Pedagogik nizolar va ularning oldini olish texnologiyasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#168942
1   2   3   4   5
pedagogik-nizolar-va-ularning-oldini-olish-texnologiyasi

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 699
o’qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga xuda-bexuda do’q urib, baqirib muomala
qiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan
umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar
bolalar o’rtasida obro’ orttira olmaydilar. 
Pedagogik jarayonda, tarbiya jarayonida, odamlarning tabiati shu darajada
murakkabki, muallim ba’zan istasa-istamasa qo’pollik qilishga majbur bo’ladi. 
O’quvchi muallimning o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarda u o’zini tuta
olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, hatto qo’pollik holatini ham bolaga
yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni
to’g’ri yo’lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalayotganligi uchun qilayotganiga
ishonadi. 
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo 
halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarin bildirilgan
fikrimizga hamohangdir. Bunday holatlar ko’pincha tarbiyasi qiyin bola bilan
muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, 
bunday bola odatda nosog’lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhit
qurboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan
ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, 
xushmuomalaga, e’tiborga muhtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr-
toqatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham takidlaydilar. Muallimning biror tasodifiy 
hatti-harakati natijasida o’quvchilarda u haqida sodir bo’lgan fikr ham ta’lim 
tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi
mumkin.
O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish
yoki shaxsiy ish yuzasidan ayrim vaqtlari kelishmovchiliklari bo’lib turadi. 
O’quvchi atrofdagilarning unga bergan bahosiga nisbatan tanqidiy qaraydi. Uning
kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy
muvaffaqqiyat yoki kattalarning rag’bati bolaning o’ziga ortiqcha baho berishiga, 
o’ziga haddan tashqari ishonuvchanlikka olib keladi. Aksincha tasodifiy
muvaffaqqiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni uyg’otishi, ikkilanish, 
juratsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun
o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati alohida
nazokatni talab etadi.
Pedagogik nizo tushunchasi. Pedagogik nizo bu - o’qituvchi bilan o’quvchining
kelishmovchiliklari. 
Pedagogik nizolarning bir qator belgilari quyidagilardir: 
a)
Inqiroz; 
b)
Anglashilmovchilik; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin