Laboratoriya ishi №8
Mavzu: Parmalash dastgoxlari va ularda bajariladigan ishlar
Ishdan maqsad: 2A125 modelli parmalashdastgohining
ishlash tamoyilini,
hamda unda bajariladiganishlarni o„rganish.
NAZARIY QISM
Yaxlit materialda ochiq va yopiq tsilindrik teshiklar hosil qilish uchun parma
deb ataladigan kesuvchi asbobdan foydalaniladi. parma
yordamida teshik hosil
qilish texnologik jarayonni parmalash deb ataladi. Mavjud teshikning diametrini
parma yordamida kattalashtirish jarayonni parmalab kengaytirish deyiladi.
parmadan tashqari teshikni diametrini kattalashtirish
va yuza aniqligini oshirish
maqsadida zenker va razvyortkalar qo„llaniladi.
parmalash dastgohlarini konstruktsiyasiga ko„ra – bir shpindelli va
ko„p shpindellilarga;
shpindellarining o„rnatilishiga ko„ra – vertikal, gorizontal;
bajaradigan ish xarakteriga ko„ra – agregat va radial;
mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko„ra – dastaki, yarim avtomat
va avtomat dastgohlarga ajratiladi.
Mashinasozlikda ko„p qo„llaniladigan universal
bir shpindelli vertikal
parmalash
dastgohini
umumiy
ko„rinishi
8.1-rasmda
tasvirlangan.
Parmalash mumkin bo„lgan eng katta teshik diametri (35mm). Dastgoh
ishlab chiqarishni
donalab va mayda seriyalab, mexanik tahmirlash va
metall kesuvchi asboblar tayyorlash tsehlarida uncha katta va og„ir
bo„lmagan zagatovkalarni ishlashga mo„ljallangan
bu dastgoh quydagi
asosiy mexanizm va uzellardan iborat:
8.1.-rasm. 2A125 modelli vertikal parmalash dastgohi:
1-plita; 2-stol; 3-shpindel; 4-uzatmalar qutisi; 5- shpindel golovkasi; 6-
elektrodvigatel; 7-harakatlantiruvchi dastak; 8-stanina; 9-stolni vertikal
harakatlantirish dastagi.
Parmalashda ikkita harakat, ya‟ni asosiy harakat – parmaning yoki detalning
o„z o„qi atrofida qiladigan aylanma harakati va surilish harakati – parmaning o„z
o„qi bo„ylab ilgarilanma harakati sodir bo„ladi.
Zagotovka parmalash dastgohining stoliga qo„zg„almas qilib o„rnatilgan
bo„lsa, kesish jarayoni amalga oshirish uchun parma o„z o„qi atrofida aylanma
harakatga keltiriladi va o„qi yo„nalishida suriladi.
Zagatovkani dastgoh stoliga
o„rnatishda esa maxsus moslamalardan (patron, tiski, konduktor va boshqalar)
foydalaniladi. Tokarlik, revolver va tokarlik avtomatlarida zagotovkalarga teshiklar
ochishda zagotovka
aylanma harakatga keltiriladi, parma esa o„z o„qi atrofida
ilgarilanma harakatlantiriladi.
8.2 – rasm.Gorizontal parmalash dastgohining kurinishi:
1 – stanina; 2– old stoyka; 3 – shtindel babkasi; 4– dvigatel; 5 – shpindel;
6– planshayba; 7 – lyunet; 8– ketingi babka; 9– stol.