Криптовалюты как активировать цифровой экономики



Yüklə 7,23 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,23 Kb.
#198811
Aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo\'lgan bolalar uchun ta\'lim muassasalari

Aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ta'lim muassasalari


Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil belgilardan tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (oo‘zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida sog‘lom tengqurlari kabi so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari o‘quv rejasiga «Labdan o‘qish» ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash mashg‘ulotlari kiritilgan.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jihozlanadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.
Xozirgi kunda surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta’lim bilan erta qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya-kompensatsiya qilinishi masalalari dolzarbdir.
Respublika ijtimoiy adaptatsiya markazi, Avloniy nomidagi XTXMO instituti xamda RTM xodimlari buning uchun uslubiy ko‘rsatmalar yaratish ustida faol mexnat qilib kelmoqdala
Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini his etgan o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak.
Buning uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon etishga o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi.
Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunativ tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdan-o‘xshashlikka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi.
Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi.

Sinflar maxsus jihozlanadi. Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi.

  • Sinflar maxsus jihozlanadi. Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi.
  • Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi. 

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 7,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin