2. Yevropa Ittifoqi tashkiloti haqida.
Yevropa Ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. YEI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992-yil Maastrixt shahrida (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 ta davlat va hukumat boshliqlari imzo chekkan.
Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan.
YEIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002-yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish.
YEI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 ta mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002-yil yanvar). Qarorgohi Strasbur shahrida (Fransiya).
Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatdi.
1999-yil 1-iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratdilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminladilar.
Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 ta davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957-yilga, 6 ta Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi.
Yevropa Ittifoqi 1992-yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 ta davlatni oʻz ichiga olgan. 2005-yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi.
Ikki yildan soʻng ular soniga Bolgariya hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 ta davlatdan iborat.
1957-yil: Belgiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Luksemburg,
Niderlandiya — 6 ta
1973-yil: Daniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya — 9 ta
1981-yil: Gretsiya — 10 ta
1986-yil: Portugaliya, Ispaniya — 12 ta
1995-yil: Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya — 15 ta
2004-yil: Kipr, Chexiya, Estoniya, Latviya,
Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya — 25 ta
2007-yil: Bolgariya, Ruminiya — 27 ta.
2013-yil: Xorvatiya — 28 ta.
Yevropa mintaqasida joylashmagan quyidagi hududlar ham Yevropa Hamjamiyati hududi hisoblanadi: Azor orollari, Gvadelupa (Avliyo Martin va Sen-Bertelmi orollarining shimoliy qismi), Kanar orollari, Madeyra, Martinika, Melilya, Reyunyon, Seuta, Fransuz Gvianasi.
Yevropa Ittifoqi qiymati 5 milliard yevroni tashkil qiluvchi Yevropa tinchlik jamgʻarmasini (EPF) tasdiqladi. Jamgʻarma mablagʻlari Yevropa Ittifoqining sherik-davlatlariga xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni mustahkamlashda yordam berish uchun moʻljallangan. Pul mablagʻlari fondning 2021–2027-yillardagi faoliyati uchun hisoblab chiqiladi.
Asosiy maqsad Yevropa Ittifoqining nizolarning oldini olish, tinchlikni saqlash, xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Ushbu mablagʻ sherik mamlakatlarga tinchlikni saqlash harakatlari uchun, shuningdek ularning qurolli kuchlar jangovar qobiliyatini oshirishga ham yoʻnaltiriladi. Uzluksiz tinchlikni faqat xalqaro barqarorlik va xavfsizlikka sarmoya kiritish yoʻli bilan qurish mumkin.
Yevropa Ittifoqining istagi bor va bugun zarur moliyaviy vositalar yaratildi. Yevropa tinchlik jamgʻarmasi sherik davlatlarimizga umumiy xavfsizlikni hal qilishda moddiy yordam berishga imkon beradi“, — deydi Portugaliya tashqi ishlar vaziri Augusto Santos Silva. Bundan oldin esa Yevropa Ittifoqining koʻmagi faqat Afrika mamlakatlaridagi tinchlikparvarlik operatsiyalariga taqdim etilardi.
Dostları ilə paylaş: |