Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari



Yüklə 1,86 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#162578
Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari

Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari

Kompyuter viruslari o‘zini-o‘zi ko‘paytirib, dasturlar va xotiraning tizimli sohalariga kira oluvchi buzg‘unchi dasturlardir.

Viruslarning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.

Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi.

Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘zi ko'payuvchi dasturlar mexanizmi nazariyasini taklif qiladi.


Djon fon Neyman

Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Viras 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi viras yaratildi.

Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:

• Ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo‘ladi;

• Kompyuterda noma’lum dasturlaming ishga tushishi;

• Kompyuter tez-tez “osilib” qolishi yoki sekin ishlashi;

• Fayllar yo‘qolib yoki kengaytmasining o‘zgarib qolishi.

Oldinlari turli ko‘ngilochar dasturlar jamlangan ma’lumot tashuvchi disketlar virus tarqalishining asosiy vositasi hisoblangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, lokal va Internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan viruslar asosiy xavf manbaiga aylanib bormoqda.

Troyan nomi ostida ma’lum bo‘lgan virus kompyuter xotirasiga biror ochiq dasturiy ta’minot ko‘rinishida kiradi va axborotni yig‘ish, kerakli manzilga jo‘natish, kompyuter tizimini ishdan chiqarish, kompyuter resurslaridan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish vazifalarini bajaradi.

Viruslarni kompyuter xotirasiga kirib olishini istisno qilish uchun quyidagi xavfsizlik tadbirlariga amal qilish lozim:

Tizimli fayllami ruxsatsiz o'zgartirmaslik.


Adminstratoming alohida imkoniyatlar yaratuvchi yozuvlaridan zarurat tug‘ilmasa, foydalanmaslik;
Shubhali manbalardan kelgan noma’lum fayllami ishga tushirmaslik;
Antiviruslar quyidagi
turlarga bo'linadi:
1. Detektor - dasturlar;
2. Doktor - dasturlar
4. Filtr - dasturlar.
3. Revizor - dasturlar;

Antiviruslar ichida eng ishonchli himoya vositasi sifatida revizor - dasturlar hisoblanadi.


Revizorlar kompyuterdagi dasturlarning viruslar bilan zararlanmagan dastlabki holatini yodda saqlaydi va joriy holatni solishtirib boradi.

Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter - yangilash yordamida eng kamida bir oyda bir marta antiviruslar bazasini yangilab turish zarur.


Buning natijasida foydalanuvchi kompyuterni jahon hisoblash to‘rida to'xtovsiz ishlab chiqilayotgan yangi viruslardan himoyalanishni mustahkamlaydi.

Ishchi dasturlar yordamida kompyuterni himoyalash rejasini amalga oshirish, statistikasi va monitoringini olib borish, zaruriyat bo‘lganda qaytadan tiklash uchun ehtiyot disklarini yaratish kabi vazifalarni bajarish mumkin.

Savol va topshiriqlar

1. Kompyuter viruslari deganda nimani tushunasiz?

2. ESET ENDPOINT Antivirusi dasturidan foydalanishni tushuntirib bering.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin