Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori



Yüklə 8,12 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü8,12 Kb.
#185055

Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tuman 27-umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika va axborot texnologiyalarifani o’qituvchisi pedagogik amaliyotchisi Abdurazzaqov Dadaxon Hamdullayevichning 5-sinfda “Paintda amallar bajarish”mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “__”-noyabr 2023-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: I. Hakimov
Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi: S. Sharipov
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
1. 5-sinfda Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha “Paintda amallar bajarish”mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori I. Hakimov so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan va ilg’or pedagogic texnologiyalardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, S. Sharipov o’z so’zida dars davomida har bir o’quvchilar o’qituvchi nazaridan chetda qolmaganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlarini o’zlashtirishda qiyinchiliklar bo’lmaganligi ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida to’xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuqlarga erishilganligi to’g’risida to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:

  1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “na’munali” deb baholansin.

  2. Darsda yo’l qo’yilgan yutuq va kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.



Yigilish raisi: I. Hakimov
Aniq fanlar metod
birlashma rahbari: S. Sharipov
Yüklə 8,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin