Kitobim – oftobim“ tadbbir senariysi.
1-Boshlovchi: Assalom,elimning shaydolariga,
Assalom kitobning shaydolariga,
Assalom,onadek tilni qutlovchi,
Assalom,bilimning shaydolariga!
2 –boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz tengdoshlar tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonlar. Sizga hurmat, sizga ehtirom
. 1-boshlovchi: Barchangiz bugungi ‘’Kitobim-oftobim’’ deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: Kitobdan yaxshiroq do`st yo`q dunyoda G`amxo`ring bo`lgay g`amli zamonda U bilan qol tanho, hech bermas zamonda Joningga yuz rohat beradi takror. 1-boshlovchi: 21 asrda axborot tehnologiya taraqqiy etdi, endi birovning kitob mutoala qilishi amrimahol, degan qarashlar paydo boldi. Bu holat ko`pchilik adabiyotshunoslarni ham o`ylantirib qo`ydi. Uzoq baxs munozaralardan keyin ‘’Har qanday aqlni shoshiltiradigan kashfiyot kitob mutolaasiga to`sqinlik qila olmaydi. Aksincha, o`zgartirishlarning sir-sanotini anglashda kitob asqotadi’’ degan qat`iiy qarorga kelishdi.
2-boshlovchi:Kitob nafaqat ziyo mashalalarini yorituvchi nur, balki insonlarni kamolot sari yetaklovchi muhim ma`naviy xazina hamdir. U insonga ma`naviy ozuqa beribgina qolmay uning tafakkurini boyitadi, kelajakka aniq maqsad bilan odimlashda mustahkam pilla-poya vazifasini bajaradi. Shu boisdan kitob insonning eng yaqin do`sti hisoblanadi.
1-Boshlovchi:Darvoqe kitob qachondan paydobo`lgan
1-o`quvchi: Bundan ko`p yillar oldin kitob turli ko`rinishda paydo bo`lgan.Uavval loydan yasalgan.Keyinchalik hayvonlar terisiga mum surtilgan taxtachalarga yozib tayyorlangan.
2-o`quvchi :Xitoyda esa dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan.Keyinchalik ular o`zkitoblarini mo`yqalam va tushbilan yozishgan.Milodiy 2 – asrdan boshlab qog`ozga yozishgan.
3- o`quvchi:Kitoblarning hajmi,shakli turlicha bo`lgan.Balandligi 1,5 metrdan oshadigan , shuningdek mittikitoblar ham yaratilgan.Ayrimlari gugurt qutisidek,hatto undan ham ixchamlari bo`lgan.
4- o`quvchi:Qadimgi Misr,Rim,Yuninistonda bo`lgani kabi