Kompyuter tarmog’i. Kompyuter tarmog’i turlari. Kompyuter tarmog’ining texnik ta’minoti



Yüklə 32,17 Kb.
tarix17.05.2022
ölçüsü32,17 Kb.
#58356
akt


Mavzu: Komyuter tarmoqlarining texnik ta’minoti

Reja:


  1. Kompyuter tarmog’i.

  2. Kompyuter tarmog’i turlari.

  3. Kompyuter tarmog’ining texnik ta’minoti.


Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq, va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.

Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir.



Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.

Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.



Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.

Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.

Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.



Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:


  • Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;

  • Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;

  • Boshqarish usuli bo’yicha;

  • Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;

  • Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.



Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:

  • Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);

  • Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN–Metropolitan Area Network);

  • Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);


Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.

Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi.

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.

Kompyuter tarmog’ining texnik ta`minoti

Kompyuter tarmog’ini tashkil qilish uchun albatta bir nechta tarmoqda ishlatiladigan texnik vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar vazifalari har xil bo’lishi mumkin, lekin ularning ayrimlari tarmoqdagi axborot almashinuviga yordam bersa, ayrimlari axborot almashinuvi ishonchligini oshiradi, ayrimlari esa uzatish tezligi va masofasini oshiradi va hakozo.



Kompyuter tarmog’ini tashkil qilishda tarmog’da ishlatiladigan texnik vositalar


  • Aloqa kabellari- Линия связи Network cable

  • Tarmoq kartasi - Сетевая карта- Network Card

  • Trаnsivеrlаr - Трансивер- Transceiver

  • Takrorlagichlar - Повторитель- Repeater

  • Kоnsеntrаtоrlаr - Концентратор- Hub

  • Ko’priklar - Мост - Bridge

  • Kommutatorlar - Коммутатор- Switch

  • Mashrutlovchilar-Маршрутизатор- Router


Foydalanilgan adabiyotlar

http://download.myshared.ru/RHup4-29UJn-AnSMMM3EwQ/1640189073/1427572.ppt



https://fayllar.org/upload/download/id117637

https://kompy.info/download/kompyuterlarning-texnik-taminoti-kompyuter.doc
Yüklə 32,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin