Kompyuterli modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi



Yüklə 316,11 Kb.
səhifə1/9
tarix08.04.2023
ölçüsü316,11 Kb.
#95006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kompyuterli modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashti


Kompyuterli modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi. Fizikadan amaliyotlarni tashkil qilishdagi asosiy masalalardan biri talabalarning dars jarayonidan, tajriba jarayonidan yetarli fizik ma’lumotlarni olishlaridir. Matematik qayta ishlash esa har bir laboratoriya shi uchun kerak bo’ladi Oxirgi yillarda keng ko’lamda rivojlanayotgan hisoblash mashinalari fizik jarayonlarni matematik modellashtirishda, natijalarni qayta ishlashda va boshqa ishlarga juda qo’l keladi EHMlarni yuqoridagi masalalar bo’yicha qo’llashga quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin.Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish usuli yordamida tuzilgan algoritm asosida va ekranda namoyish qiladigan, tajriba natijalarini qayta ishlaydigan dasturlar yaratish. Tekshiruvchi va baholovchi dasturlarni tuzishning yaxshi tomoni shuki talaba yoki o’quvchiga biror savolga javobni bir qancha variantlar ichidan tanlash mumkin. Bunda talabaga javob berishga mustaqil fikrlash vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. O’rgatuvchi dasturlarni odatda ikkiga ajratishadi: chiziqli va tarmoqlangan.Chiziqli dasturlar yordamida o’rgatish yoki o’qitishda barcha o’quvchilarga bir xil mavzu beriladi, har bir o’quvchi keyingi mavzuga o’tishi uchun shu mavzuni to’liq o’zlashtirishi ya’ni mavzuni o’qib bo’lganidan so’ng beriladigan savollarga yetarlicha javob bera olishi kerak. Shunday qilib barcha o’quvchilar bir xil ketma-ketlikda oldinga intilishadi, lekin tezliklar har xil bo’lishi mumkin., bu o’quvchining mavchining mavzuni qanchalik tez o’zlashtira olishiga bog’liq.Tarmoqlangan o’rgatuvchi dasturlar ham har bir o’quvchi o’z qobiliyati bo’yicha o’z yo’lini tanlashiga imkon beradi, bu qo’shimcha tushintirishlar oldingi mavzuni qanchalik o’zlashtirib olganligi savollargsa bergan javoblari mazmuniga qarab o’quvchiga kattaroq qadam tashlashga imkon berishi mumkin.Matematik model yordamida o’rganishning hozirgi davrda qo’llanilishi asosiy sabablaridan biri EHMni qo’llash bo’lsa boshqa tomondan u material jihozlar talab qilmaydi va tez har xil variantlarni sonli tajriba o’tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari shunday jarayonlar mavjudki, ularni faqatgina matematik model yordamida o’rganish mumkin.

Yüklə 316,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin