Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 358,74 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.01.2022
ölçüsü358,74 Kb.
#51558
1 mustaqil ish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 



TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

SAMARQAND FILIALI 

 

"Axborot xavfsizligi" kafedrasi 

 

 



Mustaqil ta’lim ishi 

 

Fan: Tarmoq xavfsizligi 

 

 

 

 

 



 

    

 

 

 

 

    Guruh: 401-18-TT 

    Talaba: L.K.Shukurov 

                                              Rahbar: D.Qilichev 

 

                                           

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand-2022 


 

 

Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati. 

Reja: 

 

1.  Tarmoq xavfsizligi tushunchasi 



2.  Dasturiy va apparat ta’minoti xavfsizligi. 

3.  Tarmoqlar va tarmoqlararo axborotlarni himoyalash usullari va vositalari 

4.  Xulosa. 

5.  Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati. 

     Mamlakatimiz  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlariga  kiritilgan  kompyuter  va 

axborot  texnologiyalari,  telekomunikatsiya,  ma’lumotlarni  uzatish  tarmoqlari, 

Internet  xizmatlaridan  foydalanish  rivojlanmoqda  va  modernizatsiyalashmoqda. 

Jamiyatimizning  barcha  sohalariga  kundalik  hayotimizga  zamonaviy  axborot 

texnologiyalarini  keng  joriy  etish  istiqboldagi  maqsadlarimizga  erishishni 

ta’minlaydi.  Har  bir  soha  faoliyatida  Internet  tarmog‘idan  foydalanish  ish 

unumdorligini oshirmoqda. 

     Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish 

imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va 

uning  zamirida  davlat  boshqaruv  organlari  hamda  aholi  o‘rtasidagi  o‘zaro 

aloqaning  mustahkamlanishini  tashkil  etish  tarmoqdan  foydalangan  holda  amalga 

oshadi.  Tarmoqdan  samarali  foydalanish  demokratik  axborotlashgan  jamiyatni 

shakllantirishni  ta’minlaydi.  Bunday  jamiyatda,  axborot  almashinuv  tezligi 

yuksaladi,  axborotlarni  yig‘ish,  saqlash,  qayta  ishlash  va  ulardan  foydalanish 

bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi. 

      Biroq  tarmoqqa  noqonuniy  kirish,  axborotlardan  foydalanish  va  o‘zgartirish, 

yo‘qotish  kabi  muammolardan  himoya  qilish  dolzarb  masala  bo‘lib  qoldi.  Ish 

faoliyatini  tarmoq  bilan  bog‘lagan  korxona,  tashkilotlar  hamda  davlat  idoralari 

ma’lumot  almashish  uchun  tarmoqqa  bog‘lanishidan  oldin  tarmoq  xavfsizligiga 

jiddiy e’tibor qara-tishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va 

qayta  ishlanayotgan axborotni  ishonchli  tizimli  tarzda ta’minlash  maqsadida  turli 

vositalar  va  usullarni  qo‘llash,  choralarni  ko‘rish  va  tadbirlarni  amalga  oshirish 

orqali  amalga  oshiriladi.  Tarmoq  xavsizligini  ta’minlash  maqsadida  qo‘llanilgan 

vosita  xavf-xatarni  tezda  aniqlashi  va  unga  nisbatan  qarshi  chora  ko‘rishi  kerak. 

Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga 

bo‘linadi: 

 



axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish 

(Eavesdropping); 

 

xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service) 



 

portlarni tekshirish (Port scanning). 



       Axborotni  uzatish  jarayonida,  eshitish  va  o‘zgartirish  hujumi  bilan  telefon 

aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks 

jo‘natmalari 

orqali 


amalga 

oshiriladigan 

axborot 

almashinuvida 

foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda 

to‘sib  qo‘yish  mumkin.  Bir  qancha  tarmoqni  tahlillovchi  protokollar  orqali  bu 

hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar 

orqali  CODEC  (video  yoki  ovozli  analog  signalni  raqamli  signalga  aylantirib 

berish  va  aksincha)  standartidagi  raqamli  tovushni  osonlik  bilan  yuqori  sifatli, 

ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda 

bu  hujumning  amalga  oshirilish  jarayoni  foydalanuvchiga  umuman  sezilmaydi. 

Tizim  ortiqcha  zo‘riqishlarsiz  va  shovqinsiz  belgilangan  amallarni  bajaraveradi. 




Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan 

ushbu  tahdid  haqida  ma’lumotga  ega  bo‘lgan  va  yuborilayotgan  axborotning  o‘z 

qiymatini  saqlab  qolishini  xohlovchilar  maxsus  tarmoq  xafvsizlik  choralarini 

qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga 

ega  bo‘ladilar.  Tarmoq  orqali  ma’lumot  almashish  mobaynida  yuborilayotgan 

axborotni  eshitish  va  o‘zgartirishga  qarshi  bir  necha  samarali  natija  beruvchi 

texnologiyalar mavjud: 

 



IPSec (Internet protocol security) protokoli; 

 



VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq; 

 



IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi. 

        Ipsec (Internet  protocol  security)  bu  xavfsizlik  protokollari  hamda  shifrlash 

algoritmlaridan  foydalangan  holda  tarmoq  orqali  xavfsiz  ma’lumot  almashish 

imkonini  beradi.  Bu  maxsus  standart  orqali  tarmoqdagi  kompyuterlarning  o‘zaro 

aloqasida  dastur  va  ma’lumotlar  hamda  qurilmaviy  vositalar  bir-biriga  mos 

kelishini  ta’minlaydi.  Ipsec  protokoli  tarmoq  orqali  uzatilayotgan  axborotning 

sirliligini,  ya’ni  faqatgina  yubo-ruvchi  va  qabul  qiluvchiga  tushunarli  bo‘lishini, 

axborotning  sofligini  hamda  paketlarni  autentifikatsiyalashni  amalga  oshiradi. 

Zamonaviy  axborot  texnologiyalarni  qo‘llash  har  bir  tashkilotning  rivojlanishi 

uchun  zaruriy  vosita  bo‘lib  qoldi,  Ipsec  protokoli  esa  aynan  quyidagilar  uchun 

samarali himoyani ta’minlaydi: 

 



bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda; 

 



uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda; 

 



homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda; 

 



elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda. 

       VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu 

texnologiya  foydalanuvchilar  o‘rtasida  barcha  ma’lumotlarni  almashish  boshqa 

tarmoq  doirasida  ichki  tarmoqni  shakllantirishga  asoslangan,  ishonchli  himoyani 

ta’minlashga  qaratilgan.  VPN  uchun  tarmoq  asosi  sifatida  Internetdan 

foydalaniladi. 

VPN  texnologiyasining  afzalligi. Lokal  tarmoqlarni  umumiy  VPN  tarmog‘iga 

birlashtirish  orqali  kam  xarajatli  va  yuqori  darajali  himoyalangan  tunelni  qurish 

mumkin.  Bunday  tarmoqni  yaratish  uchun  sizga  har  bir  tarmoq  qismining  bitta 

kompyuteriga  filiallar  o‘rtasida  ma’lumot  almashishiga  xizmat  qiluvchi  maxsus 

VPN  shlyuz  o‘rnatish  kerak.  Har  bir  bo‘limda  axborot  almashishi  oddiy  usulda 

amalga  oshiriladi.  Agar  VPN  tarmog‘ining  boshqa  qismiga  ma’lumot  jo‘natish 

kerak  bo‘lsa,  bu  holda  barcha  ma’lumotlar  shlyuzga  jo‘natiladi.  O‘z  navbatida, 

shlyuz  ma’lumotlarni  qayta  ishlashni  amalga  oshiradi,  ishonchli  algoritm  asosida 

shifrlaydi  va  Internet  tarmog‘i  orqali  boshqa  filialdagi  shlyuzga  jo‘natadi. 

Belgilangan nuqtada ma’lumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy 

usulda  uzatiladi.  Bularning  barchasi  foydalanuvchi  uchun  umuman  sezilmas 

darajada  amalga  oshadi  hamda  lokal  tarmoqda  ishlashdan  hech  qanday  farq 




qilmaydi.  Eavesdropping  hujumidan  foydalanib,  tinglangan  axborot  tushunarsiz 

bo‘ladi. 

Bundan  tashqari,  VPN  alohida  kompyuterni  tashkilotning  lokal  tarmog‘iga 

qo‘shishning  ajoyib  usuli  hisoblanadi.  Tasavvur  qilamiz,  xizmat  safariga 

noutbukingiz bilan chiqqansiz, o‘z tarmog‘ingizga ulanish yoki u yerdan biror-bir 

ma’lumotni  olish  zaruriyati  paydo  bo‘ldi.  Maxsus  dastur  yordamida  VPN  shlyuz 

bilan bog‘lanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib 

borishigiz mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir. 

VPN  ishlash  tamoyili.  VPN  tarmog‘ini  tashkil  etish  uchun  yangi  qurilmalar  va 

dasturiy  ta’minotdan  tashqari  ikkita  asosiy  qismga  ham  ega  bo‘lish  lozim: 

ma’lumot uzatish protokoli va uning himoyasi bo‘yicha vositalar. 

         Ruxsatsiz  kirishni  aniqlash  tizimi (IDS)  yordamida  tizim  yoki  tarmoq 

xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. 

Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz 

kirishlarni  aniqlash  tizimlarining  ilk  modellari  va  prototiplari  kompyuter 

tizimlarining  audit  ma’lumotlarini  tahlillashdan  foydalangan.  Bu  tizim  ikkita 

asosiy  sinfga  ajratiladi.  Tarmoqqa  ruxsatsiz  kirishni  aniqlash  tizimi  (Network 

Intrusion  Detection  System)  va  kompyuterga  ruxsatsiz  kirishni  aniqlash  tizimiga 

(Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. 

 

IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 



 

himoyalangan  tizimlar  xavfsizligi  bilan  bog‘liq  holatlarni  yig‘ib 



tahlillovchi sensor qism tizimi; 

 



sensorlar  ma’lumotlariga  ko‘ra  shubhali  harakatlar  va  hujumlarni 

aniqlashga mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi; 

 

tahlil  natijalari  va  dastlabki  holatlar  haqidagi  ma’lumotlarni  yig‘ishni 



ta’minlaydigan omborxona; 

 



IDS 

tizimini 

konfiguratsiyalashga 

imkon 


beruvchi, 

IDS 


va 

himoyalangan tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan 

mojarolarni kuzatuvchi boshqaruv konsoli. 

          Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash 

tizimi  (Network  Intrusion  Detection  System)  va  kompyuterga  ruxsatsiz  kirishni 

aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. Tarmoqqa ruxsatsiz 

kirishni aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha: 

1.  tarmoqqa  kirish  huquqiga  ega  bo‘lgan  trafiklarni  tekshiradi; 

2. zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi. 



         Sanab  o‘tilgan  xavfsizlik  bosqichlarini  qo‘llagan  holda  Eavesdropping 

tahdidiga qarshi samarali tarzda himoyalanish mumkin. 

DOS (Denial-of-service)  tarmoq  hujumning  bu  turi  xizmat  qilishdan  voz  kechish 

hujumi  deb  nomlanadi.  Bunda  hujum  qiluvchi  legal  foydalanuvchilarning  tizim 

yoki  xizmatdan  foydalanishiga  to‘sqinlik  qilishga  urinadi.  Tez-tez  bu  hujumlar 

infratuzilma  resurslarini  xizmatga  ruxsat  so‘rovlari  bilan  to‘lib  toshishi  orqali 

amalga  oshiriladi.  Bunday  hujumlar  alohida  xostga  yo‘naltirilgani  kabi  butun 

tarmoqqa  ham  yo‘naltirilishi  mumkin.  Hujumni  amalga  oshirishdan  oldin  obyekt 

to‘liq  o‘rganilib  chiqiladi,  ya’ni  tarmoq  hujumlariga  qarshi  qo‘llanilgan  himoya 

vositalarining  zaifligi  yoki  kamchliklari,  qanday  operatsion  tizim  o‘rnatilgan  va 

obyekt  ish  faoliyatining  eng  yuqori  bo‘lgan  vaqti.  Quyidagilarni  aniqlab  va 

tekshirish  natijalariga  asoslanib,  maxsus  dastur  yoziladi.  Keyingi  bosqichda  esa 

yaratilgan dastur katta mavqega ega bo‘lgan serverlarga yuboriladi. Serverlar o‘z 

bazasidagi  ro‘yxatdan  o‘tgan  foydalanuvchilarga  yuboradi.  Dasturni  qabul  qilgan 

foydalanuvchi  ishonchli  server  tomonidan  yuborilganligini  bilib  yoki  bilmay 

dasturni  o‘rnatadi.  Aynan  shu  holat  minglab  hattoki,  millionlab  kompyuterlarda 

sodir  bo‘lishi  mumkin.  Dastur  belgilangan  vaqtda  barcha  kompyuterlarda 

faollashadi  va  to‘xtovsiz  ravishda  hujum  qilinishi  mo‘ljallangan  obyektning 

serveriga so‘rovlar yuboradi. Server tinimsiz kelayotgan so‘rovlarga javob berish 

bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini yurgiza olmaydi. Server xizmat qilishdan 

voz kechib qoladi. 

 

Xizmat  qilishdan  voz  kechish  hujumidan  himoyalanishning  eng  samarali  yo‘llari 



quyidagilar: 

 



tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall); 

 



IPsec protokoli. 

        Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning birinchi himoya qurilmasi 

hisoblanadi. 

Tarmoqlararo 

ekran 

axborot-kommunikatsiya 



texnologiya 

(AKT)larida  kiruvchi  va  chiquvchi  ma’lumotlarni  boshqaradi  va  ma’lumotlarni 

filtrlash orqali AKT himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot 



tekshiruvini  amalga  oshirib,  paketlarning  tizimga  kirishiga  qaror  qabul  qiladi. 

Tarmoqlararo ekran tarmoqdan o‘tuvchi barcha paketlarni ko‘radi va ikkala (kirish, 

chiqish)  yo‘nalishi  bo‘yicha  paketlarni  belgilangan  qoidalar  asosida  tekshirib, 

ularga  ruxsat  berish  yoki  bermaslikni  hal  qiladi.  Shuningdek,  tarmoqlararo  ekran 

ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni 

ochiq  tashqi  tarmoqdan  himoyalaydi.  Himoya  vositasining  quyida  sanab  o‘tilgan 

qulayliklari,  ayniqsa,  paketlarni  filtrlash  funksiyasi  DOS  hujumiga  qarshi 

himoyalanishning samarali vositasidir. Paket filtrlari quyidagilarni nazorat qiladi: 

 

fizik interfeys, paket qayerdan keladi; 



 

manbaning IP-manzili; 



 

qabul qiluvchining IP-manzili; 



 

manba va qabul qiluvchi transport portlari. 



Tarmoqlararo  ekran  ba’zi  bir  kamchiliklari  tufayli  Dos  hujumidan  to‘laqonli 

himoyani ta’minlab bera olmaydi: 

 

loyihalashdagi 



xatoliklar 

yoki 


kamchiliklar 

—  tarmoqlararo 

ekranlarning  har  xil  texnologiyalari  himoyalana-yotgan  tarmoqqa 

bo‘ladigan barcha suqilib kirish yo‘llarini qamrab olmaydi; 

 

amalga oshirish kamchiliklari  —  har  bir  tarmoqlararo  ekran  murakkab 



dasturiy  (dasturiy-apparat)  majmua  ko‘rinishida  ekan,  u  xatoliklarga 

ega.  Bundan  tashqari,  dasturiy  amalga  oshirish  sifatini  aniqlash 

imkonini 

beradigan 

va 

tarmoqlararo 



ekranda 

barcha 


spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil 

qiladigan sinov o‘tkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas; 

 

qo‘llashdagi  (ekspluatatsiyadagi)  kamchiliklar  —  tarmoqlararo 



ekranlarni 

boshqarish, 

ularni 

xavfsizlik 

siyosati 

asosida 


konfiguratsiyalash juda murakkab hisoblanadi va ko‘pgina vaziyatlarda 

tarmoqlararo  ekranlarni  noto‘g‘ri  konfiguratsiyalash  hollari  uchrab 

turadi.  Sanab  o‘tilgan  kamchiliklarni  IPsec  protokolidan  foydalangan 

holda  bartaraf  etish  mumkin.  Yuqoridagilarni  umumlashtirib, 

tarmoqlararo  ekranlar  va  IPsec  protokolidan  to‘g‘ri  foydalanish  orqali 

DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega bo‘lish mumkin. 

Port  scanning hujum  turi  odatda  tarmoq  xizmatini  ko‘rsatuvchi  kompyuterlarga 

nisbatan  ko‘p  qo‘llanadi.  Tarmoq  xavfsizligini  ta’minlash  uchun  ko‘proq  virtual 

portlarga  e’tibor  qaratishimiz  kerak.  Chunki  portlar  ma’lumotlarni  kanal  orqali 

tashuvchi  vositadir.  Kompyuterda  65  536ta  standart  portlar  mavjud.  Kompyuter 

portlarini  majoziy  ma’noda  uyning  eshigi  yoki  derazasiga  o‘xshatish  mumkin. 

Portlarni tekshirish hujumi esa o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni 

ochiq yoki yopiqligini bilishiga o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, 

uyga  kirish  oson  bo‘ladi.  Hakker  hujum  qilayotgan  vaqtda  port  ochiq  yoki 

foydalanilmayotganligi  haqida  ma’lumot  olishi  uchun  Portlarni  tekshirish 

hujumidan foydalanadi. 




Bir  vaqtda  barcha  portlarni  tahlil  qilish  maqsadida  xabar  yuboriladi,  natijada  real 

vaqt  davomida  foydalanuvchi  kompyuterning  qaysi  portini  ishlatayotgani 

aniqlanadi,  bu  esa  kompyuterning  nozik  nuqtasi  hisob-lanadi.  Aynan  ma’lum 

bo‘lgan  port  raqami  orqali  foydalanuvchi  qanday  xizmatni  ishlatayotganini  aniq 

aytish  mumkin.  Masalan,  tahlil  natijasida  quyidagi  port  raqamlari  aniqlangan 

bo‘lsin,  aynan  shu  raqamlar  orqali  foydalanilayotgan  xizmat  nomini  aniqlash 

mumkin 

 



Port #21: FTP (File Transfer Protocol) fayl almashish protokoli; 

 



Port #35: Xususiy printer server; 

 



Port  #80:  HTTP  traffic  (Hypertext  Transfer  [Transport]  Protocol) 

gipermatn almashish protokoli; 

 

Port #110: POP3 (Post Office Protocol 3) E-mail portokoli. 



 

         Portlarni  tekshirish hujumiga  qarshi  samarali  himoya  yechimi  tarmoqlararo 

ekran texnologiyasidan unumli foydalanish kutilgan natija beradi. Barcha portlarni 

bir  vaqtda  tekshirish  haqidagi  kelgan  so‘rovlarga  nisbatan  tarmoqlararo  ekranga 

maxsus qoida joriy etish yo‘li bilan hujumni bartaraf etish mumkin. 

 

Tarmoq xavfsizligi 

Yillar  davomida  tashkilotlar  kichik  shaharcha  aholisi  uylarining  eshiklarini 

qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. Internet va global tarmoqning 

keng  tarqalishi  tarmoqqa  bo‘lgan  bunday  munosabatga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazishi 

natijasida 

ochiq 

eshiklar 



yopiladigan 

va 


qulflanadigan 

bo‘ldi. 


Xavfsizlik 

nima 


uchun 

muhim? 


Xavfsizlik  muhimdir,  chunki  kompyuter  tizimlari  va  tarmoqlari  himoyalanishi 

zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida saqlaydi. Siz Internet 

orqali xarid qilish uchun o‘z kredit kartangizdan foydalanganingizda siz shartnoma 

tuzayotgan  vaqtda  internetdagi  sotuvchi  sizga  xavfsiz  aloqa  ta’minlayotganiga 

ishonasiz  va  Siz  berayotgan  ma’lumotlar  uchun  hech  qanday  xavf  yo‘qligiga 

ishonch bildirasiz Bugungi kundagi identifikatsiyaga tahdid yuqori bo‘lgan davrda 

tashkilot  xodimlari  Xavfsizlik  bo‘limiga  o‘zining  ijtimoiy  himoya  nomeri  yoki 

oilaga  oid  axborot  kabi  shaxsiy  ma’lumotlari  himoyadaligiga  ishonadi.  Talaba 

tajriba  natijalarini  kiritayotganida  har  gal  kompyuterda  ishlash  imkoni  borligi  va 



dastur  ishlayotganiga  ishonch  hosil  qiladi.  Bular  nima  uchun  tarmoq  xavfsizligi 

zarurligini  namoyon  etuvchi  ba’zi  sabablardir.  Bu  va  boshqa  sabablarni  quyidagi 

guruhlarga 

ajratishimiz 

mumkin: 

1.  Axborot  va  resurslarni  shunday  himoyasiki,  bunda  tijorat  yoki  tashkilotlar 

muammo 

va 


uzilishlarsiz 

o‘z 


faoliyatini 

saqlab 


qoladi. 

2. Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi kafolatlanadi 

3.  Identifikatsiya  va  kredit  kartalarini  o‘g‘irlanishidan  himoya  etadi. 

4. Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari, talabalar va tashkilot xodimlarining ishlashi 

va  o‘yinlar  o‘ynashida  to‘xtash  va  buzilishlar  yuz  bermaydigan  etib, 

engillashtiradi. 

5. Kompyuter xakerlarini keyingi zararli hujumlar uyushtirishdan to‘xtatadi. 

Xavfsizlik 

bo‘yicha 

amaliy 


tayyorgarliklar 

Hujumlardan  amaliy  himoyalanish  mustahkamlikni  oshirish  jarayonidagi 

qadamdir.  Mustahkamlikni  oshirish  o‘z  tarkibiga  tarmoq  himoyasi  va  operatsion 

tizim  usullari  orqali  hujumni  to‘xtatish  yoki  oldini  olish  uchun  belgilangan 

vazifalarni qabul qiladi. Siz ishlayotgan tizimni mustahkamlash yo‘lida bir nechta 

umumiy 


qadamlar 

mavjud: 


1.  Operatsion  tizim  va  tarmoq  himoyasi  imkoniyatlari  bo‘yicha  imkoni  boricha 

ko‘proq  ma’lumot  bilishga  intiling  va  ulardan  foydalanishni  o‘rganing. 

2.  Yangi  hujumlar  va  ularni  qayta  ishlash  uchun  himoya  tashklotlarining  veb-

sahifalarida 

tez-tez 

maslaxat 

olib 

turing. 


3.  Operatsion  tizimni  ishlatishingiz  uchun  absolyut  zarur  bo‘lgan  xizmat  va 

jarayonlarnigina  yuriting  va  kerak  bo‘lmaydiganlarini  o‘chirib  tashlang,  chunki 

bunda  hujumchilar  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  ochiq  TCP/UDP  portlar  va 

operatsion  tizim  dasturlari  va  jarayonlari  sonini  kamaytiradi  (hujum  maydonini 

kamaytirish 

deb 


ham 

ataladi). 

4. Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan foydalaning. Ko‘p 

funksiya  bajaradigan  kompyuter  va  tarmoq  qurilmalari  hujumchilar  uchun  ko‘p 

ochiq  darchalar  yaratishi  mumkin.  Masalan,  internet,  DNS  va  marshrutizatsiya 

funksiyalarini  yagona  serverda  jamlamang.  Alohida  server  va  qurilmalarni 

boshqarish 

ham 


soddaroq, 

himoya 


etish 

ham 


osonroq. 

5.  Operatsion  tizimning  foydalanuvchi  login  va  parollari, himoyalangan  guruhlar, 

huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya protokollari, shifrlash 

va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan imkoniyatlarini o‘rganing va 

ulardan 

foydalaning. 

Hujumchilarga 

qarshi 


imkoni 

boricha 


ko‘proq 

to‘siqlar 

qo‘ying. 

6.  Muntazam  ravishda  himoya  tizimida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan 

darchalarning  joyini  aniqlash  va  shu  erga  yo‘naltirilgan  himoyalash  kabi  usullar 

qanday 


o‘rnatilganini 

tekshirib 

boring. 

7.  Foydalanuvchilarni  ongli  ravishda  himoyalanishga  o‘rgatib  boring. 

8. Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda operatsion tizimni 

nazorat 


qilib 

boring. 


9. Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, misol uchun, 

Windows  7  dan  hujumga  kamroq  moyil,  deb,  xato  qilmang.  Barcha  operatsion 




tizimlar  o‘z  nozik  tomonlariga  ega  va  hujumchilar  barcha  turdagi  operatsion 

tizimlarga  hujum  uyushtirish  uchun  zararli  dasturlar  yozishadi.  Android  va  iOS 

kabi  mobil  operatsion  tizimlar  ham  bundan  mustasno  emas.  Masalan,  Android 

asosidagi  smartfon  va  planshetlar  chiqqanining  birinchi  yilidayoq  ularga  bo‘lgan 

hujumlar soni asosan dastur yuklash orqali hujum hisobiga 400 foizga oshdi. iOS 

mobil  qurilmalariga  bo‘lgan  hujumlar  Android  qurilmalariga  nisbatan  ko‘p 

bo‘lmaganiga qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar ham o‘sdi. 

Operatsion 

tizimning 

himoya 


imkoniyatlaridan 

foydalanish 

Operatsion tizimlar tizim  mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga ega. 

Sozlash 


mumkin 

bo‘lgan 


imkoniyatlarning 

ba’zilari 

quyidagilardir: 

1.  Tarmoq  tizimida  ro‘yxatdan  o‘tgan  har  bir  foydalanuvchi  tizimga  mustahkam 

parolь 

bilan 


kirishni 

talab 


eting. 

2.  Foydalanuvchilar  tarmoqqa  kirishi  vaqtida  autentifikatsiya  va  shifrlashning 

operatsion  tizimlaringiz  taklif  eta  oladigan  eng  mukammal  shakllaridan 

foydalaning. 

3.  Tarmoq  ulanishlari  uchun  raqamli  sertifikatsiyali  himoyadan  foydalaning. 

Raqamli  sertifikatsiya  tarmoq  kompyuterlari  o‘rtasida  uzatish  asl  ekanligini 

tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch hosil 

qilish 


uchun 

zarur. 


4.  Jild  va  fayllar  xavfsizligi  uchun  huquqlarni  sozlab  qo‘ying. 

5.  Umumiy  foydalanish  huquqlari  kabi  umumiy  foydalaniladigan  resurs 

himoyasidan 

flydalaning. 

6.  Foydalanuvchilar  uchun  “qiyin”  parolь  talabi  va  tarmoqqa  ma’lum  marta  kira 

olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik siyosatini 

o‘rnating. 

7.  Simsiz  tarmoq  uchun  tizimda  mavjud  eng  yuqori  himoya  darajasini  o‘rnating. 

8.  Uzoqdan  ulanishlar,  ayniqsa  simsiz  tarmoqlar  xavsizligi  uchun  Virtual  xususiy 

tarmoq 


– 

VPNdan 


foydalaning. 

9.  Muntazam  ehtiyot  uchun  nusxalash  kabi  buzilishdan  keyin  tiklash 

texnologiyalaridan foydalaning. 

Mavjud 


tarmoqlar 

Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik ma’lumotni 

olib kelishi va operatsion  tizimning himoya  imkoniyatlaridan  foydalana  olmasligi 

mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik xizmati ofitseri mahfiy 

fayllarni  uyda  ular  bilan  ishlash  uchun  olib  kelgan,  deylik.  Bu  fayllar  etarlicha 

himoyalanmagan  va  ihtiyoriy  odam,  shuningdek,  Internet  orqali  hujum 

uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi tomonidan ochib ko‘rish 

mumkin. 


Boshqa  bir  misolda  kompaniyaning  server  administratori  o‘z  uyidan  uzoqdan 

ulanish  usuli  bilan  serverga  ba’zi  texnik  xizmatlar  ko‘rsatish  uchun  kirgan. 

Afsuski,  uning  uy  kompyuteri  virus  tekshiruvchi  dasturdagi  yangilanish 

xizmatining  vaqti  tugagan  sababli  virus  bilan  zararlangan  edi.  Natijada  virus 

serverga o‘tib ketdi. 



Tarmoq 

xavfsizligi 

imkoniyatlaridan 

foydalanish 

Siz tarmoqda ishlata oladigan bir nechta mustahkamlash usullari mavjud. Ulardan 

ba’zi  usullar  maxsus  tarmoq  uskunalaridan  foydalanishni  talab  etadi,  boshqalari 

esa o‘z ichiga dasturiy ta’minotni oladi. Tarmoqni mustahkamlash usullarining eng 

oddiylari 

quyidagilarni 

o‘z 


ichiga 

oladi: 


1.  tarmoqning  ma’lum  qismlariga  kim  kirganini  nazorat  qilish  uchun  tarmoqni 

kommutator 

va 

marshrutizator 



asosida 

loyihalash; 

2. 

tarmoq 


fayrvollari 

va 


opersion 

tizim 


fayrvollaridan 

foydalanish; 

3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon tarmoq topologiyasidan 

foydalanish; 

4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish. 

 

Kiber xavfsizlik va tarmoq xavfsizligi o'rtasidagi farq 



Bizning asosiy qiziqish mavzusimizga kirishdan oldin - kiber xavfsizlik va tarmoq 

xavfsizligi  -  avvalo  axborot  xavfsizligi  nima  ekanligini  tushunishga  harakat 

qilaylik. 

Hozirgi  kunda  Internet  hamma  narsani  inqilob  qilgani,  ishlarimizni  qanday 

o'zgartirishi  haqida  gapirish  mutlaqo  noto'g'ri  emas.  Ijtimoiy  media  bir  necha  yil 

ichida  internetda  shov-shuvga  aylandi  va  Amazon  kabi  elektron  tijorat  gigantlari 

onlayn  sotib  olishni  shamolga  aylantirdilar  va  Google  hamma  narsani  osongina 

bizning qo'llarimizga tushirdi. 

Bizneslar  har  qachongidan  ko'ra  raqamli  ravishda  rivojlanib  bormoqda  va 

texnologiyalar  rivojlanib  borishi  bilan  korxonalarning  xavfsizlik  infratuzilmasi 

ham kuchaytirilishi kerak. Internet rivojlandi va ko'p odamlar ushbu o'zaro bog'liq 

tizimlardan  foydalanib,  zaif  tomonlaridan  foydalanishda  zaifliklarga  duch 

kelmoqdalar. Bu axborot xavfsizligi bilan bog'liq. 

Axborot  xavfsizligi  deganda  har  qanday  sezgir  ma'lumotlar  va  ma'lumotlarni, 

bosma  yoki  elektron  shaklda  ruxsatsiz  kirishdan  himoya  qilishga  mo'ljallangan 

jarayonlar  va  texnikalar  tushuniladi.  Axborot  har  bir  shaxs  va  biznes  uchun 

qimmatli  narsadir,  bu  ularni  o'g'irlash  yoki  shikastlanishdan  himoya  qilishda 

yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. 

Kiberxavfsizlik  - bu Internetga ulangan tizimlarni, shu jumladan apparat, dasturiy 

ta'minot,  dasturlar  va  ma'lumotlarni  potentsial  kiberhujumlardan  himoya  qilish 

bilan  shug'ullanadigan  axborot  xavfsizligining  bir  qismi.  Tarmoqlarning 

yaxlitligini  ruxsatsiz  elektron  kirishdan  himoya  qiladi.  Tarmoq  xavfsizligi  -  bu 

tarmoqdagi qurilmalar orqali yuboriladigan har qanday tarmoq va ma'lumotlarning 

yaxlitligini himoya qilish uchun yaratilgan kiber-xavfsizlik. 

Kiber havfsizlik nima? 



Kiber-xavfsizlik  -  bu  kiber-makonning  barcha  jihatlari  bilan  bog'liq  bo'lgan 

umumiy  atama.  Bu  tarmoqlar,  qurilmalar  va  dasturlarning  yaxlitligini  hujum, 

shikastlanish  yoki  tashqaridan  ruxsatsiz  kirishdan  himoya  qilish  bilan 

shug'ullanadigan axborot xavfsizligi to'plami. Bu tizimlar va tarmoqlarni potentsial 

kiberhujumlardan  himoya  qilishga  mo'ljallangan  texnikalar,  texnologiyalar  va 

jarayonlar  to'plamini  anglatadi.  U  turli  xil  xavfsizlik  choralari  va  boshqarish 

vositalarini  qo'llash  orqali  tarmoqlarning  yaxlitligini  ruxsatsiz  elektron  kirishdan 

himoya  qiladi.  Kiberxavfsizlik  bo'yicha  mutaxassislar  barcha  kiruvchi  va 

chiquvchi  trafikni  kuzatib  boradilar,  shu  bilan  birga,  tashkilotni  tizimlardan 

ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilib, kiber hujumlar xavfini kamaytiradi. 

 

Tarmoq xavfsizligi nima? 



Tarmoq  xavfsizligi  -  bu  tarmoq  va  dasturlarning  yaxlitligini  buzish  va  ruxsatsiz 

kirishdan  himoya  qilish  uchun  tarmoq  xavfsizligini  ta'minlash  choralarini 

rejalashtirish  va  amalga  oshirish  bilan  shug'ullanadigan  axborot  /  kiber-

xavfsizlikning  to'plami.  U  tashkilotning  IT  infratuzilmasi  va  tarmoqqa  kirish 

mumkin  bo'lgan  manbalarni  viruslar,  troyanlar,  zararli  dasturlar,  spam-dasturlar, 

josuslarga  qarshi  dasturlar  va  boshqa  kiber-tahdidlardan  himoya  qiladi.  Tarmoq 

xavfsizligi bo'yicha mutaxassisning vazifasi - bu sizning kompyuteringizga kirishni 

aniqlash  tizimlari,  shifrlash,  xavfsizlik  devori  va  raqamli  sertifikatlar  bo'yicha 

yordam  berish,  shu  jumladan  texnik  mutaxassislarni  taqdim  etish  orqali 

tarmog'ingizni yanada xavfsizroq qilish. 

 

Kiber xavfsizlik va tarmoq xavfsizligi o'rtasidagi farq 



Ta'rif 

Kiberxavfsizlik  -  bu  tarmoq,  qurilmalar,  dasturlar  va  ma'lumotlarning 

shikastlanish, hujum  yoki  ruxsatsiz  kirishdan  himoya  qilinishida  foydalaniladigan 

texnik  va  metodologiyalar  to'plamiga  tegishli  axborot  xavfsizligi  to'plami.  Oddiy 

qilib  aytganda,  kiber  xavfsizlik  Internetga  ulangan  tizim  va  tarmoqlarni  raqamli 

hujumlardan  himoya  qilish  amaliyotidir.  Tarmoq  xavfsizligi,  o'z  navbatida, 

kompyuterlar  tarmog'ida  fayllar  va  kataloglarni  tizimni  noto'g'ri  ishlatish,  buzish 

va  ruxsatsiz  kirishdan  himoya  qilish  harakati.  Tarmoq  xavfsizligi  -  bu  sizning 

tarmoqingiz  yaxlitligini  va  tarmoqqa  kirish  mumkin  bo'lgan  manbalarni  ruxsatsiz 

kirishdan himoya qiladigan kiber-xavfsizlikning bir qismi. 

Xavfsizlik 



Ikkala atama ham bir-biri bilan sinonim bo'lsa-da, xavfsizlik nuqtai nazaridan juda 

farq  qiladi.  Agar  siz  tashkilotni  mustahkam  qal'a  deb  hisoblasangiz,  tarmoq 

xavfsizligi  qal'a  devorlari  ichida  tinchlikni  saqlash  va  tashkilotning  suverenitetini 

tarmoq bilan bog'liq tahdidlardan himoya  qilish haqida qayg'uradi. O'z navbatida, 

kiberxavfsizlik  tashkilotni  tashqi  tahdidlardan,  masalan  kiber  olamdan  himoya 

qiladi.  U  tashkilot  tizimlari,  tarmoqlari  va  dasturlarini  barcha  turdagi  raqamli 

xurujlardan,  ya'ni  фишинг,  qichishish,  urishish  va  hokazolardan  himoya  qiladi. 

Tarmoq  xavfsizligi  bu  tashkilotning  IT  infratuzilmasini  barcha  turdagi  onlayn 

tahdidlardan, masalan viruslardan himoya qilishdan iborat. 

Ma'lumotlar 

Kiber-xavfsizlik  -  bu  axborot  xavfsizligi  kabi  keng  ma'noda,  tarmoq  xavfsizligi 

kiber  xavfsizlikning  bir  qismidir.  Ikkala  holatda  ham,  eng  muhim  komponent 

ma'lumotlar  va  dasturlarning  yaxlitligi  hisoblanadi,  kiberxavfsizlik  esa  ko'proq 

tahdidlarni  kuzatishni  va  aniqlashni  talab  qiladi.  Tarmoq  xavfsizligining  asosiy 

xavfi  tashkilotlarning  IT-infratuzilmasini  ichkaridan  himoya  qilishdir,  kiber 

xavfsizlik  tizimning  zaifliklaridan  foydalanadigan  potentsial  kiber-tahdidlardan 

tashkilotlarning axborot va xavfsizlik texnologiyalarini (AKT) himoya qilish bilan 

shug'ullanadi. Firewall, ID va parol, zaxira, shifrlash tarmoq xavfsizligi ostida. 

Xavfsizlik bo'yicha professional 

Kiber  xavfsizlik  bo'yicha  mutaxassislar  yoki  tahlilchilar  o'zlarining  tajribalari  va 

ma'lumotlar  bazalari,  xavfsizlik  devori,  Internet  xavfsizligi  va  shifrlash  bo'yicha 

bilimlari  orqali  tarmoq  infratuzilmasi  va  o'zaro  bog'liq  tizimlarni  himoya  qilish 

uchun  to'liq  javobgarlikni  o'z  zimmalariga  oladigan  shaxslardir.  Kiberxavfsizlik 

bo'yicha  mutaxassis  kiberxavfsizlikni  himoya  qilish,  aniqlash  va  tiklash  bo'yicha 

mutaxassis bo'lib xizmat qiladi. Xavfsizlik bo'yicha mutaxassisning asosiy vazifasi 

barcha  kiruvchi  va  chiquvchi  trafikni  kuzatish,  shuningdek,  tashkilotdagi  turli 

bo'limlar  bilan  hamkorlikda  xatarlarni  boshqarish  vositalari  va  texnologiyalarini 

muvofiqlashtirish. 

Tarmoq 

xavfsizligi 

bo'yicha 

mutaxassisning 

vazifasi 

tashkilotning  AT-infratuzilmasini  himoya  qilish  atrofida  o'zgaradi,  unga  axborot 

aktivlari, moliyaviy ma'lumotlar va boshqa maxfiy ma'lumotlar kiradi. 

Tarmoq xavfsizligi va tarmoq xavfsizligi: taqqoslash sxemasi 



Xulosa 

Xulosa  qilib  aytganda,  kiberxavfsizlik  -  bu  axborotni  saqlash  va  tranzit  paytida 

xavfsizlikning xavfsizligi bilan shug'ullanadigan axborot xavfsizligining bir qismi, 

tarmoq  xavfsizligi  -  bu  tashkilotning  IT  infratuzilmasini  himoya  qilish  va  unga 

kirishni  cheklash  bilan  shug'ullanadigan  kiber-xavfsizlik.  Ikkala  atamalar  ham 

ko'pincha  bir-biri  bilan  birgalikda  ishlatiladi,  kiberxavfsizlik  keng  ma'noda 




ishlatiladigan  atama  bundan  mustasno,  tarmoq  xavfsizligi  esa  axborot 

kiberxavfsizlikning bir qismidir. 

Adabiyotlar 

 



Tasvir  krediti:  https://pixabay.com/uz/network-security-technology-data-

3482974/ 

 

Tasvir 



krediti: 

https://www.flickr.com/photos/111692634@N04/18709586962 

 

Xonanda, Piter U va Allan Fridman. Kiberxavfsizlik va Cyberwar. Oksford: 



Oksford universiteti matbuoti, 2014. Chop etish 

 



Kizza, Jozef Migga. Kompyuter tarmog'ining xavfsizligi bo'yicha qo'llanma. 

Berlin: Springer, 2017. Chop etish 



 

Harrington,  Jan  L.  Tarmoq  xavfsizligi:  amaliy  yondashuv.  Kembrij: 



Akademik matbuot, 2005 yil. Chop etish 

 

Yüklə 358,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin