Klassifikatsiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix03.02.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#82595
  1   2   3   4   5
innovatsion-faoliyat-turlari-yo-nalishlari-va-klassifikatsiyasi



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 

INNOVATSION FAOLIYAT TURLARI, YO’NALISHLARI VA 
KLASSIFIKATSIYASI 
 
Sh.R.Ro'ziyev 
iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori, Qo'qon universiteti 
M.D.To'ranazarova 
Qo'qon DPI magistranti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7216638
 
Annotatsiya: Maqolada innovatsiya tushunchasi, uning paydo bo’lishi, 
innovatsiyaning turlari va tasniflanishi bo’yicha so’z yuritilgan. 
Kalit so’zlar: innovatsiya, innovatsion faoliyat, yangilik, ixtiro, ilm-fan, 
kombinatsiya, tasnif. 
Аннотация: В статье рассматривается понятие инновации, ее возник-
новение, виды и классификация инноваций. 
Ключевые слова: инновации, инновационная деятельность, новизна, 
изобретение, наука, сочетание, классификация. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish 
bosqichiga kirganligini eʼtirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk 
kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion gʻoyalar asosida boshlashimiz kerak. 
Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yoʻliga oʻtishimiz bejiz emas. Chunki 
zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, 
yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”[1]. 
Yangilanayotgan Oʻzbekistonda barcha jabhalarda yangilik, izlanish va 
yangicha fikrlar va zamon talablariga mos ravishda faoliyat olib borish eng muhim 
masaladir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu 
davrda yangi fikr, yangi g’oya va albatta innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyulda “Innovatsion faoliyat 
toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish 
borasidagi muhim qadam boʻldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni 
yanada jadallashtiruvchi yangi gʻoya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish 
hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab 
benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.Qonunda ifodalangan taʼrifga, koʻra 
innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun 
foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni 
taʼminlaydigan yangi ishlanma. Innovatsion faoliyat esa, yangi ishlanmalarni tashkil 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin