Laboratoriya ishi №8 Mavzu: Parmalash dastgoxlari va ularda bajariladigan ishlar Ishdan maqsad



Yüklə 257,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü257,5 Kb.
#119246
  1   2   3
8 (2)



Laboratoriya ishi №8 
Mavzu: Parmalash dastgoxlari va ularda bajariladigan ishlar 
Ishdan maqsad: 2A125 modelli parmalashdastgohining ishlash tamoyilini
hamda unda bajariladiganishlarni o„rganish. 
NAZARIY QISM 
Yaxlit materialda ochiq va yopiq tsilindrik teshiklar hosil qilish uchun parma 
deb ataladigan kesuvchi asbobdan foydalaniladi. parma yordamida teshik hosil 
qilish texnologik jarayonni parmalash deb ataladi. Mavjud teshikning diametrini 
parma yordamida kattalashtirish jarayonni parmalab kengaytirish deyiladi. 
parmadan tashqari teshikni diametrini kattalashtirish va yuza aniqligini oshirish 
maqsadida zenker va razvyortkalar qo„llaniladi. 
 
parmalash dastgohlarini konstruktsiyasiga ko„ra – bir shpindelli va 
ko„p shpindellilarga;
 
shpindellarining o„rnatilishiga ko„ra – vertikal, gorizontal; 
 
bajaradigan ish xarakteriga ko„ra – agregat va radial; 
 
mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko„ra – dastaki, yarim avtomat 
va avtomat dastgohlarga ajratiladi.
Mashinasozlikda ko„p qo„llaniladigan universal bir shpindelli vertikal 
parmalash 
dastgohini 
umumiy 
ko„rinishi 
8.1-rasmda 
tasvirlangan. 
Parmalash mumkin bo„lgan eng katta teshik diametri (35mm). Dastgoh 
ishlab chiqarishni donalab va mayda seriyalab, mexanik tahmirlash va 
metall kesuvchi asboblar tayyorlash tsehlarida uncha katta va og„ir 
bo„lmagan zagatovkalarni ishlashga mo„ljallangan bu dastgoh quydagi 
asosiy mexanizm va uzellardan iborat: 
8.1.-rasm. 2A125 modelli vertikal parmalash dastgohi: 
1-plita; 2-stol; 3-shpindel; 4-uzatmalar qutisi; 5- shpindel golovkasi; 6-
elektrodvigatel; 7-harakatlantiruvchi dastak; 8-stanina; 9-stolni vertikal 
harakatlantirish dastagi. 


Parmalashda ikkita harakat, ya‟ni asosiy harakat – parmaning yoki detalning 
o„z o„qi atrofida qiladigan aylanma harakati va surilish harakati – parmaning o„z 
o„qi bo„ylab ilgarilanma harakati sodir bo„ladi. 
Zagotovka parmalash dastgohining stoliga qo„zg„almas qilib o„rnatilgan 
bo„lsa, kesish jarayoni amalga oshirish uchun parma o„z o„qi atrofida aylanma 
harakatga keltiriladi va o„qi yo„nalishida suriladi. Zagatovkani dastgoh stoliga 
o„rnatishda esa maxsus moslamalardan (patron, tiski, konduktor va boshqalar) 
foydalaniladi. Tokarlik, revolver va tokarlik avtomatlarida zagotovkalarga teshiklar 
ochishda zagotovka aylanma harakatga keltiriladi, parma esa o„z o„qi atrofida 
ilgarilanma harakatlantiriladi. 
8.2 – rasm.Gorizontal parmalash dastgohining kurinishi: 
1 – stanina; 2– old stoyka; 3 – shtindel babkasi; 4– dvigatel; 5 – shpindel; 
6– planshayba; 7 – lyunet; 8– ketingi babka; 9– stol. 

Yüklə 257,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin