Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash



Yüklə 29,69 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,69 Kb.
#209606
  1   2   3
Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash


Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash


Reja:



  1. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari.

  2. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar jazoni o‘tash tartibi va shartlari.

  3. Mazil koloniyalardagi mahkumlarning mehnati,ta’limi



Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash tushunchasi va asoslari. manzil koloniyada jazoni o‘tash shartlari. Mahkumlarning huquqiy holatlari va imtiyozlari. Manzil koloniyalarida mahkumlarinng mehnati, ta’limi. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi va shartlari. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar sharoitini yengillashtirish tartibi va asoslari. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi va shartlari. Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar sharoitini yengillashtirish tartibi va asoslari. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi va shartlari. Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar sharoitini yengillashtirish tartibi va asoslari. Turmalarda jazoni o‘tash tartibi va shartlari. Turmalarda mahkumlar sharoitini yengillashtirish tartibi va asoslari. Tarbiya koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi va shartlari. Tarbiya koloniyalarda voyaga yetmagan mahkumlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish, ularga nisbatan inizomiy jazo choralarini qo‘llash shartlari. Hibsxonaga kiritish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llashning xususiyatlari. O‘n sakkizga to‘lgan mahkumlarni tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tashni davom ettirish uchun qoldirish tartibi va shartlari. Mahkumlarni tarbiya koloniyalaridan jazoni ijro etish koloniyalariga o‘tkazish. Ayrim toifadagi mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash xususiyatlari. Homilador ayollar va yosh bolasi bor ayollar uchun qo‘shimcha huquq va imtiyoz berish shartlari va tartibi. Mahkuma ayollarning voyaga yetmgan bolalari bilan uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish tartibi. Mahkuma ayollarning muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi va buning bekor bo‘lish asoslari. Bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari huzuridagi bolalar uyiga joylashtirish. Bolani onaning roziligi bilan qarindoshlarga yoki boshqa shaxslarga berish yohud bolalar uyiga o‘tkazish shartlari. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqish tartibi va asoslari.

Ma’lumki, Jinoyat Kodeksining 50-moddasi va Jinoyat-ijroiya kodeksining 45-moddasida jazoni ijro etish koloniyalarining 4 turi kursatilgan. Bular:


-manzil-koloniyalari;
-umumiy koloniyalar;
-qattiq tartibli koloniyalar;
-maxsus tartibli koloniyalar;

O‘zbekiston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalari bo‘lib, mazkur muassasalar o‘zlariga xos bo‘lgan ichki tartib qoidalarga ega bo‘lib hisoblanadi.


2001 yil 18 iyundan e’tiboran kuchga kirgan, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 298-sonli buyrug‘iga asosan, barcha jazoni ijro etish koloniyalari ikki xil shaklga ega bo‘lib, ular:
-mahkumlar qo‘riqlov va nazorat ostida saqlanadigan yopiq turdagi(umumiy, qattiq va maxsus tartibli);
-mahkumlar soqchisiz,ammo nazorat ostida saqlanadigan yarim ochiq turdagi (manzil-koloniyalar)dan iborat.
Bundan tashqari, mahkumlarning ijtimoiy xavfliligi, jinoyatlariing ogirligi va ogir jazo tayinlanganligi takdirda ularni jazoning muayyan qismini turmada utkazishlikka yuborilishi belgilanadi. Turma kamog‘i uziga xos xususiyatga ega bo‘lib, mahkumlarning ijtimoiy xavfliligi, jinoyatlarning ogirligi vaogir jazo tayinlanganligi takdirda ularni jazoning muayyan qismini turmada utkazishlikka yuborilishi belgilangan. Turma kamog‘i koloniyadan farq kilib, erkaklar alohida, ayollar alohida saqlanadi, shuningdek, turma kamog‘ida mahkumlar faqat alohida-alohida kameralarda saklanishligini inobatga olgan xolda erkaklar xam,ayollar xam bitta turmada saklanishi mumkin. Albatta, tarbiya koloniyalarida xam mahkumlarni yengillashtirilgan imtiyozli va oddiy sharoitlar mavjud. Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etilganida ularni tarbiya koloniyalari bilan voyaga yetganlarning koloniyalardagi sharoitlari bir-biridan farq kiladi. Albatta, voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyalarda sharoitning yengillashtirilganligini kurish mumkin. Mahkumning axloqan tuzalganligi, koloniya mexntiga urganganligi yoki voyaga yetmaganlarning voyaga yetganligi munosabati bilan boshqa koloniyaga yoki boshqa jazo turi bilan almashtirilishiga koloniyalarda yul kuyiladi. Shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarini 3-turga bulish mumkin:

  1. jazoni ijro etish koloniyalari;

  2. turmalar;

  3. tarbiya koloniyalari.

Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash bilan bog‘liq qonun-kodalar 60-90 yillar boshlarida Axloq tuzatish qoidalariga tayanadi.Bu xil qoidalarga mahkumlarni kanday tipdagi kameralarga joylashtirish va o‘zgartirish kursatilgan.
Qoidalarda shu xildagi tartiblarning urnatilishi va joylashtirilishi bilan bog‘liq tartiblar tarixiga e’tibor karatadigan bulsak, koloniya va turmalarda jazoni o‘tash normalari 60-90 yillarda 1961 yilda kabul qilingan Axloq tuzatish hujjati bo‘yicha amalga oshirilgan. Unda koloniya va turmalardagi barcha shart-sharoitlar kanday bulishligi, mahkumlarni saqlash sharoitlari kursatilgan. Hujjatarda barcha aspektlar, ya’ni xususiyatlar tulik kursatilmaganligi tufayli normativ hujjatlar tuldirib bergan.
Bu hujjatda kuyidagilar kursatilgan edi:
1)jazoni ijro etuvchi muassasasining huquqiy maqomi;
2)mahkumlarni ko‘chirish tartibi;
3)mahkumlarning huquq va majburiyatlari, ovkatlanish anik normalarini belgilab bergan;
Sobik SSR tuzumida jazoni o‘tash tartibida «rejim» tushunchasiga qonuniy tus berilmagan, u faqat bir institut majmuasiga kiritilgan, xolos.
Xozirgi kunda mustaqillik sharofati bilan jazoni ijro etuvchi muassasalardagi tartib-intizom, ularni jihozlanishi va eng asosiysi, mahkumlarni kayta tarbiyalanishiga alohida e’tibor karatilmokda, xattoki, bunga qonunan tus berilmokda. Masalan: koloniya va turmalarda saklanayotgan mahkumlarning sharoiti,ularning huquqlari va majburlovchi holatlari qonun bilan belgilanib, bu tartibni xech kimning,xatto koloniya ma’muriyatining xam buzishga huquqi yuk.
Umumiy kilib olganda, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarini 3 qismga bulish (bu xakda oldingi paragraflarda aytib utilgan) mumkin.
I.Jazoni ijro etish koloniyalari:
1)mazil-koloniyalari;
2)umumiy tartibli koloniyalar;
3)qattiq tartibli koloniyalar;
4)maxsus tartibli koloniyalar;
II.Turma kamog‘i.
III.Tarbiya koloniyalari.
Jazoni ijro etish muassasalarining bu xildagi tasniflanishi bejizga emas, albatta. Birinchi navbatda, jazoni ijro etish koloniyalarining turlariga karab u yerdagi sharoit, mahkumlarning huquq va majburiyatlari bir-biridan farq kiladi. Bunday farqni belgilashda, sud mahkumning shaxsi, ijtimoiy xavfliligi, jinoyatning ogirligi, uning xulqi masalalariga adolatli yondasha bilishi, tugri baxo berishi darkor.



Yüklə 29,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin