Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, aniq, ishonchli va uzoqqa chidamli mashina va priborlar ishlab chiqish uchun texnikaviy o‘lchamlarni ilgarilab rivojlanishi zarur.
Metrologiya- bu fizikaviy kattaliklarni o‘lchashlar va bularni usullari
va vositalari yagonaligini ta’minlash haqidagi fan.
Metrologiya masalalari qatoriga quyidagilar kiradi:
o‘lchamlar umumiy nazariyasini rivojlantirish.
o‘lchash usullari va vositalarini, o‘lchash aniqligini topish usullarini ishlab chiqish.
fizikaviy kattaliklar birliklarini va ular sistemalarini kiritish;
o‘lchamlar yagonaligini, o‘lchash vositalarini va talab qilingan o‘lchash aniqligini yagona talablarga javob berishini ta’minlash;
etalonlar va namunaviy o‘lchash vositalarini kiritish;
kattaliklar birliklari o‘lchamlarini etalondan yoki namunaviy o‘lchash vositasidan ishchi o‘lchash vositasigacha uzatish usullarini ishlab chiqish va b.
O‘lchash deganda o‘lchash uchun maxsus mo‘ljallangan texnikaviy vosita yordamida o‘lchanayotgan fizikaviy kattalik uchun qabul qilingan birliklarda tajriba yo‘li bilan shu kattalikni qiymatini topish tushuniladi. Fizikaviy kattaliklar birliklari xalqaro SI sistemasida keltirilgan.
Kattaliklar birliklarini ifodalash va saqlash maqsadida, davlat uchun boshlang‘ich deb rasmiy ravishda tasdiqlangan, etalonlar ishlatiladi. Masalan metrni ifodalash uchun kripton Kr nurlanishining yorug‘lik etaloni ishlatiladi.
O‘lchash vositalari bir nechta turlarga bo‘linib, ular qatoriga etalonlar ham kiradi.