O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi q
KURS ISHI Mavzu: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiy integratsiya aloqalari. KIRISH
Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.
Yevropa Ittifoqi tashkiloti haqida.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining iqtisodiyoti.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining iqtisodiy integratsiya aloqalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitishda muayyan fan dasturi asosida tuzilgan darslikni, mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritilgan uni puчta o‘zlashtirishni ta’minlovchi mazmun va shaklan turlarga moslashtirilgan innovatsion metodlar asosida qiziqarli topshiriqlar, nostandart testlar, mantiqiy va alternativ testlar va ko‘rsatmalar,ularning yechimlari ifoda etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, kasbga qiziqishini kuchaytirish uni mustahkam egallash va nazariy bilimlarni amaliyot bilan keng bog‘liqligini ta’minlash, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilish har tomonlama ilmiy asoslangan tahlilni talab etadi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida barcha fanlardan o‘quv kursi mazmuni bo‘yicha nostandart testlar bankini tuzib, mazkur testlardan ”MY Test” dasturi vositasida adaptiv test topshiriqlarini yaratib, talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonini tashkil etilgan va bu jarayon ta’lim samaradorligini ortishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan geografiya ta’lim yo‘nalishida DTS va namunaviy dasturida ko‘rsatilgan mavzularni qisqacha mazmuni, muammoni nazorat va muhokama uchun topshiriqlar o‘ziga xos innovatsion metodlar asosida yoritilgan.
“Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fani ko‘plab fanlar bilan uzviy aloqada jamiyatni hududiy tashkil etish va boshqarishni majmuali o‘rganish bilan ajralib turadi. “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” predmetining birinchi bo‘limi ishlab chiqarish kuchlarining turli darajadagi tarmoq, tarmoqlararo va hududiy shakllanishi, rivojlanishi va boshqarilishini takomillashtirishdan iborat jarayonlar tashkil qiladi. Bu jarayonlar nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va muammolarni o‘z ichiga oladi: tabiiy muhit va tabiiy resurslar majmuasi, aholining demografik xususiyatlari va joylashishi, urbanizatsiyaning eng rivojlangan shakllariga (megapolis) qadar jarayonlar, xalq xo‘jaligini yetakchi sohasi sanoat va uning tabaqalashgan tog‘-kon, yoqilg‘i-energetika, metallurgiya (qora va rangli), mashinasozlik, kimyo, o‘rmon-selluloza, yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish majmuasi (ziroatchilik va chorvachilik), transport tizimi va uning mamlakat, mintaqaviy, xalqaro mehnat taqsimotidagi integratsion hamda aholi xo‘jaligi tarmoqlarini hududiy tashkil qilish, ilmiy-texnika taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
“Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini ikkinchi bo‘limida mintaqalar va mamlakatlarning tabiiy sharoitlari va tabiiy resurslari, rivojlanishining tarixiy bosqichlari, demografik jarayonlari, mehnat resurslari va mehnat bozori, xo‘jalik tarkibi, bozor infratuzilmalari, mamlakatni tashqi iqtisodiy aloqalardagi va xalqaro iqtisodiy integratsiyadagi ishtiroki, hududiy tafovutlarini majmualari to‘g‘risida bilim beradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar oliy ta’limda malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda, ta’lim berishni zamonaviy samarali bo‘lgan usullarini keng joriy etishdan iborat vazifalarni qo‘ymoqda, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fan asoslarini muammolarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy innovatsion usullar asosida oson o‘zlashtirishlari, mustaqil bilim olishlarida berilgan o‘quv topshiriqlar, nostandart testlar, mantiqiy, alternativ testlar va ko‘rsatmalar ularning yechimlaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi qo‘llanmada ifoda etilgan.
Ta’lim samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirishda, jahon ta’lim standartlari darajasiga va kasbiy qiziqishni kuchaytirishga uni mustahkam egallashga va nazariy bilimlarni amaliyot bilan keng bog‘liqligini ifoda etishda xizmat qiladi. Kurs ishini tayyorlashda sohaning yetuk olimlarining asarlari, darsliklari va qo‘llanmalaridan foydalanildi.