Kognitiv tilshunoslikda konsept va tushunchaning farqli tomonlari



Yüklə 62,5 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#95926
3.2 KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA KONSEPT VA TUSHUNCHANING FARQLI TOMONLARI


KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA KONSEPT VA TUSHUNCHANING FARQLI TOMONLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning yuzaga kelish manbalari, shakllanish bosqichlari, o„ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Konseptlar lingvokulturologiyaning asosiy tushunchasi sifatida o„rganilgan u orqali olam lisoniy manzarasining asosiy birliklari talqin qilingan. Shuningdek, konsept va tushunchaning farqli tomonlari bir qancha kognitiv tilshunoslik bilan shug„ullangan olimlar ishlari misolida taqqoslangan. Konsept hisoblangan lug„aviy birliklar miqdori, borliqning madaniyat uchun dolzarb va ahamiyatli bo„lgan, o„z ifodasi uchun katta miqdordagi til birliklariga ega, maqol va matal, nazmiy va nasriy matnlar mazmunlaridan iborat hodisalarni o„zida mujassam etgan konsept tahlilga tortilgan. Konsept xususidagi turli ta‟rif va qarashlar qiyosan o„rganib chiqilgan olimlarning asarlaridan namunalar keltirib o„tilgan. Konsept va tushuncha o„rtasidagi farqli jihatlar sanab o„tilgan. Insonning butun bilim faoliyatini uning bu olamda o„z o„rnini aniqlay bilish ko„nikmasini rivojlantiruvchi aqliy hodisa sifatida o„rganish mumkin. Bu faoliyat esa obyektlarni o„xshatish va farqlash zaruriyatini qondirish bilan bog„liq: konseptlar bu xil ishlarni bajarish maqsadida yuzaga kelgan. Hozir tilshunoslikda konsept tushunchasiga yondashuvning umumiy holatga asoslanadigan uch asosiy yo„nalishini ko„rsatish mumkin: konsept tushunchasi ifodalovchi birlik, ma‟noning sinonimi. Birinchi yondashuv (vakili Yu.S.Stepanov) konseptni o„rganishda asosiy e‟tibor kulturologik aspektga qaratadi. Chunki bunda butun madaniyat konseptlari va ular orasidagi munosabatlarning majmui sifatida tushuniladi. Binobarin, konsept – inson idrokiy olamidagi madaniyatning asosiy bo„g„ini. U konseptlarni Yevropa madaniyatining tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi. Konseptlar jamoaviy lisoniy ongda markaziy o„rin tutadi va shuning uchun ularni o„rganish behad muammoga aylanadi. V.N.Teliya ham «konsept – bu biz o„zining ekstensiv holatida olingan obyekt haqida bilgan narsalarimiz, deb hisoblaydi. «Konsept» terminini bunday tushunish tilning rolini ikkinchi qatorga surib yuboradi. Aslida u yordamchi vosita – konsept madaniyati qaymog„ining tillanish (tilga o„tish) shaklidir. Konseptni tushunishga bo„lgan ikkinchi yondashuv lisoniy belgi ma‟nosini konsept mazmunini shakllantirishning yagona vositasi sifatida talqin qiladi. Shunga yaqin fikrni N.F.Alefirenko ham bildirgan. U ham konseptga nisbatan semantik yondashuv ma‟qul ekanligini ta‟kidlaydi va uni kognitiv semantikaning birligi sifatida tushunadi. Uchinchi yondashuv tarafdorlari D.S.Lixachev, Ye.S.Kubryakova va boshqalar. Ularning fikricha, konsept bevosita so„z ma‟nosi asosida paydo bo„lmaydi, balki so„z ma‟nosining inson shaxsiy va hayotiy tajribasi bilan to„qnashuvi hosilasidir, ya‟ni konsept so„zlar bilan