Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay, uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqining miqdori qo‘shimcha deyiladi va «Q» harfi bilan belgilanadi. Qo‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab zarur bo‘lgan minimal (texnik) «Qtex» va konstruktiv-dekorativ – «Qkd» qo‘shimchalarga bo‘linadi. «Qtex» – qo‘shimcha bemalol harakat qilishi, bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilish imkonini beradi.
Texnik qo‘shimcha o‘zi 4 ga bo‘linadi: - minimal qo‘shimcha; - kiyim qavati uchun; - erkin harakatlanish uchun; - texnologik. Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm bo‘lishi hisobga olinadi. Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi. Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga, assortimentiga qaraladi. Texnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga, qalinligiga qarab ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar bilan ishlov berish hisobga olinadi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar ikkiga bo‘linadi: - konstruktiv qo‘shimcha; - dekorativ qo‘shimcha. Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimning bichimi hisobga olinadi. Dekorativ qo‘shimchalarda kiyim bezaklari uchun beriladigan qo‘shimchalar hisobga olinadi.
Yettinchi bo‘yin umurtqasi va old qism bo‘yin chuqurchasi orqali bo‘yin asosi bo‘ylab o‘lchanadi.
C k1
Ko‘krakning birinchi yarimaylanasi
Santimetrli lenta gavda ort qismida kuraklar bo‘ylab qo‘ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari balandligidan gorizontal, old k qismida – ko‘krak bezlaridan yuqorida o‘tadi.
C k2
Ko‘krakning ikkinchi yarimaylanasi
Gavdaning ort qismida santimetrli lenta C k2 holatdagidek qoladi; old qismida – ko‘krak bezlarining turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab o‘tadi.
S bel
Bel yarimaylanasi
Bel chizig‘i ustidan tasma bo‘ylab gorizontal o‘lchanadi
Loyihalanadigan yelka chokidan uzunlik darajasigacha umurtqa bo‘ylab; belga yopishib turadigan kiyimlarda bel bukilishini hisobga olib o‘lchanadi (Dk ikkita o‘lchamdan iborat bo‘lishi mumkin; Dor.b.l+Dyu).
Bo‘yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan, qo‘ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o‘tadigan gorizontalgacha vertikal o‘lchanadi.
Deng
Yeng uzunligi
Yelka nuqtasidan sal bukilgan tirsak orqali bilakkacha o‘lchanadi.
Oe
Yelka aylanasi
Qo‘ltiq chuqurligi darajasida gorizontal o‘lchanadi.
Obil.
Bilak aylanasi
Panja bilakka ulanadigan joydan o‘lchanadi.
Opn.
Panja aylanasi
Panjaning eng keng joyidan o‘lchanadi.
V bo‘k
Bo‘ksa balandligi
O‘tirgan holatda bel darajasidan stulgacha yon tomon bo‘ylab vertikal o‘lchanadi.
Nazorat uchun savollar: 1.O’lchov nima bilan amalga oshiriladi? 2.Gavdadan olingan o’lchovlar necha turga bo’linadi? 3.Qaysi o’lchamga binoan kiyim o’lchami aniqlanadi?