Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning
ob’ektiv (tashqi) va
sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi
o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:
1. Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
2. Kuzatiladigan
ob’ekt tanlanadi;
3. Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
4. Tadqiqot
o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;
5. Kuzatishqancha davom etishi
qat’iylashtiriladi;
6. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (
o’yin, o’qish, mehnat va sportda)
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
7. Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan
o’tkazishi) tayinlanadi;
8. Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari,
kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat
va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati,
his-
tuyg’ulari, nerv sistemasining
tashqi ifodalari, temperament
xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,
harakatchanligi, ishchanligi, xulq-
atvori, nutq faoliyati va xokazolari
o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki
psixologik kechinmalar, yuksak
hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va
aql zakovatni tadqiq etishga bu
metodning imkoni etishmaydi.
Masalan,
go’dag bolani kuzatishda
uning harakatlari,
o’yinchoqlarga
munosabati, his
tuyg’usi, talpinishi,
maylli, hoxishi aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur
bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish
ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan
ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi
o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni,
chehradagi tashvish va iztirobni,
ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek,
sinchkovlik, teranlik, termulish kabi
ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning
kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash
mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning
titrashi, asabiylashish, nutqning
buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi
ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar
bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida
o’zini o’zi kuzatishdan
(introspeksiyadan) ham foydalaniladi.
Ko’pincha
tajribali psixolog yoki malakali mohir
o’qituvchi,
salohiyatli rahbar
o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy
xulosa chiqara biladi. Masalan,
o’z tafakkurini
kuzatib
o’zidagi emotsional o’zgarish haqida,
shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari
vujudga kelishi va ketishi
to’g’risida ma’lumot oladi.
Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay
tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini
kuzatadi. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay
va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham
mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi
boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson
psixikasini
o’rganishda suhbatning
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning
ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi,
o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka
shaxslar, guruh va jamoa bilan
o’tkazish
rejalashtiriladi,
o’rganilayotgan narsa
bilan uzviy
bog’liq savol-javob tartibi
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi
muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal
qilish jarayonida inson psixikasidagi
o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali
odamlarning tafakkuri, aql-zakovati,
xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim
saviyasi,
e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi
to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi,
tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini
aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada
keng
qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan
o’yinchoqlar, modellar, yozga sheerlarni tahlil qilish
orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik,
badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan
materiallar
to’plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt
o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psimxika
to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa
chiqariladi. Ijodiy faoliyat maxsullariga kundalik,
sxema, ixtiro, diogramma, kashfiyot, qurilma, asbob,
texnik model
ь,
moslama, milliy kashtachilik,
xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va
malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik disertatsiyasi, ilmiy
maruza, konspekt, takriz, tezis, maqola,
ko’rsatmali
qurollar, loyixa, konsepsiya,
san’atkor, artist va baxshi
ijodiyoti kabilar kiradi.
Test metodi. Test
– inglizcha so’z bo’lib, sinash,
tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy
o’sishini,
mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa
psixik xususiyatlarini tekshirishda
qo’llaniladigan qisqa
masala, topshiriq, misol, jumboq, syujjetli rasm yoki
shakl test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday
kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki
yaroqsizligi,
iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni
aniqlashda kishilarni saralashda keng
qo’llaniladi. Test
metodlarining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga,
tekshriuvchining mahoratiga va qiziqishiga
yig’ilgan
psixologik
ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy
tahlil qila bilishga
bog’liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz
psixologi A.Bine va uning
shog’irdi A.Siman insonning
aqliy
o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati
borligi
g’oyasini olg’a so’rganidan keyin psixologiyada
test metodi
qo’llana boshlandi. Hozirgi davrda nodir
testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg,
Kettell, Bartegg, Reksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi,
Raven va boshqalar ijodining
na’munalarini kiritish
mumkin.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo’llaniladi. Eng keng
tarqatilgan testlar qatoriga:
1. Bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgandeagnostik
metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb
nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan
foydalanishga mo’ljallangan),yozma testlar(maxsus blankalardagi savollardan bitta
to’g’risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo’naltirilgan), og’zaki testlar
(savollar tizimi umumiy ta’lim va Jismoniy tarbiyada tayyorgarlik darajasini aniqlaydi).
2. Insonning aql-
idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o’lchashga
mo’ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular rebral va novebral shakllarda tuzilgan
bo’lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn farosatlik, aqliy taraqqiyot darajasini
aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo’riqnomasida analogiyaga,
umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab
etiladi.
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’rganish va boholashga
mo’ljallangan bo’ladi; ular ijodkor shaxsining hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor
shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning maxsuldorligi; egiluvchanligi,
tezkorligi, topqirligi, argenalligi, talabchanligi, konstruktivligi va hokazo) o’rganishga
yo’naltiriladi. 4. Me’zonga mo’ljallangan (kreterial orientirlangan) testlar tekshiruvchidan
egallangan va kaspiy topshiriqlarni bajarish uchun etarli yoki etarli emasligini aniqlashga
mo’ljallangandir. Me’zon (kreteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud
emasligi xizmat qiladi. Me’zonning yaratilishi uning mantiqiy psixologik tuzilishini taxlil qilish
asosida quriladi. Bunda metodika bilan me’zonning psixologik munosibligi, relevandligi
oldindan hisobga olinishi lozim. 5. Shax’sga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi
qadriyatlaga munosabati,emsiona holatlari, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari,
xulq-
atvorining tipik shakllari va hokazolarni o’rganishga, o’lchashga, aniqlashga yordam
beradi. Ular shaxsni o’rganish shakllari, so’rovnomalari va bilim jarayonlarini o’lchash,
baholash, o’zini o’zi baholashga yo’naltirilagn bo’ladi. Shuningdek, sub’ektivlikni aks ettiruvchi
temtlartizimini ham qarmaboladi. 6. Proektiv testlar (lotincha prochestio
– oldinlab, ilgarilab
namoyon etish ma’nosini bildiradi) proeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan
shaxsni yahlit o’rganishga qaratilgan metodlar majmuosi proektiv testlar deyiladi. Endi testga
ayrim misollarni keltiramiz. Ortiqcha so’zni chiqarib tashlang: a) Enisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur
(javob: Dnepr
– u Evropada joylashgan); b) Petrozavodski, Ijevsk, Siktivka, Abakan (javob:
Abakan
– u Osiyoda joylashgan); Tajriba (eksperiment
Dostları ilə paylaş: |