Kompyuter injiniringi” fakulteti 713-21-guruh talabasi Madaminova Azizaxon Xabibullo qizining



Yüklə 60,84 Kb.
səhifə1/10
tarix30.01.2023
ölçüsü60,84 Kb.
#81789
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MADAMINOVA AZIZA 713-21 LOYIHA ishi DASTURLASH



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL­–XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Kompyuter injiniringi” fakulteti
713-21-guruh talabasi
Madaminova Azizaxon Xabibullo qizining
Dasturlash I” fanidan

LOYIXA ISHI



Bajardi: Madaminova Azizaxon
Qabul qildi: Asrayev Muxammadullo


Mavzu: Vektorlarni funksiya parametrlari sifatida qo’llanilishi

MUNDARIJA:



KIRISH 3
I. NAZARIY QISM 5
1.1.Vektor funksiya parametrlari haqida ma’lumotlar 5
1.2. C++ funksiya parametrlari 7
1.3. Vektorli operatsiyalar 7
II. Amaliy qism 10
XULOSA 16
Foydalanilgan adabiyotlar: 17
ILOVA. 18
KIRISH
Axborot texnologiyalarining bugungi rivojlangan davrida kompyuter texnologiyalari barcha sohalarga kirib bormoqda. Hususan, hayotiy masalalarni yechishda dasturlash yordamida, masalalarni matematik modellarini tuzib, ularni yechish algoritm va dasturlarini tuzish orqali jarayonlarni kompyuterlashtirish dolzarb masalalardan biri. Mazkur mustaqil ishda Vektorlarni funksiya parametrlari sifatida qo’llanilishi va mos dasturlari ko’rib chiqiladi. Mustaqil ish kirish, nazariy qism, masalaning qo’yilishi, yechilish algoritmi, C++ tilidagi dasturi va natijalaridan iborat.
C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bo`lib, ++ belgisi inkrement amali, ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish amalidan olingan. C ++ dasturlash tili turli xil amaliy dasturlarni yaratish, operatsion tizimlarni, qurilma drayverlarini, shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi. C ++ dasturlash tili 1980-yillarning boshlarida Bell Laboratories firmasi xodimi Byorn Stroustrup tomonidan yaratilgan. Byorn Stroustrup Byorn Stroustrup o'zining ehtiyojlari uchun C dasturlash tiliga bir qator yangiliklar kiritmoqchi bo`ldi, ya'ni dastlab C ++ dasturlash tilini yaratish rejalashtirilmagan edi. U dastlab o`zi yaratgan dasturlash tilini “C with classes”(“C bilan sinflar”) deb nomladi. Dasturlash tilining dastlabki versiyasi 1980 yilda paydo bo'lgan. Straustrup dasturlash tiliga sinflar va ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini qo'shdi va shu bilan C sintaksisi asosida yangi dasturlash tili uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. C++ sintaksisi C sintaksisiga asoslangan bo`lib, Byorn Stroustrup C tili bilan moslikni saqlashga intildi. 1983 yilda dasturlash tili "C ++ dasturlash tili" deb o'zgartirildi. C++ Cga ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarni qo'shdi. Oby’ektga yo`naltirilgan dasturlashning uchta xususiyatini mavjud:, meros (nasledovaniye), polimorfizm va inkapsulyatsiya. Usul(Metod) - bu sinf ichida e'lon qilingan va uning ob'ektlari bilan ishlashga mo'ljallangan funktsiyadir. Usullar sinf tanasida e'lon qilinadi. Meros (Nasledovaniye) C ++ tilida bitta sinf xossa- xususiyatlarini boshqa sinf meros qilib olishi mumkin. Merosxo`r klass o'z maydonlarini va funktsiyalarini yaratishi yoki asosiy sinfning funktsiyalarini qayta aniqlashi mumkin. Merosxo'r konstruktor asosiy sinf konstruktorlarini chaqiradi. Destruktor esa teskari tartibda ishlaydi. Meros umumiy(publik), himoyalangan (Protected) va xususiy (private) bo`lishi mumkin. Polimorfizm Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashda qo'llaniladigan polimorfizmning maqsadi, sinf uchun umumiy bo'lgan harakatlarni belgilash uchun bitta nomdan foydala-nishdir. Har bir harakatning bajarilishi ma'lumotlar turiga qarab belgilanadi.
Polimorfizmning afzalligi shundaki, u bitta interfeysdan foydalanib yagona harakatlar sinfini aniqlashga imkon berish orqali dasturlarni soddalashtirishga yordam beradi. Inkapsulatsiya C++ da ma'lumotlarni tashkil qilish klasslar orqali amalga oshiriladi. C++ klassi maydonlar, turlar va funktsiyalaridan iborat bo'ladi. C++ tilidagi inkapsulatsiya klass a'zolarining ta’sir doirasini belgilaydi: ular ommaviy, himoyalangan va xususiy bo`lishi mumkin. Standart kutubxona C ++ dasturlash tilida standart kutubxona sinflar va funktsiyalar to'plamini anglatadi. Standart kutubxona bir nechta asosiy konteynerlarni, ushbu konteynerlar bilan ishlash funktsiyalarini, ob'ektlarni, satr va oqimlarning asosiy turlarini, ba'zi til xususiyatlarini va amallarni bajarish uchun tez-tez ishlatiladigan funktsiyalarni o`z ichiga oladi. Masalan, sonning kvadrat ildizini topish. Standart kutubxonaning funktsional xususiyatlari std nomlar fazosida e'lon qilinadi. C dasturlash tilidan dan farqli tomonlari:
• ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni qo'llabquvvatlash;
• andozalar orqali umumlashtirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlash;
• qo'shimcha ma'lumotlar turlari;
istisnolar;
• nom maydonlari;
• ichki funktsiyalar;
• operatorning yuklanishi(peregruzka);
• funktsiyalarning yuklanishi;
• a xotirani erkin boshqarish operatorlari;
• standart kutubxonaga qo'shimchalar.
Afzalliklari: • C tili bilan yuqori muvofiqlik • Hisoblash samaradorligi • Turli dasturlash uslublarini qo'llab-quvvatlash: tarkibiy, ob'ektga yo'naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash. • Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi. • Ortiqcha yuklangan operatorlar • shablonlar • To'g'ridan-to'g'ri kompilyatorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo'llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi. • C ++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko'p o'quv adabiyotlari mavjud Kamchiliklari: • Noto'g'ri ishlab chiqilgan sintaksisning mavjudligi tilning qo'llanilishini pasaytiradi • Til ko'p muhim xususiyatlarga ega emas. • Dasturchilar uchun unumdorligi ancha past • Noqulay sintaksis • Og'ir meros • Xotirani kuzatib borish zarurati Dev C++ dasturi mihitida ishlash Dev-C ++ (Dev-Cpp) - bu C / C ++ dasturlash tillari uchun bepul dasturlarni ishlab chiqish muhiti. Dev-C ++ dastur oynasini quyidagi ko`rinishda bo`ladi: Fayllardan birini ochish uchun navigatsiya panelida ko'rsatilgan element orqali yoki Ctrl + O tugmalaridan foydalanish mumkin. C ++ tilida yozilgan dasturlar ishga tushirishdan oldin kompilyatsiya qilinishi kerak va shundan keyingina ijro etilishi kerak. Buning uchun Dev-C ++ uchta piktogrammadan foydalanadi . - Скомпилировать - dastur kodini oddiy kompilyatsiya qilish. Ushbu bosqichda kompilyator yozilgan kodni xatolar uchun tekshiradi va agar hamma narsa tartibda bo'lsa, dastur kodini - *. exe bajaruvchi faylga uzatadi. Agar xatolar bo'lsa, unda kompilyator ishi to'xtatiladi va xatolarni topish va tuzatishga yordam berish uchun " Компилятор " oynasida xato kodlari ko'rsatiladi. Tezkor tugma - F9. Выполнить - bu buyruq kodni qayta kompilyatsiya qilmasdan takroran ishlashimizga imkon beradi. Tezkor tugma - F10. -Скомпилировать и выполнить - agar biz kompilyatsiya qilinganidan keyin darhol dasturning bajarilishini konsolda ko'rishni istasak, unda biz ushbu belgidan foydalanamiz. Tezkor tugma - F11. Barcha ishlaydigan dasturlar konsol oynasida ochiladi. Agar dasturda rus tilidagi matnni ishlatsangiz, u holda bu matn konsolda tushunarsiz belgilar bilan ifodalanadi. Buni tuzatish uchun konsol oynasining yuqori qismiga sichqonchaning o'ng tugmachasi

bosish va paydo bo`lgan darchaning pastki qismida " Свойства " punktini tanlash kerak. " Шрифт “ varag`iga o`tiladi - va "Lucida Console" buyrug`i tanlanadi. Konsol oynasida matnni ko'rsatish uchun shrift o`lchamini o`zgartirish mumkin. «Цвета“ varag`iga o`tiladi. Bu erda konsol oynasida fon rangini va shrift rangini o'zgartirishimiz mumkin. Agar qora fonda oq shriftni afzal ko'rsangiz, unda hech narsaga tegish kerak emas. O'zgarishlardan so'ng dastur konsol oynasida quyidagi ko`rinishga keladi:




Yüklə 60,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin