Компьютер тармогининг асосий тушунчалари



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/6
tarix14.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#97708
  1   2   3   4   5   6
3 mavzu Kompyuterning arxitekturasi, rivojlanishi va asosiy qurilmalari

Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya fani


Andijon Mashinasozlik instituti
Axborot texnologiyalari kafedrasi: ass.B.Isayev
Kompyuterning arxitekturasi, rivojlanishi va asosiy qurilmalari. Kompyuter tarmog‘i arxitekturasi va texnologiyasi, tushunchalari. Kompyuter tarmoqlarning tarkibi va turlari. Kompyuter tarmoqlarini boshqarish. Ma’lumotlarni turi.
Ma’ruza № 3
1. Kompyuterning arxitekturasi, rivojlanishi va asosiy qurilmalari.
2. Kompyuter tarmog‘i arxitekturasi va texnologiyasi, tushunchalari.
3. Kompyuter tarmoqlarning tarkibi va turlari.
4. Kompyuter tarmoqlarini boshqarish. Ma’lumotlarni turi.
REJA:
KOMPYUТERNING ARХIТEKТURASI VA ASOSIY QURILMALARI
Informatika - bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab universal EHMlarning davri boshlandi desa bo‘ladi. Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo‘lib o‘rganish tajribasi keng qo‘llanib kelingan. Ayni paytda EHMda qo‘llanilgan radiotexnik elementlar bazasi hamda dasturiy ta’minoti kabi tasnif belgilari bo‘yicha avlodlarga ajratishdan ham foydalanilgan.
Universal EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari hisobiga kengayib bordi.
Hozirda APPLE firmasi «MAKINТOSh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa, AQShning o‘zida tanilgan bo‘lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).
Markaziy protsessor
Kiritish – chiqarish kanallari
Kontrollerlar
Tashqi xotira qurilmalari
Tashqi kiritish-chiqarish qurilmalari
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi.
Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma’lum bo’lgan.
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnatmoqda.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin