Kvadrat 2-sinf Darsning maqsadlari: ta’limiy



Yüklə 17,05 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü17,05 Kb.
#35244
2 sinf matematika fanidan kvadrat ma
Документ Microsoft Word, UMUMIY Orta talim 1 kurs ishi, 3. Diskret matematika va matematik mantiq (o'zbek), 3. Diskret matematika va matematik mantiq (o'zbek), umum psix Mus ish, animatsiya mustaqil ish, 1-маъруза, 1-amaliy mashgulot (1), Tadbir senariysi, 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2)

Kvadrat 2-sinf

 

Darsning maqsadlari:



ta’limiy: o‘quvchi­larga kvadrat haqida tushun­cha berish, fikrlash qobi­liya­­ti, qiziqishi va mantiqiy tafakkurini o‘stirish, aqlini   charxlash;

tarbiyaviy: har bir matema­tik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozir­javoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: matematik topshiriq­larni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: aralash.

Dars metodi: klaster, «zanjir» mashqi.

Dars jihozi: darslik, elektron vositalar, rasm­lar, tarqatma kartochkalar.

Kutilayotgan natija: o‘quvchilar dars yakunida kvadrat   haqida bilim, ko‘nik­ma va malakalarga ega bo‘ladilar.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

a) O‘quvchilarning darsga hozirligi   tekshiriladi, navbatchi   axboroti tinglanadi.

O‘qituvchi: — Bir yilda nechta fasl   bor? (Bir yilda 4ta fasl   bor: bahor, yoz, kuz, qish).

—         O‘lkamizda hozir qanday fasl hukm surmoqda? (Kuz fasli hukm   surmoqda).

— Fasllar nomini ingliz   tilida aytib bering (Spring, summer, autumn, winter).

— Vatanimizning nomini ayting. (Bizning Vatanimiz O‘zbekiston!)

— Davlatimiz ramzlarini aytib bera olasizmi? (Bayroq, gerb   va madhiyamiz).

— 2014- yil qanday nomlandi? (2014- yil — «Sog‘lom bola   yili»)



Spring is green.           Summer is bright.

Autumn is yellow.           Winter is white.

 


  1. Uy vazifasini   tekshirish va   o‘tilgan   mavzuni mustahkamlash.

Uy vazifasi bajarilgan daftarlar yig‘ib olinib, ikkinchisi tarqatiladi. O‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishda kartochkalar tarqatiladi. Uni qanday bajarish kerakligi tushuntiriladi. (Misolning to‘g‘ri javobidagi to‘rtburchak bo‘yaladi).

 

 



O‘qituvchi: — Demak, biz javoblarni katakchalarni bo‘yab topdik, o‘sha katakchalar   «Kvadratlar» deb nomlanadi.

  1. Yangi mavzu bayoni.

Bugun o‘tadigan yangi mavzumiz ham «Kvadrat». Kvadratning to‘rtta uchi, to‘rtta burchagi, to‘rtta tomoni bor. Barcha tomonlari bir-biriga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat   deyiladi.

E’tiborimizni 1- misolga qaratamiz. Bu yerda geometrik shakllar berilgan. Barchasining 4ta tomoni, 4ta burchagi bor. Lekin faqat uchinchisigina kvadrat deyiladi.

                        

Sinfxonadagi narsalardan kvadrat shakliga mos   keladiganlarini ayting.

Geometrik shakllardan nimalar yasash mumkin? (O‘quvchilar geometrik shakllardan turli xil predmetlarni yasashadi).

 

2- misol. Shunday kvadrat chizing va uning perimetrini toping.



 

Kvadratning burchaklari to‘g‘ri burchaklardan iborat. Keling, birgalashib daftarimizga kvadrat rasmini chizamiz. Kvadratni qizil rangga bo‘yaymiz va perimetrini   topamiz.

P = 2 sm + 2 sm + 2 sm + 2 sm = 8 sm

Kvadratning perimetri 8 sm.ga teng.

O‘quvchilar 3- misolni «Zanjir mashqi» ko‘rinishida ketma-ketlikda doskaga chiqib bajaradilar.

39+1=40                   86-34=52                    9+4=13

40-6=34                    52+8=60                    13+3=16  

34+7=41                    60+6=66                    16+5=21  

 

4- masala.



Hovuzda 9ta o‘rdak suzib yurgan edi. Yana bir nechta o‘rdak kelib qo‘shilgandan keyin hovuzdagi o‘rdaklar 14ta bo‘ldi. Nechta o‘rdak kelib qo‘shilgan?

Yurgan edi —   9ta o‘rdak

Bo‘ldi — 14ta o‘rdak

Qo‘shilgan —?

Yechim:

14-9=5


Javob: 5ta o‘rdak kelib qo‘shilgan.

Dam olish   daqiqasi

O‘ng qo‘limda   besh barmoq,

Chap qo‘limda besh barmoq.

Ikkalasi do‘st barmoq

Ikkalasi o‘n barmoq.

5- misol. Shunday sonni qo‘yingki, tenglik to‘g‘ri bo‘lsin.

40 + ...   = 45     59 - ...   = 50

27 - ...   = 20     60 + ... = 64      

80 + ... = 83

39 - ... = 30



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  2. Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?

  3. Kvadrat deb nimaga aytiladi?

  4. O‘quvchilarni rag‘bat­lan­­tirish.

  5. Uyga vazifa.

6—7- misollar.

 

Shohsanam MAVLONOVA,



Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 3- maktabning boshlang‘ich

sinf o‘qituvchisi, «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2014» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi.
Yüklə 17,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə