Kontakt hodisalar



Yüklə 231,62 Kb.
səhifə1/2
tarix05.06.2023
ölçüsü231,62 Kb.
#124908
  1   2
Kontakt hodisalar


KONTAKT HODISALAR
Qattiq jism o'tkazuvchanlik turi bilan farqlanuvchi yoki o‘tkazuvchanlik
turi bil xil boiib, solishtirma qarshiligi bilan farqlanuvchi
sohalari orasidagi kontakt natijasida hosil bo‘ladigan o‘tkinchi qatlam
elektr o ‘tish deb ataladi. Yarimo'tkazgich asboblarda elektron - kovak
o ‘tish yokip - n o‘tish debataluvchi elektro‘tishdankengfoydalaniladi.
Taqiqlangan zonalari kengligi teng, ya’ni kimyoviy jihatdan bir
xil yarimo‘tkazgich materiallar (masalan, Si yoki GaAs) asosidagi
elektr o‘tishlar gomoo‘tish, taqiqlangan zonalari qiymati bir-biridan
farqlanuvchi yarimo‘tkazgichlar asosidagi o‘tishlar esa geteroo ‘tish deb
ataladi. Metallarda taqiqlangan zona bo‘lmagani sababli geteroo‘tishlaming
xususiy holiga mos, metall — yarimo‘tkazgich deb ataluvchi
elektr о ‘tishlar ham elektronikada keng qo‘lIaniladi.
Ko‘p yarimo‘tkazgich asboblar va integral mikrosxemalaming
ishlash prinsipi elektr o‘tishlaming xususiyatlariga asoslanadi.
Muvozanat holatda p-n o‘tish
Yarimo‘tkazgich asboblarning aksariyati bir jinsli bo'lmagan yarimo‘
tkazgichlar asosida yaratiladi. Xususiy holda, bir jinsli bo‘lmagan
yarimo‘tkazgich monokristallning ma’lum sohasi p - turli, boshqa sohasi
n - turli o'tkazuvchanlikni namoyon etadi. Yarimo‘tkazgichning p -
va n — sohalari chegarasidan ikki tomonda hajmiy zaryad sohasida
elektron — kovak o‘tish yoki p-n o‘tish hosil bo‘ladi. Uning ishlash
mexanizmini oydinlashtirish uchun n - sohadagi elektronlar va p -
sohadagi kovaklar soni bir-biriga teng va har bir sohada oz miqdorda
noasosiy zaryad tashuvchilar mavjud deb hisoblaymiz. Xona temperaturasida
p — turli yarimo‘tkazgichda akseptor kirishmalar manfiy ionlari
konsentratsiyasi Na\ kovaklar konsentratsiyasi pp ga, n - turli
yarimo‘tkazgichda esa donor kiritmalar musbat ionlari konsentratsiyasi
N /, elektronlar konsentratsiyasi n„ ga teng. p - v& n - sohalar chegarasida
kovaklar va elektronlar konsentratsiyasi gradienti mavjud
bo‘lganligi sababli elektronlaming p - sohaga, kovaklaming n – sohaga diffUziyasi boshlanadi.


2.1-rasm. Termodinamik muvozanat holatidagi p-n o‘tish.
Diffuziya natijasida chegara yaqinidagi n - sohada elektronlar
konsentratsiyasi qo‘zg‘almas musbat donor ionlari konsentratsiyasidan
kamayadi va bu qatlam musbat zaryadlana boshlaydi. Bir vaqtning
o‘zida chegaradosh p - sohada kovaklar konsentratsiyasi ham qo‘zg‘
almas manfiy akseptor ionlari konsentratsiyasidan kamayadi va bu
qatlam manfiy zaryad ola boshlaydi (2.1a-rasm). Natijada, chegaradan
ikki tomonda qo‘sh elektr qatlam hosil boiadi. Rasmda musbat va
manfiy ishoralar bilan belgilangan doirachalar mos ravishda donor va
akseptor kiritmalar ionlarini tasvirlaydi. Hosil bo‘lgan qo‘sh elektr
qatlami p-n o'tish deb ataladi. Ushbu qatlamda harakatchan zaryad
tashuvchilar bo‘lmaydi. Shuning uchun uning solishtirma qarshiligi p -
va n - sohalamikiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. Adabiyotlarda bu
qatlam kambag‘allashgan yoki i-soha deb ataladi.
p - va n - sohalar chegarasidan ikki tomonda joylashgan hajmiy
zaryad musbat va manfiy ishoraga ega bo‘Igani sababli p-n o‘tish
sohasida kuchlanganligi Ё bo‘lgan ichki elektr maydon hosil qiladi.
Ushbu maydon qo‘sh elektr zaryad sohasiga kirgan asosiy zaiyad
tashuvchilar uchun tormozlovchi ta’sir qilib, ulaming p-n o‘tish orqali
qo‘shni sohaga o‘tishiga qarshilik ko'rsatadi. Potensialning p-n o‘tish
yuzasiga perpendikular bo‘lgan X yo‘nalishda o'zgarishi 2.1b-rasmda
ko‘rsatilgan. Bu yerda p - va n - sohalar chegarasidagi potensial nol
potensialga teng deb qabul qilingan.
funksiyasi
hamda zaryad tashuvchilaming zonalar bo‘yicha taqsimlanishi
bilan birgalikda 2.1 d-rasmda ko'rsatilgan.
p-n o‘tishda voltlarda ifodalangan kontakt potensiallar farqi
ga teng bo‘lgan potensial to‘siq yoki kontakt potensiallar farqi
hosil bo‘lishi 2.1b-rasmdan ko‘rinib turibdi. Uk qiymati yarimo‘tkazgich
taqiqlangan zona kengligi va kiritmalar konsentratsiyasiga bog‘liq
bo‘lib, quyidagi ifoda bilan hisoblanadi

Odatda germaniyli p-n o‘tishlar uchun kontakt potensiallar farqi
V ni, kremniylilar uchun esa - 0,7V ni tashkil etadi.
p-n o‘tishni hosil qiluvchi Nd va Na kiritmalar konsentratsiyasi
texnoiogik chegarada zinasimon o‘zgarsa keskin p-n o'tish yuzaga
keladi. Uning kengligi l0 nafaqat kiritmalar konsentratsiyasiga, balki o‘tishdagi konsentratsiyaning o‘zgarish qonuniyatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi.

va mikrometming o‘nlarcha ulushidan bir necha mikrometrgacha
bo‘lgan qiymatlarni tashkil etadi. Demak, tor p-n o‘tish hosil qilish
uchun yarimo‘tkazgichga yuqori konsentratsiyali kiritmalar kiritish,
keng p-n o‘tish hosil qilish uchun esa kiritmalar konsentratsiyasi kichik
bo‘lishi kerak.
Bu yerda, q - elektron zaryadi, - elektr doimiysi, - yarimo‘tkazgichning nisbiy elektr doimiysi.

2. Nomuvozanat holatda p-n o‘tish



Yüklə 231,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin