SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 4
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 697
PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TEXNOLOGIYASI
Orzigul Abdullayevna Nodirova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va
adabiyoti universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada pedagogikaning asosiy nizolari, o’quvchi va talabalar o’rtasida
tushunish va tushuntirish metodlari, mukammal pedagogning katta tajribasi, o’qituvchi
va o’quvchi o’rtasidagi munosabati yoritib berilgan.
Tayanch so’zlar:
Odob-axloq, to’g’ri tarbiya,
muomola madaniyati, fidoiylik,
halollik, go’zallik, adolatlilik.
"Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu
sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin,
maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p
vaqt yo'qotganmiz”.
Shavkat Mirziyoyev.
Pedagogik nizolarning asosiy sabablaridan biri bu - pedagogik jarayondagi aloqalar
tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomola munosabatlar katta o’rin
egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura yetakchi kishidir. O’qituvchi
pedagogik ishda fidoiylik ko’rsatib muallimlik burchini
yuksak darajada bajarib
bolalarga bilim berib ular qalbiga halollik, go’zallik,
odob-axloq nurini singdira
olganliklari o’quvchiga nisbatan xushmuomalalikda bo’lganliklari uchun obro’ va
hurmatga erishganlar.
Afsuski barcha o’qituvchilar ham to’g’ri tajribaga, yetarli bilim va ko’nikmlarga
ega emas. Ayrimlari o’quvchilarga yetarli bilim bera olmaslik bilan o’quvchi ko’ngliga
yo’l
topa olmasa, ayrimlari qo’pol muomola, o’quvchini o’rinsiz dilini og’ritish bilan
ajralib turadi.
Bunday
pedagoglar yoshlar tarbiyasiga, ularning bilim doirasining yuksalishiga,
axloqiga salbiy ta’sir etadilar. Ayniqsa u boshlang’ich sinflarga ularning kelajagiga ham
nojo’ya ta’sir etadigan darajaga borib yetadi. Natijada o’quvchi yoshlar kelajakda yetuk
marralar, maqsadlarga intilmay o’qituvchidek sharafli kasbga havas qilmay qo’yadilar.
Bunday bilim berish, muomola jamiyatda umuminsoniy milliy-axloqiy normalarga
to’g’ri kelmaydi.
Pedagogik jarayonda o’quvchi talabalar tabiati shu darajda murakkabki uni to’g’ri
shakllantira boorish uchun o’qituvchidan
yuksak malaka, kuchli bilim,
yetuk tajribali