borliq orasidagi vositadir. Kognitiv tilshunoslikda konseptning tabiatini o„rganishga birlamchi vazifa sifatida qaraladi. Konsept tabiatini tushunishga bo„lgan har qanday harakat butun boshli oraliq tushuncha va terminlarning mavjudligini e‟tirof etishga olib keladi. Intensivlikning konseptualizatsiyalashuvi til jarayoni bo„lib, unda til birliklari ma‟no jihatdan qayta ishlanadi. Intensifikator ham so„zga nisabatan qo„llanadi, natijada o„sha so„zning konseptiga aloqador bo„ladi. Konseptlar xalqning ongida jamoa merosi sifatida uning ma‟naviy mulki madaniyati sifatida namoyon bo„ladi. aynan jamoa ongi konseptning yashovchanligini ta‟minlovchi muhim vositalardan biri sanaladi. Konsept va tushuncha orasida qat‟iy chegara yo„q. Muayyan sharoitlarda tushuncha konseptga o„tishi mumkin. Masalan, M.Svetayevada rus tilining aksariyat sohiblari ongida tushuncha sifatida mavjud bo„lgan lesnitsa (zinapoya) konsepti uchraydi. Odatda, konsept terminini «ma‟no» termini bilan ma‟nodosh hisoblashib, u konsept termini bilan tushuncha mazmunini ifodalaydi. «Tushuncha» terminining sinonimi esa «mazmun» terminidir, ya‟ni so„zning ma‟nosi bu mazkur til me‟yorlariga muvofiq tarzda, predmet yoki predmetlar, konsept esa – so„zning mazmuni. Oddiy tushuncha va konsept oʻzining farqli hamda oʻxshash tomonlariga ega. Tushuncha moddiy borliqdagi narsa-hodisalarning eng muhim belgilarini ifodalasa, konsept ularning yuzaki (o„ta muhim bo„lmagan tomonlarini ham ifodalay oladi. Tushuncha so„z orqali ifodalanadi. Lekin tushuncha va so„z aynan bir narsa emas. Tushuncha biror bir sinfga kiruvchi predmetlarni umumlashtirish va bu predmetning umumiy va farqlovchi belgilari majmuasi asosida shakllanadi. Bir umumiy tushuncha turli tillarda turli so„zlar orqali ifodalanadi. Masalan, ingliz tilida water, nemis tilida wasser, o„zbek tilida suv, rus tilida вода kabi. Ushbu misollar so„z ma‟nosi va tushunchaning bir-biri bilan zich aloqada ekanligini ko„rsatadi. Shu sabali turli millatlar tillaridagi so„zlar o„z ma‟nosiga ko„ra birbiriga qisman yoki aynan mos kelishi mumkin. Shuningdek, so„z tushunchaning ifodalovchisi hisoblanadi va shu asosda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish imkoniyati tug„iladi. Ba‟zi olimlar tushuncha va so„z ma‟nosining bir biriga mos kelishini ta‟kidlaydilar, hamda shu asosda tushuncha va so„z ma‟nosini mohiyatan bir narsa deb qaraydilar. Bu masala munozaraligicha qolmoqda. Tushuncha va so„z ma‟nosining birligi nimada ko„rinadi degan savol tug„ilishi mumkin. Har ikkalasi ham bir xil predmet yoki hodisani ifodalaydi, umumlashtiradi. Bu tarzda ularni bir-biridan ajratib bo„lmaydi. Tushuncha so„z va uning ma‟nosisiz mavjud bo„lmaydi va aksincha so„z tushunchaning, fikrning ifodalovchisi hisoblanadi. So„z ma‟nosi til kategoriyasi, tushuncha esa tafakkur kategoriyasi bo„lganligi sababli ular bir-biridan farq qiladi. «Konsept lug„aviy ma‟noga qaraganda juda keng» (Карасик 1996,6) konsept so„z nisbatiga doir S.A.Askoldov tomonidan aytilgan fikr ana shunday (Askoldov 1997, 270, 275). Ma‟lumki tafakkur qonunlari obyektiv olam bilan bog„liq. Tushuncha mazmuni millatga bog„liq emas. U umuminsoniy xarakterga ega. Shuning uchun ham turli millat vakillari birbirlarini oson tushunadi, fikr almasha oladi. So„z esa milly xarakterga ega bo„lib, mazkur xalq tilining o„ziga xos qonun-qoidalari asosida shakllanadi. Shu bois ham bir so„zning ma‟nosi boshqa tildagi so„z ma‟nosi bilan har doim ham mos kelavermaydi. B.Ismoilov o„z tadqiqotida rus tilidagi “стол”tushunchasi ingliz va rus kishisi uchun bir xil bo„lsa-da, uni leksik ma‟nosiga ko„ra ingliz tilidagi “table” so„zi bilan bir xil ma‟noda qo„llab bo„lmasligini to„g„ri ta‟kidlaydi. Mantiqiy faoliyat hosilasi bo„lgan “tushuncha” va kognitiv tilshunoslikda keng miqyosda qo„llanilayotgan “konsept” atamalarini bir xil mazmunda qo„llash mumkinmi? So„zsiz bu ikkala hodisa ham tafakkur birligi sifatida namoyon bo„ladi. Bularning ikkalasini ham boshlang„ich nuqtasi voqelikdagi predmet – hodisaning his qilinishi va obrazli tasavvur qilinishi bilan bog„liq. Paydo bo„lgan hissiy obraz dastlab har bir shaxsda alohida, individual ko„rinishda namoyon bo„ladi. Masalan “gul” bir kishi uchun “atirgul” bo„lsa, boshqasi uchun “rayhon”, yana biri uchun “lola”. Hissiyot va tafakkur faoliyatining yuqori bosqichlarida individual obraz aniq predmetdan aniq uzoqlashib boradi va asl mantiqiy (aqliy) hodisaga aylanadi. Konsept ham tafakkur birligi va uning asosida tushuncha, obraz va lisoniy ma‟no umumlashmasi yotadi. Konseptning shakllanishi individual obraz tug„ilishidan boshlanib, lisoniy birlikning paydo bo„lishi bilan tugaydi. Taniqli faylasuf va psixolog Jerri Fodor voqelikning ongda inikos etish va bu inikosning tafakkurda “qayta ishlanish” jarayonini o„rganayotib, bu jarayonni “tafakkur lisoni”ga o„xshatadi. Chunki. Har qanday mantiqiy tasavvur harakatning ma‟lum ko„rinishidagi strukturasiga ega bo„ladi, hamda bu struktura tabiiy til birligining sintaktik shakli takroriga ishonadi. Konsept – mental tuzilma bo„lib, u turli tarkibdagi va ko„rinishdagi bilimlar kvanti yoki umumlashmasidir. Konseptlar inson ongida shakllanadigan turli kategoriyalarning asosini tashkil qiladi, bular uchun tayanch nuqta bo„lib xizmat qiladi. Odatda, konseptning umumiy xususiyatlari sifatida uning ichki tuzilish jihatidan aniq ko„rinishga ega emasligi qayd qilinadi, biroq bu fikr unchalik haqiqatga yaqin emas. Zero, konseptning asosini tashkil qiluvchi predmed obrazi yetarlicha aniq va ikkilamchi o„rinni egallagan bo„laklari mavhumlikka ega bo„lish bilan birgalikda, ular yagona negiz (yadroviy asos) atrofida o„zaro munosabatga kirishib birikadilar. Shu sababli konsept tarkibining tizimiy xarakteriga ega ekanligini e‟tirof etish ma‟quldir. Uning tizimiy xususiyatlari tuzilish jihatidan murakkab tartibli bo„lishida va bir butun mental tuzilma sifatida idrok qilinishida namoyon bo„ladi. Konseptlarga tushunarli so„zlarning ma‟nosiga mos (соотносителные) tushunchalar sifatida qarash, ehtimol, to„g„ri bo„lar (Соломник 1992, 16) unda konsept so„z ma‟nosiga aylanadi (Кубрякова 1991, 4-21). Shunga ko„ra, A. Vensbiskayaning ma‟nolar ma‟lum ma‟noda tilga bog„liq emas, degan fikriga qo„shilish qiyin. Garchi fanda ma‟noni tilshunoslik doirasidan nari surgan va uni mohiyatan g„ayrilisoniy kategoriya, tafakkurga xos funksiyalardan biri, ya‟ni sof mantiqiy hodisa sifatida qaragan bo„lsa ham. Boshqa farqlar ham bor: tushuncha muhim va zarur belgilarni, konsept esa – muhim bo„lmagan belgilarni ham ifodalayveradi (Степанов, Проскурин 1993, 16). Konseptlarga qaraganda, tushunchalar soddaroq tuzilishga (strukturaga) ega: tushunchalar tuzilishida mazmun yetakchi va unda konseptdagi barcha tarkibiy qismlar bo„lavermaydi. Predmet va hodisalarning ongli idrok etilishi va ularning tasavvurda obraz hosil bo„lish yo„li bilan jamlanadigan bilim turlicha shakllanadi va har xil xarakterga ega bo„ladi. Bu bevosita turli guruhdagi va tuzilishidagi konseptlar shakllanishiga sabab bo„ladi. Konseptlarning guruhlanishida ularning lisoniy ifodalanish uslublariga tayaniladi. Tadqiqotchilar leksik va frazeologik konseptlar bilan bir qatorda, grammatik (aniqrog„i, sintaktik) konseptlar guruhlarini ham ajratishni taklif qilishmoqda (Babushkin 1996; Voloxina, Popova 1999; Langacker 1978). Har qanday holda ham egallangan bilimning shakllanishi va tizimlashtirilishning asosiy vositasi til tizimidir. Tafakkur birligi va mental hodisa sifatida yuzaga keladigan konseptning lisoniy voqelanishi ham nutqiy tafakkur faoliyati natijasidir. Mental tizilma – konseptning lisoniy belgiga o„tish jarayoni qanday kechish masalasi bahsli mavzudir. Dastlabki o„rinda konseptning lisoniy modellashuvi ong va til tizimi o„rtasidagi hamkorlikning mahsuli ekanligini unutmaslik kerak. Oldin aytilganidek, konsept shakllanishining boshlang„ich nuqtasi voqelik bo„lagi (predmet) haqidagi tasavvur – obrazning yuzaga kelishidir. Bu obraz oddiy sxema yoki shakl bo„lib qolmasdan balki mazmunli hodisadir. Boshqacha aytganda, sub‟yekt obrazning oddiy shaklini ko„rmaydi yoki uning mazmunini idrok qilmaydi, u mazmunli obrazni idrok etadi. Xuddi shu mazmunli obraz lisoniy belgiga aylanadi va bu belgi ma‟nosining o„zagini tashkil qiladi. Lekin voqelik – ong – lisoniy belgi o„rtasidagi bunday uzviylikni oddiy takrorlash ko„rinishida talqin etmaslik kerak. Chunki ong voqelikni lisoniy belgi vositasida oddiygina aks ettirmaydi, balki sub‟yekt uchun muhim bo„lgan belgi – xususiyatlarini ajratadi hamda ular asosida idrok etilayotgan ob‟yekt (predmet, hodisa) ning namunaviy modelini yaratadi. Ongning bu turdagi analitik – tahliliy faoliyati amalga oshishida lisoniy belgilarning roli alohida e‟tiborga loyiq. Konseptning lisoniy modellashuv jarayoni yana bir muhim mental bosqichni bosib o„tadi. Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan in‟ikosi – obrazning mantiqiy “qayta ishlanishi” natijasida hosil bo„lgan konsept lisoniy “libos” olishdan oldin ushbu “libos” ning tasavvurdagi aksi – model yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo bo„lgan zahotiyoq uni amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda “so„zsiz” model nolisoniy yoki “botiniy nutq” jarayonida yuzaga keladi. Botiniy nutqning yuzaga kelish muammosi bilan shug„ullangan psixolog va psixolingvistlar ushbu hodisani turlicha talqin qilib kelishmoqda. Ulardan ayrimlari botiniy nutqni oddiygina qilib, o„z-o„ziga gapirish bilan tenglashtirsalar, boshqalari uni alohida tashqi (zohiriy) nutqdan butunlay farq qiluvchi hodisa sifatida ta‟riflaydilar. Biroq, eng muhimi, botiniy nutq zohiriy nutqning asosini, negizini tashkil qilishini olimlar e‟tirof etib kelishmoqda. Darhaqiqat, nutqiy faoliyat ijro (talaffuz) va eshitish (mazmun,idrok) bosqichlaridan tashqari yana bir bosqichni o„z ichiga oladi. Bu tashqi yoki zohiriy nutqni rejalashtirish bilan bog„liq yashirin jarayondir. A.R.Luriya aytganidek, bo„lg„usi nutqiy hatakat niyat va rejadan boshlanadi va ushbu reja nutqiy faoliyatning “ichki harakatchan sxemasi” vazifasini o„taydi. Ichki sxema o„ziga xos dasturlash xizmatini o„tab, lisoniy nomlanish lozim bo„lgan konseptning mundarijasida mujassamlangan asosiy mazmuniy xususiyatlarni aks ettirmog„idarkor. Botiniy nutq konseptning lisoniy voqelanishini ta‟minlovchi jarayondir. Ushbu jarayonda bo„lg„usi lisoniy birlikning tuzilishi va mundarijasi shakllanadi. Botiniy nutq jarayonida konsept, birinchidan, ma‟lum mazmun shaklini olsa, ikkinchidan, lisoniy belgi tanlovi bosqichiga tayyorgarlik ko„radi. Xuddi shu hozirlik lisoniy modellashuvdan oldingi harakatlar vositasida nominativ birlikning denotativ asosini mazmunan boyitadi. Bu bilan lisoniy tanlov imkoniyati ham kengayadi. Lisoniy tanlov esa alohida ko„rinishdagi lisoniy tafakkur faoliyati natijasidir. Bu faoliyatning ko„chishi til o„zlashtirish va nutqiy qobiliyat hosil bo„lish jarayonlariga mos ravishda kechadi. Ma‟lumki, inson til va moddiy olamni bir xil uslubda hamda birxil yo„nalishda o„zlashtiradi. Moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet – hodisalar haqida tushuncha tug„ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna – konsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishni taqozo qiladi. Bu xildagi ko„p bosqichli linvopsixik faoliyatning natijali (natija muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo„lishidan qat‟iy nazar) kechishida asosiy rolni lisoniy xotira o„ynaydi. Konseptning lisoniy voqelanish jarayoni uning tabiati va uni harakatga keltiruvchi mexanizmlar haqida gapirayotib, N.Xomskiyning nutqiy faoliyat va lisoniy ijodni ta‟minlovchi botiniy va zohiriy strukturalari haqidagi fikrini yana bir karra eslamaslikning iloji yo„q. Ushbu g„oya botiniy strukturaning zohiriy tuzilmaga o„tishini faqatgina formal jihatdan tahlil qilinishiga yo„l qo„yilganligi va natijada shakl mazmun (semantika)dan ustun bo„lib qolganligi ayblovi bilan uzluksiz tanqidga uchrab qolayotganiga qaramasdan, kognitiv tilshinoslik uchun ancha muhimdir. Tilshunos uchun eng muhimi tafakkur birligi bo„lgan konseptning tilda (aniqrog„i nutqda) aks etishini ta‟minlovchi strukturalar, harakatlar, qoidalarni aniqlashdir. Xulosa qilib aytganda, konsept inson aqliy dunyosidagi madaniyatning asosiy yacheykasidir. Konseptlar inson ongida nafaqat so„zning lug„aviy ma‟nolari asosida, balki shaxs hamda butun bir xalqning madaniy-tarixiy tajribasidan kelib chiqib paydo bo„ladi. Tajriba qancha boy bo„lsa, konseptning chegarasi shunchalik keng bo„ladi. Aynan shunday holatda konsept o„zini har tomonlama namoyon eta oladi. Zotan, konsept dunyoni bilish va u haqda o„z tasavvuriga ega bo„lish demakdir.
Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin