri borib u vaqtni tiriltira boshlanadi degan so’zlarida naqadar haq edi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bir kitobning yuzaga kelishi juda
murakkab. Biz kitobning ichiga kirib o’zimiz bilmagan dunyo ilm ahli bilan birga
bo’lamiz. Shunday ekan biz sizga deymizki, ilm ahlidan bo’ling. Chunki kitob-tafakkur
qanotidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Z. T.Tahirov. Tafakkur bo’stoni 2015
Internet saytlari
1.Fayllar.org.
2.uz. stendstroy.ru.
Dostları ilə paylaş: |