K I S L O R O D VA OZON.OLINISHI VA XOSSALARI , GAZLAR BILAN ISHLASH
1. KISLOROD OLISH BA UNI SUV USTIDAGI BANKAGA YIG’ISH
16- rasmda tasvirlanganidek asbob yig`ing. Buning uchun probirka oling va unga rezina probka tanlang. So`ngra diametri 2-3 mmva uzunligi 25 sm ga yaqin shisha nay qirqib olib, uni rasmda ko`rsatilganidek ikki joyidan buking va ikkala uchini suyuqlantirib bekiting. Shu nayning qalinligiga mos holda probkada teshik teshing va unga nayning o`tmas burchak ostida bu-kilgan uchini kiritib, asbobni 16- rasmda ko`rsatilganidek shtativga mahkamlang. Gaz o`tkazgich nayni suvli pnevmatik vannaga botiring.
Bayon qilingan ushbu asbob gaz yig`ish uchun mo`ljallanganligi sababli uning germetik bo`lishi juda muhimdir: probirkaga tashqaridan biror gaz kirmasligi, probirkadan esa faqat gaz chiqarish nayi orqali gaz chiqishi lozim.
Asbobning gaz chiqarish-chiqarmasligini tekshirib ko`rish uchun probirkani gorelka alangasida salgina qizdiring va gaz chiqarish nayidan havo chiqmayotganligini kuzating; gaz chiqarish nayining bo`sh uchi suv ostida turadi. So`ngra qizdirishni to`xtatib suv gaz chiqarish nayida ko`tarilayotgan-ko`tarshshayotganini kuzating. Agar asbob germetik bo`lsa, probirka qizdirilganda undagi havo kengayib, hajmi ortadi va havoning bir qismi naydan chiqib, suv orqali o`tadi hamda pufakchalar holida ajralib chiqadi. Probirka sovitilganda esa, probirkadagi gazning hajmi kamayadi, bosim pasayadi, natijada suv gaz chiqarish nayi bo`ylab ko`tarilib probirkaga o`tishi mumkin.
Asbobni tekshirib ko`rgandan keyin probirka sig`imining uchdan bir qismi qadar bertole tuzi (4 qism) bilan marganets. (IV)-oksid (1 qism) aralashmasini soling va 16-rasmda ko`rsatilganidek asbob yig`ing. So`ngra sig`imi 0,5-0,7 litrli sklyankaga suv to`ldiring va uning og`zini karton devorcha bilan bekiting. Shundan keyin doirachani qo`l bilan bosib turib, sklyankani to`nkaring va shunday holda suvli vannaga botirib, suv ostida karton doirachani oling.
Endi gorelkani yoqing va avval probirkaning hammasini uning shishasi bir tekis qizishi va darz ketmasligi uchun buni me`yorda isitib chiqing. Probirka oldindan qizdirib olinganda uning ichidagi havoning ko`pgina qismi chiqib ketadi. Shundan keyin qizdirishni to`xtatmay turib, gaz chiqarish nayining uchini vannadagi shisha bankaning og`ziga tiqing va probirkaning bertole tuzi bor joyini qizdiring.
Shu vaqtning o`zida kislorod bankadan suvni siqib chiqarishini kuzating. Suvning hammasi bankadan siqib chiqarilgandan keyin gaz chiqarish nayini vannadan oling va qizdirishni to`xtating. Agar bu ish o`z vaqtida qilinmasa, kislorod ajralib chiqishi to`xtagach, probirkadagi gaz soviydi, uning hajmi kamayadi va so`ng vannadan gaz chiqarish nayi orqali probirkaga otilib chiqadi.
Kislorod to`ldirilgan sklyankani suv ostida karton doiracha bilan bekitib, suvdan chiqarib oling va tubini pastga qaratib egol ustiga qo`ying. Hosil qilingan kislorod bilan tajribalar o`tkazish, masalan, unda po`lat peroni kuydirish mumkin.