ensiklopediyasi bo`lib, u 1200 jilddan iborat.
6.
Ensiklopediya (yunon. ἐγκύκλιος παιδεία - barcha bilimlar doirasida taʼlim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir. Oʻzida barcha (universal ensiklopediya) yoki baʼzi (soha ensiklopediyasi) sohalar boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi.
Londondagi birinchi xalq kutubxonasining asoschisi Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo`llangan.Qonunga ko`ra 7 yil qamoqqa hukm qilingan.
7.Markaziy Osiyo xalqlari kitobni qadim – qadimdan e`zozlab kelganlar.Ushbu hududdagi dastlabki kutubxona eramizning II- asrida Xorazmda faoliyat ko`rsatgan.
Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
Xorazm, Qadimgi Xorazm - Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan.
2 – boshlovchi: Aziz o`quvchilar!Ko`rdingizmi, yer yuzidagi ko`plab insonlar kitobnisevib, o`zlariga yaqindo`st bilib , e`zozlar ekanlar.Shunday ekan,siz ham bilimlar xazinasi bo`lgan kitobga mehrqo`ying,uni asrab – avaylang. Boshlovchilar:Hurmatli o`quvchilar,yuqoridagi fikrlarni tinglab, sizning kitobga bo`lgan mehringiz yanada oshadi.,degan fikrdamiz.Shu narsaga doim amal qiling.O`qib -o`rganayotgan kitoblarimizni ko`z qorachig`idek asrab - avaylab saqlaylik.Bu kitoblardan kelajak avlod ham foydalansinlar. O’quvchi: Ey, o’g’il xurshidi raxmondir kitob
Eng aziz do’stu, qadrdondir kitob.
Ilmu hikmat, ham fasohat gavharin,
Bag’riga jo aylagan kondir kitob.
O’quvchi: Ma’rifat bog’in baland darvozasi,
Xasta ko’ngillarga darmondur kitob
To hayotsan, Nosiro sayr aylakim
Bo’y taratgan turfa bo’stondur kitob.
O’quvchi: Aylasa nafsu- havo hayli hujum
Asraguvchi qo’lda qalqondur kitob
Qay manzilni gar ko’zlar ersang
Rahnamodur, qo’lda sarbondur kitob.
O’quvchi: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda
G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda
U bilan qol tanho,hech bermas ozor
Joninga yuz rohat bergusi takror
O’quvchi: Kitob yaqin do’st bo’lar
Sahifasin silasang
Varaqlarin yirtmasdan
Yaxshiliklar tilasang.
O’quvchi: Aqlinga aql qo’shar
O’qib zuvalang pishar
Poylaringa poyandoz
Yo’llaringa nur tushar
O’quvchi: U shundayin bebaho
Qadrini bilgan daho
Do’st asrasang kitobni
Hadya qilar oftobni.
O’quvchi: Bilib qo’ying do’stlarim,
Kitobdir misli chiroq
Qalbingizni yoritar
Bo’lgan sari yaqinroq
O’quvchi: Men kitobman oftobman
Aql hamda idrokman
Kimki mani asrasa
Manguga men hamrohman
Javonimda tizilib
Turar qator kitoblar
Alifbey-u ertaklar
Arifmetik hisoblar.
O’quvchi: Ularni qo’lga olsam
Zerikmasman sira ham
Bilim olib kitobdan
Hech kimdan bo’lmayman kam
“BU KITOBDIR”
O’quvchi: Hayotimiz oynasi
Bilimlarning oynasi
Buyumlar durdonasi
Bu kitobdir, bu kitob.
O’quvchi: Aks etgan yeru osmon
O’tmish kelajak zamon
Unda she’r etak doston
Har savolga bor javob
Bu kitobdir, bu kitob
O’quvchi: Hech tuganmas xazina
Har bir varag’I zina
Onaday issiq oyna
Saxiylikda hamma bop
Bu kitobdir, bu kitob
O’quvchi: Mazmunlari xilma-xil
Aqlinga qo’shgan aql
Do’stimdir juda ahil
Fan yo’lida nur oftob
Bu kitobdir , bu kitob.
O’quvchi: Bilimlar konisan
Ham aql sultonisan
Mening nurli oftobim
Mazmunga kon kitobim.
O’quvchiMening yaqin o’rtog’im
Hech tugamas bulog’im
Kelajakning oftobi
O’zingdirsan kitobim.
“Doirangni chal”, “Qizlarjon” raqslari.
2-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Assalom, ustozlar, mehri-ziyolar .
Sizga ham mehmonlar dildan ehtirom
Hamma: Qo’limiz ko’ksimizda salom-assalom.
1-boshlovchi: Ha , azizlar kitob eng qimmatbaho boylik, uni hech qachon iflos qilmang, yirtmang. Maktab
kutubxona fondini boyitish masadida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilaylik, har kim ushbu xazinani boyitish uchun o’z hissasini qo’shsa kelajak avlod ushbu xazinadan bahramad bo’lg’usidir.
2-boshlovchi: Hurmatli ota-onalar, muhtaram tarbiyachilar, farzandingizga xoh tug’ilgan kuni, xoh boshqa bayram bo’lsin kitob sovg’a qilishni kanda qilmang. Shuning bilan,, Maktabim -qutlug’ makonim , kitobim oftobim ‘’deb nomlangan xayriya tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Ammo ma’naviyat xazinasi hisoblanmish kitoblar anjumani davom etadi. Xayr, sog’ bo’ling.
Dostları ilə paylaş: |