LABОRATОRIYA ISHI №7 Tishli mexanizmlarning kinematic parametrlarini aniqlash. Ishdan maqsad: Etaklovchi va etaklanuvchi tishli g‘ildirak elementlari bilan tanishish. Ularning o‘lchamlarini o‘lchash. Tishli g‘ildirak chizmasini chizish.
Jihozlar va asboblar: Tishli g‘ildiraklar, shtangensirkul, chizg‘ich, sirkul.
Umumiy ma’lumotlar Tishli uzatmalar mashina va mexanizmlarda keng qo‘llaniladi. Oddiy tishli uzatma shesternya (odatda etaklovchi) va tishli g‘ildiraklardan (etaklanuvchi) iborat bo‘ladi.
Mashina va mexanizmlar tarkibida ishlovchi tishli g‘ildiraklar tishlari ish jarayonida eyiladi, ayrim hollarda, tishlarga ta’sir etuvchi yuklanishning keskin ortishi natijasida sinishi ham mumkin. Tishlari singan yoki me’yoridan ko‘p eyilgan tishli g‘ildirak yangisi bilan almashtiriladi. Ishdan chiqqan g‘ildirak hamma vaqt ham topilavermaydi, shu sababli yangisini yasash kerak bo‘ladi.
Diametrlari katta bo‘lmagan tishli g‘ildiraklar val bilan birga tayyorlanadi va val-shesternya deb nomlanadi. (Rasm 1, a,b,v).
1-rasm. silindrsimon val-shesternya
konussimon val-shesternya
val-chervyak
SHesternya, g‘ildiraklarni tayyorlash ishlab chiqarish turlariga bog‘liq. Masalan, mayda seriyali ishlab chiqarishda tishli g‘ildiraklarning diametri da<150mm bo‘lgandaprutoklardan, da> 150mm dan katta holda bolg‘alash va shtampovka usullarni qo‘llagan holdatayyorlanadi. Silindrsimon g‘ildiraklarning diametrlari kichik va o‘rta qiymatda gupchakli qilib tayyorlanadi. Ishlab chiqarish ko‘p mikdorda bo‘lsa, o‘lchamlari o‘rta va katta bo‘lmagan g‘ildiraklar shtampovka usulida, g‘ildirak diametrlari 400 mm va undan yuqori bo‘lganda, ko‘proqquyma usul ko‘llaniladi. Quyma usulda tayyorlangan tishli g‘ildiraklar spitsali (Rasm 2) qilib tayyorlanadi. Spitslarning ko‘ndalang kesimini shakli har-xil bo‘lishi mumkin. (Rasm Z.a,b,v,g,d). Spitslar soni quydagicha aniklanadi.
Bu erda d - tishli g‘ildirakni bo‘luvchi deametri, mm.